Today

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026- yil 21-aprel kuni "Adabiyotshunoslik : ingliz adabiyoti ” mutaxassisligi 1-kurs magistranti Xolmurodova Munisa Azizjon qizi pedagogik rahbari Rajabova Dildora Raximovna boshchiligida 11-3TNI-24 guruh talabalari bilan "Tarjimashunoslik" fanidan "Examples and analysis related to the translation of phraseological units" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Dars davomida magistrant o‘qitishning turli interfaol usullaridan foydalandi. Shu asnoda, ushbu dars magistr tomonidan tushuntirilgan 4 ta mashg'ulot, xususan, "Wheel of fortune", "Classification of expressions", "Pair work: text analysis", "Group work: extract analysis and translation" orqali talabalarning bilimi amaliyotda sinaldi. Shuningdek, mavzuni mustahkamlab, yanada chuqurroq tushuntirishda video lavhalardan ham namoyish etildi. Dars tanqidiy va tahliliy fikrlash, shuningdek, adabiyotga oid bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan edi.
Darsni "Ingliz Adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik" kafedrasi o'qituvchilaridan D.R.Rajabova, PhD, katta o'qituvchi, tahlil qildilar.