April 2

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

2026-yil 2-aprel kuni "Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti" yoʻnalishi 1-kurs magistranti Baxtiyorova Malikabonu ilmiy-pedagogik rahbari Mehmonova Yulduz Choriyevna boshchiligida 11-5TNI-24 guruh talabalari uchun “Reading and Writing” fanidan “Hobbies and Interests” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Dars davomida magistrant talabalarga tasviriy paragraf yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ma’lumotlar berdi. Xususan, paragraf tuzilishi bosqichma-bosqich tushuntirilib, talabalar guruhlarda ishlash orqali ushbu bilimlarni mustahkamlashdi.
Yangi so‘z va iboralarni o‘rgatishda “Pass the Vocabulary Ball” interfaol usuli qo‘llanilib, bu usul talabalar faolligini oshirishga va so‘z boyligini kengaytirishga xizmat qildi.
Dars jarayonida talabalar guruhlarda paragraf rejasini tuzib, keyinchalik mustaqil ravishda tasviriy paragraf yozishdi. Ushbu faoliyat ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, o‘z fikrini aniq va ravon ifoda etish hamda yozma nutq ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam berdi.
Mazkur ochiq dars talabalarning yozish kompetensiyasini rivojlantirish va ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.