BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
Joriy yilning 3- aprel kuni Xorijiy tillar fakultetiga Samarqand davlat universiteti dekani professor Eltazarov Juliboy Dabayevich va Turkiyalik olim Mehmet Yilmazlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida fakultet dekani, professor N.B.Ataboyev, fransuz filologiyasi kafedrasi professori,f.f.d., R.R.Bobokalonov, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professori, f.f.d., R.R.Kasimova va f.f.f.d., dotsent M.X.Niyazova hamkorligida fakultet tayanch doktorantlari va iqtidorli talabalar bilan ilmiy ishlar yuzasidan uchrashuv o`tkazishdi. Uchrashuvda professorlar tomonidan filologiya sohasidagi dolzarb ilmiy muammolar, zamonaviy tadqiqot metodlari hamda ilmiy ishlarni yozish va rasmiylashtirish tartiblari haqida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, Scopus bazasidagi jurnallarda maqola chop ettirish tartiblari haqida ham ma’lumotlar berildi. Davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularni yangi ilmiy izlanishlar va yutuqlar sari ruhlantirdi.