February 27

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

2026-yil 27-fevral kuni Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kafedra mas’uli M.R. Sayliyeva o‘z chiqishida mamlakatimizda so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Xususan, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini liberallashtirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy kafolatlari yanada kuchaytirilgani qayd etildi.

Ijtimoiy davlat tamoyilining mustahkamlanishi aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini isloh qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.