December 5

BuxDU, Xorijiy tillar fakulteti,Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida ochiq darslar davom etmoqda

2024- yil 19-noyabr kuni “Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Qoʻshayeva Farida pedagogik rahbari M.X Niyazova boshchiligida 11-6TNI-24 guruh talabalari bilan “Introduction to translation studies” fanidan “Linguo-cultural problems of translation” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq dars davomida magistrant o‘qitishning turli interfaol usullaridan foydalandi. Jumladan, dars davomida "Answer garden” kabi ta’lim platformalaridan foydalanildi, ularda talabalar turli vazifalarni va mashqlarni bajarishdi. Bundan tashqari, dars tanqidiy va tahliliy fikrlash, shuningdek, adabiy asarlarni sharhlash va tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan edi.

Ochiq darsda talabalar zamonaviy Tarjimashunoslikda lingvistik va madaniy muammolarni batafsil oʻrganib turli asarlar ,xususan, Xolid Husayniyning “Ming bir quyosh shu’lasi” asari misolida koʻrib chiqishdi.

Darsni "Ingliz Adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik" kafedrasi profesor-o'qituvchilari, M.X Niyazova hamda Z.T Safarova tahlil qildi.