BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026-yil 24-aprel kuni Qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishi 1-kurs magistranti Sattorova Madina ilmiy-pedagogik rahbar Xodjayeva Dilafroʻz Izatilloyevna boshchiligida 11-2TNI-24 guruh talabalari uchun “READINGS IN AFRICAN-AMERICAN WRITERS OF THE 20TH CENTURY” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida magistrant talabalarni 20-asr Afrika-Amerika adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari bilan tanishtirib, ushbu adabiyotda aks etgan irqiy tengsizlik, identitet, erkinlik uchun kurash va ijtimoiy adolat kabi asosiy mavzularni yoritib berdi. Shuningdek, Harlem Uyg‘onishi (Harlem Renaissance) davri hamda undan keyingi bosqichlarda faoliyat yuritgan yetakchi yozuvchilar, ularning muhim asarlari va badiiy yondashuvlari tahlil qilindi.
Nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida dars boshida “Concept Reconstruction Activity” interfaol usuli orqali qiziqarli savol-javoblar o‘tkazilib, talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi va faolligi oshirildi. Dars jarayonida slaydlar yordamida asosiy tushunchalar izohlandi hamda multiple choice va matching turidagi topshiriqlar orqali talabalar turli adabiy davrlarni aniqlash, ularning xususiyatlarini tavsiflash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Shuningdek, yozuvchi va asarlarni moslashtirishga qaratilgan mashqlar bajarildi, reflektiv savollar asosida talabalar o‘rganilgan material yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va asarlarga tanqidiy yondashuvlarini namoyon etdilar.
Mazkur dars talabalarning tanqidiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirish, badiiy matnlarni chuqur anglash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda Afrika-Amerika adabiyotiga nisbatan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.