Yesterday

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 11-1 TNA 22 guruhi rahbari L.X.Xaydarova hamda talabalari " Karyera kuni -2026" mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida fakultet rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazildi. Yarmarka universitetning Bandlik va karyera bo‘limi, "Kelajakka qadam" markazi hamkorligida tashkil etilib, davlat va nodavlat tashkilotlardan ish beruvchi vakillari o‘zlarining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davomida fakultetning bitiruvchilari ishtirok etdi va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotlar tashkil etildi hamda natijada bir qator mehnat shartnomasi joyida imzolandi.
Jumladan, bir qator talabalar o'zlari malakaviy amaliyotni o'tayotgan tashkilotlarga ish bilan ta'minlanishishga muvaffaq bo'ldilar. 11-1 TNA 22 guruhi talabalari Ikromova Iqbol "Progress", Yodgorova Billurabonu "Millennium", Jo'raqulova Madinabonu "Oxford" til o'qitish o'quv markazlariga, Toshtemirov Abdurasul Quvasoy shahridagi 16- maktabga ishga qabul qilindilar.