Today

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o'qituvchisi M. M. Raximov tomonidan 2026 yil 29 aprel kuni 11-1 TNA 23 guruh talabalari bilan "Buxoro musiqa san'ati" muzeyida "Communication and the art" mavzusida sayyor dars o'tkazildi. Sayyor darsni muzey rahbari Nishon Otamurodov ekskursiya bilan boshlab berdi. U talabalarga Buxoro musiqasi tarixi haqida ingliz tilida ham so'zlab berdi. Shundan so'ng Buxoro mavrigisi bo'yicha tarixiy hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so'ngida Nishon Otamurodov tomonidan master-klass o'tkazildi.