October 22
BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026-yil 22-oktabr kuni Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) O.X. Ganiyeva tomonidan talabalar o‘rtasida “Manfaatlar to‘qnashuvi va sovg‘a-salom qabul qilish cheklovlari” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir talabalarning huquqiy xabardorligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratildi. Suhbat davomida sovg‘a-salom qabul qilish bilan bog‘liq cheklovlar, halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillari muhokama qilindi.