April 2

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

2026 yil 2 aprel kuni "Til o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti" (TO'MA) fanidan “Female Writers of the XX Century in American Literature” mavzusida 11-4ing-23 guruh talabalari bilan Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Sh.R. tomonidan ochiq dars o‘tkazildi.
Dars jarayonida XX asr Amerika adabiyotida faoliyat olib borgan ayol yozuvchilarning ijodi, ularning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi hamda badiiy uslublari tahlil qilindi. Shuningdek, Amy Lowell ning “Lilacs” she’ri tahlil etilib, uning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari muhokama qilindi.
Dars davomida interaktiv metodlardan samarali foydalanildi, talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda ijodiy yondashuv asosida rasm va kichik taqdimotlar orqali mavzuni yanada yoritdilar.
Mazkur ochiq dars Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professori F.M. Xajiyeva, o'qituvchilar M.O'. Xusenova hamda U.A. Tohirova tomonidan tahlil qilindi.