BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026-yil 25-fevral kuni Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot organlari xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Davra suhbatida huquq-tartibot organlari vakillari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar, shuningdek, ta’lim va huquqiy bilimlarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilikka qarshi samarali profilaktik choralarni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.