BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026 yil 26 fevral kuni Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o’qituvchisi Yu.Ch.Mehmonova tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili ) ta’lim yo’nalishi 3 bosqich 11 9,10.11.12.13.14. -ing -23 guruhlarida navbatdagi Ma’rifat soati darsi o’tkazildi. Mashg’ulot mavzusi “Bir yaxshilik haqida” bo’lib ushbu mashg‘ulot talabalarda yaxshilik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida chuqur tasavvur hosil qilishga qaratilgan. Mashg‘ulot davomida yaxshilikning ko‘rinishlari, kichik amallar orqali katta ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkinligi, befarqlik va loqaydlikning salbiy oqibatlari muhokama qilindi. Real hayotiy voqealar, keys-topshiriqlar va rolli o‘yinlar orqali talabalar empatiya, ijtimoiy mas’uliyat, insonparvarlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Mashg‘ulot interaktiv usullarda tashkil etilib, mustaqil fikrlash va ijobiy hayotiy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qildi.