BuxDU, Ingliz adabiyotşunosligi va tarjimaşunoslik kafedrasi
Millatlararo totuvlik va bağrikenglik – umumbaşariy qadriyatlar” mavzusida davra suhbati ötkazildi
2026-yil 19-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotşunosligi va tarjimaşunoslik kafedrasi professor-öqituvçilari hamda magistratura talabalari iştirokida “Millatlararo totuvlik va bağrikenglik – umumbaşariy qadriyatlar” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda “Biz – yagona xalqmiz!”, “Diniy ma’rifat va millatlararo bağrikenglik – jamiyat barqarorligi şarti”, “Millatlararo totuvlik va bağrikenglik – umumbaşariy qadriyatlar” hamda “Özbekiston – umumiy uyimiz” mavzulari muhokama qilindi.
Pedagogika fanlari doktori, dotsent G.P. Nazarova “Diniy ma’rifat va millatlararo bağrikenglik – jamiyat barqarorligi şarti” mavzusida taqdimot qildi. Unda Özbekistonda bağrikenglik tamoyillari, har bir insonning huquqi, şa’ni va vijdon erkinligi hurmat qilinişi, konstitutsiyaviy kafolatlar hamda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlaşda davlat va jamiyatning vazifalari yoritildi.
Davra suhbati oçiq muloqot tarzida ötdi. Iştirokçilar bunday uçraşuvlarni muntazam ötkaziş talabalarda bağrikenglik, özaro hurmat va mafkuraviy immunitetni şakllantirişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.