BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026- yil 20-oktabr sanasida "Adabiyotshunoslik : ingliz adabiyoti ” mutaxassisligi 2-kurs magistrant Umurqulova Mashhura Uyg'un qizi pedagogik rahbari Nazarova Gulbahor Pirmanovna boshchiligida 11-1TNA-26 guruh talabalari bilan "Og'zaki nutq va tinglash ko'nikmalari" fanidan "Listening to Classroom Instructions.Strategies for Keeping a Conversation Going" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Dars davomida magistrant o‘qitishning turli interfaol usullaridan foydalandi. Shu asnoda, ushbu dars amaliy mashg'uloti ekanligi inobatga olingan holda magistr tomonidan yo'l-yo'riq ko'rsatib amalga oshirilgan 4 ta mashg'ulot, xususan, "Simon says", "The Instruction That Went Wrong ", The Mystery Task " hamda "Keeping a Conversation Going: Killer vs Keeper "ni o'z ichiga oldi. Ushbu mashqlarning bir qismi guruhlar bellashuvi tarzida olib borildi hamda talabalar o'rtasidagi raqobat ularni yanada chuqurroq izlanishga undadi. Dars davomida tanqidiy va tahliliy fikrlash, kommunikativ til ko'nikmalari shuningdek, og'zaki nutq va tinglash ko'nikmalariga oid bilimlarni rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratildi.
Darsni "Ingliz Adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik" kafedrasi o'qituvchilaridan dotsent pedagogika fanlari doktori (DSc) Nazarova Gulbahor Pirmanovna hamda Xaydarova Laylo Xamroyevna tahlil qildilar.