May 23, 2025

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Mazkur yilning 22 may sanasida Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi N. N. Salixova "English speaking club" to'garagini o'tdi. To'garak mavzusi
"Speeding "— Tezlikni oshirish. Speeding — bu belgilangan tezlik chegarasidan oshib harakatlanish demakdir. Har bir yo‘l uchun ruxsat etilgan maksimal tezlik belgilanadi, va bu chegarani buzish qonunbuzarlik hisoblanishi talabalarga tushuntirildi.
Speedingning xavflari:
Yo‘l-transport hodisalari xavfini oshiradi – tez harakatlanayotgan avtomobil to‘xtashga ko‘proq vaqt va masofa talab qilishi,
jiddiy jarohatlar va o‘lim holatlari – avariya bo‘lganda zarba kuchi kuchayishi haqida tushuntirildi.
Huquqiy oqibatlari:
Jarima (pul jazosi)
va haydovchilik guvohnomasidan vaqtincha mahrum qilish
kabi holatlar tushuntirildi.
Tezlikni oshirish oldinini olish usullari:Tezlikni cheklovchi belgilarni doimiy nazorat qilish. Ehtiyotkorlik va hushyorlik bilan haydash kerakliligi ta'kidlandi. Piyodalar o'tishi kerak joylar, belgilar rasmlar bilan ko'rsatildi. Talabalar juda faol ishtirok etishdi