Yesterday

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

2026 yil 3 aprel kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetiga tegishli talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jumayev A.A., ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professori Xajiyeva F.M. hamda o‘qituvchi Raximova Sh.R. ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaribilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv doirasida jinoyatchilikning oldini olish, talaba qizlarning noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketmasligi hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.