February 27

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Joriy yilning 26- fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti dekani N.B.Ataboyev, Xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi M.X.Niyazova, fakultetning yoshi ulug’ olimalari, fakultet tyutorlari, hamda talaba qizlar ishtirokida “Ayol — jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni va rolini yoritish, ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan olimalarning tajribasini yoshlar bilan bo‘lishish hamda talaba qizlarni ilmiy va ijtimoiy faollikka ruhlantirishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqan olima ayollar tomonidan bugungi kunda ayollar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ilmiy izlanishlarda erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Talaba qizlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, kelajakdagi ilmiy faoliyatlari uchun muhim tavsiyalar oldilar.

Tadbir davomida ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, yosh qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, mentorlik tizimini rivojlantirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularni yangi ilmiy izlanishlar va yutuqlar sari ruhlantirdi.