BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari “Sport kuni” doirasida yoga mashg‘ulotida ishtirok etdilar (25-aprel, 2026-yil)
Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Davlat idoralarida endi haftada bir kun ‘Sport kuni’ deb e’lon qilinadi” tashabbusi asosida Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan navbatdagi sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.
2026-yil 25-aprel kuni mazkur tashabbus doirasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari italiyalik ekspert Morena Firpo ishtirokida tashkil etilgan yoga mashg‘ulotida qatnashdilar.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga yoga amaliyotining inson salomatligiga ijobiy ta’siri, to‘g‘ri nafas olish texnikalari, tana va ruh uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi mashqlar hamda stressni kamaytirishga yordam beruvchi usullar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir professor-o‘qituvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ruhiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Yoga mashg‘ulotida quyidagi professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar:
Axmedova M.B.
Radjabova D.R.
Xaydarova L.X.
Sayliyeva M.R.
Ma’lumki, yoga (sanskritcha — “birlashish”, “uyg‘unlashish”) insonning jismoniy va ruhiy holatini muvozanatlashtirishga xizmat qiluvchi qadimiy amaliy mashqlar tizimi bo‘lib, u nafas olish jarayonlarini boshqarish, stressni kamaytirish va psixofiziologik uyg‘unlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta’limot qadimgi hind faylasufi Patanjali tomonidan tizimlashtirilgan.
Mazkur mashg‘ulot universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qildi.