BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026-yil 17-oktabr kuni “Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Sayitova Gulchiroy pedagogik rahbari F.B. Sadullayev boshchiligida 11-18-ING-24 guruh talabalari bilan “Female Writers of British Literature” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.
Dars davomida magistrant o‘qitishning turli interfaol usullaridan foydalandi. “Female Writers of British Literature” mavzusini yoritib berish uchun devoriy ko‘rgazmalar, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimot, videolavhalar hamda bir qator interfaol mashqlardan foydalandi.
Bundan tashqari, dars davomida magistrant tomonidan tashkil etilgan to‘rtta mashg‘ulot, xususan, “Meet the Authors: Match the Writers with Their Works”, “Literary Insights: Video Comprehension Challenge”, “Guess the Novel: Match the Quotes with the Books” va “Literary Challenge: Bamboozle Quiz Game” orqali talabalarning bilimlari amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, dars davomida mashhur britaniyalik ayol yozuvchilarning hayoti va ijodiga, shuningdek, ularning adabiy merosiga oid videolavhalar namoyish etildi. Dars talabalarning tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, adabiy asarlarni tahlil qilish hamda ingliz adabiyotiga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratildi.
Darsni “Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik” kafedrasi dotsenti F.B. Sadullayev tahlil qildi.