BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
ROMITAN TUMANIDAGI VARNET BOG‘IGA TASHRIF
Xorijiy tillar fakulteti 61010500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishi 11-3-GHTF-23 guruhi talabalari Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) A.R. Ziyodullayev rahbarligida malakaviy amaliyotni samarali davom ettirmoqdalar.
Amaliyotning navbatdagi bosqichida talabalar 2026-yil 12-iyun kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan Varnet bog‘iga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular bog‘ning tabiiy manzaralari, rekreatsion imkoniyatlari, hududning ekologik xususiyatlari hamda turizm sohasidagi ahamiyati haqida amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Talabalar amaliyot jarayonida sayyohlarga Varnet bog‘i haqida ma’lumot berish, hududning tabiiy va madaniy ahamiyatini ravon bayon qilish, xorijiy mehmonlar bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda tarjimonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ishladilar. Shuningdek, bog‘ning turistik salohiyati, dam olish maskani sifatidagi o‘rni va ekologik muhitni asrash masalalari yuzasidan fikr almashib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirdilar.
Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar gid-hamrohligi faoliyatining muhim jihatlari, xususan, sayyohlar bilan ishlash madaniyati, turistik obyektlar haqida ishonchli ma’lumot taqdim etish hamda ekskursiya olib borish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.
Mazkur amaliy tashrif talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, turizm va ekologik obyektlar haqidagi bilimlarini boyitish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribani oshirishga xizmat qildi.