BuxDU, Xorijiy tillar fakulteti,Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida ochiq darslar davom etmoqda
2024- yil 22-noyabr kuni “Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Ikromova Nozima pedagogik rahbari N.R.Qurbonova boshchiligida 11-1TNA-21 guruh talabalari bilan “World Literature ” fanidan "World literature of XX century and the beginning of XXI centuries” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq dars davomida magistrant o‘qitishning turli interfaol usullaridan foydalandi. Jumladan, darsni boshlashdan oldin o'quvchilarning aqlini charxlash maqsadida turli xil mavzuga oid savollar berib, talaba yoshlarni o'z tajribalaridan kelib chiqqan holda savollarga javob berishga undadi. Magistrant talaba hamda talabalar mavzu matnini yoritishda taqdimotdan foydalanishdi Bundan tashqari, dars tanqidiy va tahliliy fikrlash, shuningdek, adabiy asarlarni sharhlash va tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Ochiq darsda talabalar zamonaviy jahon adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillari Frans Kafka, Jorj Oruell , Paulo Koelolarning hayoti va ijod yòli hamda ularning '' Evrilish'' , ''Alkiyogar '' kabi mashhur asarlari bilan tanishdilar va ularni tahlil qilishdilar.
Ochiq darsda talabalar yakka, juft va guruh bo'lib turli vazifalarni bajarishdi
Darsni "Ingliz Adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik" kafedrasi profesor-o'qituvchilari, N.R.Qurbonova (f.f.d, dotsent ) hamda magistrant talabalar tahlil qildilar