BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
3-aprel 2026-yil
Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) yo‘nalishi II-bosqich magistranti Muxammedova Niginabonu tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining 11.3 GHTF-23 guruhida TO‘MA (Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyotI) fanidan "Post-war American literature" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulot PhD, dotsent L.J.Jalilova rahbarligida olib borildi.
Dars davomida talabalar Ikkinchi jahon urushidan keyingi Amerika adabiyotining asosiy xususiyatlarini keng qamrovda o‘rganib chiqdilar. Jumladan, urushdan keyingi davr yozuvchilarining ruhiy holati, jamiyatdagi o‘zgarishlar, individualizm, begonalashuv (alienation), iste’mol jamiyati tanqidi hamda yangi adabiy yo‘nalishlarning shakllanishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bu davr adabiyotida aks etgan insoniy inqiroz, ma’naviy izlanishlar va postmodernistik elementlar tahlil qilindi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar mashhur yozuvchilar va ularning asarlari asosida muhokamalar olib bordilar, turli adabiy oqimlar va uslublarni taqqosladilar. Asarlardagi asosiy g‘oyalar, qahramonlarning ichki kechinmalari hamda tarixiy kontekst bilan bog‘liqligi yuzasidan fikr almashildi.
Mashg‘ulot interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, talabalar guruhlarda ishlash, taqqoslash, munozara va savol-javoblar jarayonida faol ishtirok etdilar.