May 23, 2025

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2025-yil 5-mart kuni “Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Sirojeva Nafisa pedagogik rahbari G. P. Nazarova boshchiligida 11-1TNA-21 guruh talabalari bilan “Chet tilini o'qitishning integrallashgan kursi” fanidan “Teaching teenagers” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq dars davomida magistrant o‘qitishning turli interfaol usullaridan foydalandi. Darsni boshlashdan oldin o'quvchilarning aqlini charxlash maqsadida turli xil mavzuga oid savollar berib, talaba yoshlarni o'z tajribalaridan kelib chiqqan holda savollarga javob berishga undadi. Magistrant mavzu matnini yoritishda taqdimotdan foydalandi hamda keraklicha misollar yordamida o'smirlar bilan ishlashning turlarini hamda to'g'ri va noto'g'ri usullarini birma-bir tushuntirib o'tdi.
Ochiq darsda talabalar yakka, juft va guruh bo'lib turli vazifalarni bajarishdi. Dars oxirida esa "Teachers and role of them" va " Teenagers and Adults" nomli videolarni tomosha qilib, muhokama qildilar.
Darsni "Ingliz Adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik" kafedrasi profesor-o'qituvchisi G. P. Nazarova (f.f.d, kafedra professori) tahlil qilib o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.