June 22

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida “Xodimlar o‘rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish va kiberxavfsizlik tahdidlarini oldini olish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani N.B. Ataboyev, kafedra mudiri D.I. Xodjayeva, RTT departamentining axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimi R.N. Salimov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, kiberfiribgarlik va fishing xabarlaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga kibertahdidlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi, videoroliklar namoyish etildi hamda mavzu yuzasidan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir yakunida universitet jamoasi o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini yanada rivojlantirish, profilaktik seminar-treninglarni muntazam tashkil etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.