BuxDU, Ingliz adabiyotşunosligi va tarjimaşunoslik kafedrasi
Ingliz adabiyotşunosligi va tarjimaşunoslik kafedrasida “Barcha fakultetlarda turli millat vakillari örtasida döstlik, özaro hurmat, bağrikenglik va hamjihatlik ğoyalarini tarğib qiluvchi «Biz bir mamlakatda yaşayotgan yagona xalqmiz» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir ötkazildi
2026-yil 21-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotşunosligi va tarjimaşunoslik kafedrasi professor-öqituvchilari hamda talabalar ishtirokida “Barcha fakultetlarda turli millat vakillari örtasida döstlik, özaro hurmat, bağrikenglik va hamjihatlik ğoyalarini tarğib qiluvchi «Biz bir mamlakatda yaşayotgan yagona xalqmiz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari örtasida döstlik, özaro hurmat, bağrikenglik va hamjihatlik ğoyalarini keng tarğib qilish, yosh avlod qalbida millatlararo totuvlik va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlashdan iborat böldi.
Tadbir davomida Özbekistonda turli millat vakillarining tinch-totuv yashashi, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, millatlararo döstlik va hamjihatlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yagona Vatan tushunchasi, umumiy maqsad va manfaatlar yölida birlashish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir ishtirokchilari turli millat va elat vakillarining özaro hurmat va hamkorlik asosida yashashi mamlakat taraqqiyoti hamda jamiyat barqarorligining muhim omili ekanini alohida ta’kidladilar.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir ochiq muloqot va samimiy fikr almashish ruhida ötdi.