February 26

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti

"Og'zaki nutq amaliyoti” fanidan 11-1 TNI 25 guruhi talabalari bilan sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi

2026-yil 24-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o'qituvchisi L.X. Xaydarova tomonidan 11-1 TNI-25 guruh talabalari bilan Buxoro shahar 29- IDUMda "English Language Olympiad -2026" xalqaro ingliz tili olimpiadasida ishtirok etish uchun sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Olimpiada davomida Buxoro viloyati turli jamoalari tomonidan " Sun'iy intellekt" mavzusida taqdimot hamda sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Talabalar olimpiada ishtirokchilari bilan suhbatlashib, fikr almashdilar hamda tashkiliy jarayonlarda faol ishtirok etdilar.