October 16

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ ADABIYOTSHUNOSLIGI VA TARJIMASHUNOSLIK kafedrasida "Professional Development Day" munosabati bilan navbatdagi trening mashg'uloti o'tkazildi.

2026 yil 15 oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professor- o'qituvchilari uchun "Professional Development Day" doirasida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulotni AQShdan tashrif buyurgan xorijiy til o‘qituvchisi WILLIE LEGREE olib bordi. Trening “Strong women, stronger communities” — “Kuchli ayollar, kuchliroq jamiyat” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar ayollarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ularni dars jarayoniga faol jalb etish, qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitini yaratish hamda interaktiv metodlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

➖ Ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, o‘quvchilar faolligini oshirish usullari hamda xalqaro tajribalar asosidagi samarali metodlar bilan yaqindan tanishdilar.