BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026-yil 2-aprel kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi M.R. Sayliyeva tomonidan “Modernism in American Literature” mavzusida sayyor dars tashkil etildi. Mazkur darsda 11-3 GHTF-23 guruh talabalari faol ishtirok etdilar.
Sayyor dars davomida Amerika modernizmi adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, uning badiiy-estetik tamoyillari hamda mazkur davr adabiyotida inson ruhiyati va jamiyatdagi o‘zgarishlarning aks etishi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, amerikalik yozuvchi William Faulknerning “Soldiers’ Pay” romani asosida talabalarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida bahs-munozara tashkil etildi. Munozara jarayonida asarda tasvirlangan urushdan keyingi ijtimoiy va psixologik muammolar, qahramonlar xarakteri hamda ularning ichki kechinmalari tahlil qilindi.
Talabalar asar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etib, turli nuqtai nazarlarni ilgari surdilar. Bu esa ularning adabiy tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Mazkur sayyor dars talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tahlil bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.