October 20
BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026-yil 15 oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi dotsenti F.B. Sadullayev tomonidan profilaktik tadbirlar doirasida talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida soxta havolalar orqali amalga oshiriladigan firibgarlik holatlari, onlayn to‘lovlar jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bank kartalari ma’lumotlari va maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermaslik hamda internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida tushuntirishlar berildi.