April 25

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Hamroyeva Sharifa Shukurovna tomonidan 2026-yil 24-aprel kuni “Adabiyotshunoslik” fanidan “Comparative analysis of literary works” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Mazkur ochiq dars Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) yo‘nalishi 11-9ING 25 guruhi talabalari bilan tashkil etildi. Dars jarayonida talabalarning adabiy tahlil, qiyosiy tahlil, muloqot hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlardan samarali foydalanildi. Mavzu doirasida Ingliz va Amerika adabiyotidan olingan badiiy asarlarning mazmun va shakl, tasvirlangan muammo, gʻoya, zamon va makon hamda obrazlarning oʻxshashlik va farqlari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Dars davomida talabalar badiiy asarlardan olingan parchalar bilan ishlash, fikr almashish, yozma topshiriqlarni bajarish hamda guruhli muhokamalarda faol ishtirok etdilar. Ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, kafedra professor-o‘qituvchilari jumladan, N.Sh.Valiyeva., B.B.Fayziyev., B.O.Davronova ham M.M.Rahimovlar tomonidan dars jarayoni kuzatilib fikr-mulohazalar bildirildi.