BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
Buxoro shahrida 11-1TNA-23 guruhi talabalari Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Sh.R. Raximova rahbarligida malakaviy amaliyotni faol davom ettirmoqda.
Amaliyot jarayonida talabalar Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida shaharning bir qator diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurdilar. Xususan, talabalar Abdulazizxon madrasasi, Mir Arab madrasasi, Minorai Kalon, Ark qo‘rg‘oni hamda “Gavkushon” guzari kabi tarixiy obidalar tarixi, me’moriy xususiyatlari va madaniy ahamiyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur amaliyot davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliy jarayonda qo‘llash, tarixiy obidalar haqida ma’lumot berish, madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Shuningdek, ular mahalliy hamda xorijiy sayyohlar bilan muloqot qilib, ingliz tilida fikr almashish, savollarga javob berish va tarjimonlik faoliyatiga oid tajribalarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.