BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida sayyor darslar davom etmoqda
Joriy yilning 29-noyabr kuni "Tarjimonlik mutaxassisligiga kirish" fanidan sayyor dars uyushtirildi. Ushbu sayyor darsda Xorijiy tillar fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi 11-3TNA-24 guruh talabalari bilan birgalikda Ibn Sino nomidagi axborot kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Sayyor dars davomida "Translating different types of texts" mavzusiga doir turli xil darsliklardan misollar topib talabalar bilan birgalikda tarjima tarjima qilindi. Dars davomida kutubxona xodimi tomonidan talabalarga kutubxona tarixi hamda hozirgi zamonaviy shart- sharoitlari tanishtirib o'tildi. Shundan so'ng talabalar mavzuga doir kitoblarni o'rganib muhokama qilishdi va o'zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Sayyor dars o'z maqsadiga erishdi.