October 7

Pedagogik amaliyot-mahorat maktabi

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
Pedagogik amaliyot – bo’lajak o’qituvchining o’qituvchilik faoliyati qo’yadigan ilk qadam.
Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi 11-2TNA-21 guruh talabalari Abduahadova Iboyat 21-maktab 7-sinf o’quvchilari va Shodiyeva Shaxnozabonularning 2-maktab 9-sinf o’quvchilari bilan ochiq dars mashg’ulotlari o’tkazishdi. Mazkur ochiq dars davomida talaba TPR metod, O'yin metodlaridan unumli foydalanib, turli interfaol mashqlar orqali fan mavzusini o'quvchilarga qiziqarli tarzda o'rgatdi.
Ochiq darsni maktabning ingliz tili o’qituvchilari bilan birgalikda kafedra katta o’qituvchisi G.F.Kendjayevalar kuzatdi va dars so'nggida kuzatilgan dars yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Talabalar darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan guruh bo’lib ishlash, posterlar taqdimoti qilish kabi interaktiv metodlardan foydalanib, darsni mazmunli va qiziqarli tashkil etdi.