February 24

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Adabiyotshunoslik yo‘nalishi magistranti tomonidan ochiq dars o‘tkazildi.
2026-yil 23-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti “Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sharipova Parvina tomonidan "Badiiy tarjima” fanidan “Poetic translation: Practical approaches ” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars pedagogik rahbar F.M. Xajiyeva boshchiligida 11-5 TNI-24 guruh talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Mashg‘ulot jarayonida magistrant o‘qitishning turli interfaol metodlaridan, jumladan “Bamboozle Game”, "Defence and Critique", "Meter analysis" kabi mashg'ulotlardan samarali foydalandi. Ushbu metodlar talabalar o‘rtasida bahs-munozara, fikr almashinuvi, badiiy tarjimani takomillashtirish va tarjima jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda katta hissa qoʻsha oldi.
Shuningdek, dars davomida tarqatma materiallar, amaliy mashqlar va tahliliy topshiriqlardan foydalanildi.