June 21, 2025

TEAR

Tilim bog‘langan...

— «Rozimisiz?..» — dedi cherkovdagi quruq, xirillagan ovoz. Men bu so‘zlarni eshitmadim. Menga tikilib turgan erkakning quruq, beifoda ko‘zlariga ham qaramadim. U ko‘zlarda bo‘m-bo‘shlik bor edi, sahro bor edi. Qumlik. Quruqlik. Va men... shu qumdan yutib, hayotimni shu bo‘shlikda davom ettirishim kerak edi. To qachongacha? Balki to bo‘g‘ilib ketgunimcha.

Lee Heeseung — har tomonlama mukammal: silliq sochlar, to‘g‘ri burun, tiniq teri. Tashqi tomondan hammasi joyida. Xuddi katalogdagi kuyov obrazidek. Hammaning og‘zida bitta gap:
— «U yaxshi tanlov!»,
— «U bilan barqaror, tinch hayot kechirasan».
Barqaror… lekin yurakni siqadigan darajada zerikarli.
Ko‘zlarim beixtiyor uning biroz shishiq lablariga tushdi. Yana bir necha daqiqa ichida o‘sha lablar mening lablarimga tegadi. Asta, ohangda, xuddi biror muhr bosayotgandek. Ammo u lablarda men faqatgina quruqlik va paradontozga qarshi tish pastasining yengil ta’mini his qilardim. Hech qanday hissiyot yo‘q edi.
— «Azizam…» — dedi u deyarli shivirlab.
Men cho‘chib tushdim. Ko‘zlarimni pastga qaratdim. Barcha mehmonlar menga tikilib, nima deyishimni kutishardi. Ha, hozir men «Ha» deyishim kerak edi.
Lekin aynan shu daqiqada yon ko‘zim bir odamga ilashdi.
U — Park Sunghoon. U cherkov eshigi oldida, devorga suyangancha turar, qo‘llari ko‘kragiga chalishtirilgan, yuzida esa odatdagi istehzo bilan jilmayish o‘ynardi.
Aqlga sig‘maydigan darajada g‘alati tuyg‘u — u Lee Heeseungning qarindoshi edi. Qon qarindoshi. Ammo men kecha kechqurun uning tilini og‘zimda his qilganimda bu fakt menga umuman ahamiyatli tuyulmagandi.
Bu xotira hozir ham butun tanamdan o‘tib, har bir nervimni titratdi. Yonoqlarim lovullab ketdi, qornim pastida g‘alati tugun hosil bo‘ldi.
Sunghoon menga aytgandi:

— Men bu to‘yni to‘xtatmayman. «Men bunga qarshiman!» deb baqirmayman. Men seni mashinamga solib ketmayman. Bu sening tanloving bo‘ladi.

Men chuqur nafas oldim. Tilimni arang qimirlatdim va asta… lekin eshitilarli qilib dedim:
— Roziman.
Lee Heeseung yengil nafas chiqardi. Cherkov ichida birovning pichirlashi, birovning ma’qullashi eshitildi. Men esa bir lahza Sunghoonning jilmayishini ko‘rdim. U qo‘llarini pastga tushirdi. Yuzidagi mimikalar biroz o‘zgardi. Nafratmi bu? Afsusmi? Yoki g‘alati kutgan shirin alammi?
Lekin men ichimdan to‘lib, katta nafas oldim va birdaniga balandroq, qat’iyatliroq ovozda dedim:
— Roziman... Chunki Lee Heeseung — zerikarli hurkitilgan quyonchaga o‘xshaydi.
Zal jim bo‘ldi. Hammaning nigohi menga qadaldi. Men esa yuzimda yengil tabassum bilan ularga yuzlandim va to‘g‘ri Park Sunghoonning yuziga qaradim. U kuldi. Ochig‘i, rohatlanib kuldi. Men aynan uning aytgan so‘zlarini takrorlagandim — unga o‘xshab jasorat ko‘rsatgandim.
U meni boshidan yomon ko‘rgandi. Men sust, o‘zini ifoda qila olmaydigan, bo‘ysunadigan, ovozini hech qachon baland qilmaydigan qiz edim. U esa mendan jirkanardi. Ammo aynan u menga jasorat nima ekanini o‘rgatdi. Hali kuchsiz bo‘lsam-da, endi hech bo‘lmasa, tanlovimda dadil edim.
Heeseung esa... jim. Og‘zini ochgancha, tez-tez ko‘z qisardi. Qandaydir bechora ko‘rinardi. Balki mendan, balki o‘zidan achingan edi. Ammo men o‘zimga ko‘proq achinardim.
Shu sabab, qo‘limdagi to‘y gullarimni uning oyoqlariga irg‘itdim, labimdan qiya bo‘sa yubordim va etaklarimni ko‘tarib, yugurib Sunghoonga tomon chopdim.
Men ortimda qolgan jahl bilan g‘azablangan qarindoshlarni, hayratda qolgan mehmonlarni, va cherkovning og‘ir havosini unutdim. Chunki men birinchi marta o‘zimni tanladim.

Vivian

Men aytishim mumkin edi, go‘yoki poshnam ostida Lee Heeseungning yuragi chil-chil bo‘lib ezilib yotardi… lekin ochig‘i, men u yuragi bor odam deb o‘ylamaganman. Qanday katta xato qilganimni esa keyinroq tushunaman. Oradan ikki yil o‘tib.
O‘shanda yomon bola Park Sunghoon bilan ham hech narsa chiqmaydi. Uni ogohlantirishga qaramay, yana narkotik bilan ushlab, qamoqqa tiqishadi. Menga esa, go‘yo “baxtim” — qarzga botgan “yigitim”ning qarzlarini to‘lash, hech qanday yordamga umid qilmasdan. Panelgacha tushib qolish yoqasida turgan vaqtimda esa taqdir meni yana bir marta o‘sha odam bilan — men cherkovda ko‘ziga qaramay, to‘ydan qochib ketgan odam bilan — Lee Heeseung bilan — to‘qnash qilarkan.
Bu uchrashuv hech kim uchun yoqimli bo‘lmaydi...
enemy*
— ...qarz tunda soat 12 gacha to‘lanishi kerak…
— Yana nimaga aralashib qolding o‘zi?
— Menmi?! — ovozim shu darajada baland chiqib ketdiki, nazoratchilar biz tomonga qarab qoldi.
— Bu safar senmas, aynan sen meni bu botqoqga tortding, Sunghoon, — ovozimni pastroq qilib, oldinga egildim. U esa rohatlanib orqaga suyanib oldi, xuddi qamoqxona kombinezonidagi odam emasdek, bilaklari temir bilan stulga mahkamlangan odam emasdek.
— Qizaloq, tinchlan, nega shunaqa asabiylashyapsan? — dediyu kulimsirab qaradi Sunghoon.
— Tovar qani? — deyarli shivirlagandek so‘radim, faqat u eshitsin deb.
— Namjoon aytdi, pulni yoki tovarni qaytarishim kerak, aks holda… o‘zing tushunding, — aslida, RM ancha qo‘pol so‘zlar ishlatgan, lekin men ularni takrorlashni istamadim.
— Ee, rosa bo‘ldi, u seni bir-ikki marta yotqizadi, o‘tadi-ketadi, — yelka qisdi u beparvolik bilan, — Junni bilasan-ku, u haqida afsonalar yuradi. Har qanday "teshik" dod soladi, Statendagi odamlar ham eshitadi, deyishadi, — hayron edim: bu qichqiriqlar rostdan ham rohatdanmi, yo azobdanmi. Va shu gaplardan keyin yuragimda undan jirkanish kuchaydi.
Bu bola shunchalik yomon ekanki...
— Bir-ikki marta?! — endi men shivirlamadim, hatto deyarli g‘azab bilan g‘o‘ldiradim, tirnoqlarim bilan sovuq temir stolni tirnab,
— Uch yuz ming dollarlik tovarni o‘g‘irlading, endi meni yo sotib yuborishadi, yo butun umrimni panellarda o‘tkazib, sifilitdan o‘layotganimcha ishlatishadi!
Men ovozimni titratmaslikka harakat qilardim, chunki bu iblis oldida zaif ko‘rinishga haqqim yo‘q edi. Ammo u... u hech qanday reaktsiya bildirmadi, o‘sha beparvo tabassumi bilan qarab turardi.
Shunda birdan yuragimdan qandaydir sovuq narsa o‘tdi.
— Sen buni rejalagansan... — mayusgina, bir nuqtaga tikilgancha, o‘zimga o‘xshamagan ovozda dedim, — Ataylab qo‘lingga "trava" tutqazilding, eng kichik muddatni olasan deb. Oldin esa Jun va boshqa ta'minotchilarni ayovsiz tozalab, cho‘ntagingni to‘ldirding.
Hammasi joyiga tushib borardi. Park Sunghoon bilgan: qamoqda unga hech kim tegolmaydi. Hamma balo esa menga tushadi. U ikki yil jim o‘tiradi, yaxshi xulqi uchun oldinroq chiqadi, yashirin koka esa unga yangi hayotni boshlashga yordam beradi.

Mening yigitim meni uch yuz mingga sotdi...
Go‘yoki yaxshiroq hayot, sevgi haqidagi va’dalar — bularning barchasi o‘tmishda qolgan. Sunghoon bilan o‘tgan to‘rt yilda men hamma narsani ko‘rdim. Xiyonat, ichkilikbozlik, hatto bazmlarda narkotik sotishga ham majbur bo‘lgan paytlarim bo‘ldi. Va albatta, bu iflosliklardan o‘zim ham foydalanib ketganim rost. Bir necha yil ichida butunlay bu botqoqqa botdim, lekin Sunghoon meni hech qayerga qo‘ymadi — agar ketaman desam, politsiyaga yetkazaman deb tahdid qilardi. U qo‘lida mening ishtirokim borligiga oid dalillarni ushlab turgan edi. Men esa bu isbotlar bilan uzoq muddatga qamalishim mumkinligini bilardim.
Shunda tushundim — u menga hech qachon sevgi bilan qaramagan.
Nega oddiy diler kerak qilsinki? Nega u har kuni ozroq foyda uchun qiynalishi kerak, agar kuchli xavf ostida qolib, bir lahzada olti xonali daromad olsa bo‘lsa?
Namu — ya’ni Namjoon — hech qachon Sunghoonni o‘ldirmaydi. Unga bu kerak emas. Unga faqat pul kerak edi. Va pul faqat mendan chiqardi.
Demak, meni ham o‘ldirishmaydi. Menga qolgan yagona yo‘l — hidli, jirkanch bordelga tushib qolish, o‘sha yerda asta-sekin chirib o‘lish edi. Yordam so‘rashga odam qolmagan.
Ota-onam meni to‘y kunidagi qochishimdan so‘ng allaqachon unutgan.
Lee Heeseung esa...
Yo‘q.
Men undan yordam so‘raguncha o‘lib ketganim afzal.
Men oynaning oldida faqat ichki kiyimda turib, o‘z tanamga termulardim. Sunghoon bilan bo‘lgan og‘ir hayotga qaramay, o‘zimni holi qadar formamda ushlab turardim.
Minlar to’dasi — ya’ni Sunghoonning jamoasi — kichkina sport zaliga ega edi. Men u yerga tez-tez borib turardim, chunki u yerda Jungkook — yagona odam, Sunghoon atrofida bo‘lsa ham, men bilan tinch gaplasha oladigan va... uxlaydigan yigit bor edi.
Oxirgi yil davomida, koks tufayli Sunghoonda erkaklik quvvati deyarli qolmagan edi.
Ammo yigirma yoshli Jungkook aksincha — kuchining eng cho‘qqisida edi.
U ham diler edi, ammo hech qachon hech narsa iste’mol qilmasdi. Shuning uchun, u bilan muammo yo‘q edi.
Jungkook — ko‘p odamlar singari — o‘z ixtiyori bilan bu “Monstrlar” deb ataluvchi guruhga qo‘shilmagan.
U atigi o‘n besh yoshida bu hayotga tortilgan edi. Chunki u Kvinnsning eng nomaqbul hududida tug‘ilgan. Bu hudud ilgari “Arvohlar” degan to‘da tasarrufida edi.
To‘g‘risini aytganda, bu to‘da 90-yillarda kuchli bo‘lgan, lekin keyin parchalanib ketgan.
Namjoon — o‘sha eski yetakchining o‘g‘li edi. Otasi reydlar paytida qamalganidan so‘ng, Jun guruhni o‘z zimmasiga oldi.
U yangi nom berdi va guruhga yangi hayot baxsh etdi.
Monstrlar endi ochiqchasiga ish yuritmasdi.
Ular ancha murakkab sxemalar bo‘yicha harakat qilishardi.
Namjoon har bir odamni shaxsan tanlardi va hech kimni majburlamasdi.
Bu esa xiyonat qilish ehtimolini kamaytirardi.
Lekin shunga qaramay, vaziyat o‘zgarmagan edi...

Heeseung&Sunghoon

Jungwon tushuntirgandek, u tanlovsiz edi. Agar u Namjoonga qo‘shilmaganida, boshqa hududdagi to‘dalarning bosimiga uchrardi. RM esa unga pul ishlash uchun imkon bergandi, ha, noqonuniy yo‘l bilan, lekin eng muhimi — Namjoon uni himoya qilardi.
Boshida men to‘da ishlariga unchalik aralashmasdim, faqat Sunghoonning qiz do‘sti edim, xolos. Keyinchalik bilsam, u “Shuga” laqabini shirinligi uchun emas, balki “shirin” deb ataydigan kokainni haddan tashqari ko‘p ichgani uchun olgan ekan. Afsuski, bu faktlar menga faqat qochganimdan keyin ma’lum bo‘ldi. Qaytadigan joyim ham yo‘q edi — dadam telefon orqali aytdiki, meni oiladan butunlay chiqarib tashlashgan.
Birinchi yil esa faqat tugamaydigan kechalar bilan o‘tgan. Faqat jinsiy aloqalar, ziyofatlar... Sunghoon meni tez-tez Texasga olib borardi. Garchi biz arzon motelda yashasak ham, bu men uchun romantika edi. Suv havzasida suzardim, u yerda, ehtimol, suvni ikki yilda bir tozalashardi. Men bundan na xijolat bo‘lardim, na keyin bilganim narkotik yetkazib berish bilan bog‘liq maqsadlaridan.
Men Sunghoonning yashash tarziga moslashishga harakat qilardim. Orqamni shakllantirdim, jang qilishni o‘rgandim, qisqa jinsi shortiklar kiyardim, katta halqali sirg‘alar taqardim, xaltirdab saqich chaynardim. Sunghoon jinsiy aloqadan keyin tanasida tirnalgan izlar qolishini yoqtirardi, shuning uchun uzun tirnoqlar qildirardim, garchi bu juda noqulay bo‘lsa ham. U chuqur fellatio yaxshi ko‘rardi, shuning uchun og‘zimni boshqarishni o‘rgandim. U kokainni mening qornimdan tortib ichardi. Hatto ularning sleng tilida gapirishni o‘rgandim. Men Alexis edim, keyin esa hech kimga kerak bo‘lmagan, lekin sexy ko‘ringan “Lexi”ga aylandim — o‘sha yigit bor dunyoni oyoqlarim ostiga qo‘yishni va’da qilgan edi...
“Monstrlar” to‘dasiga faqat osiyolik yigitlar olinardi. Ba’zilari noqonuniy immigrantlar, ba’zilari esa Amerikada tug‘ilib voyaga yetgan va fuqarolikka ega bo‘lganlar edi. Ko‘pchiligi Lower Manhattan’dagi boshqa to‘dalardan qochib kelgan edi, chunki Chinatown’ning ta’siri yo‘qolayotgan edi. To‘da a’zolarining qiz do‘stlari esa turli millatlardan bo‘lishi mumkin edi, lekin men — yagona oq tanli qiz edim. Hech kim meni jiddiy qabul qilmasdi. Hammasi past nazar bilan qarardi. Ular uchun men oddiy bir boy oiladan chiqqan, ehtiyotsiz suburbiyalik qiz edim.
Men — “ahmoq” edim, orzu-havasli hayotni, yaxshi ishni va “oq devorli uyni” shubhali yigit evaziga tashlagan. Meni shunday qabul qilishlari meni hayron qoldirgandi, ayniqsa o‘sha hayotni o‘z ixtiyorlari bilan tanlaganlar tomonidan. Sunghoon menga hech narsa tushuntirmasdi, faqat “bo‘ldi, bebek,” deb qo‘yardi. Men nega bunday munosabatda bo‘lishayotganini tushunmasdim.
Bir kuni Jungwon tushuntirib berdi: masala irqda emas. Ularning ko‘pchiligi menda bo‘lgan imkoniyatlar uchun jonini berishga tayyor edi. Masalan, kollejga borish. Menda tanlash huquqi bor edi. Ular esa hech qachon tanlay olishmagan.
Jungwonning oilasi ba’zan ovqatga ham zo‘rg‘a pul topardi. Meni bu juda ranjitardi. Lekin ichimda doim bir narsa bor edi — “agar istasang, har qayerdan chiqib ketish mumkin.” Stipendiyalar bor, grantlar bor, shunchaki yaxshi o‘qish kerak… Jungwon esa achchiq tabassum bilan:
— Bu narsalar faqat ota-onasi repetitorlarga, xususiy maktablarga pul to‘lay oladigan bolalarga tegishli. Men esa onamga kommunal to‘lovlarni to‘lashda yordam berish uchun kuniga 3 soat uxlab ishlashim kerak — dedi.
Shunda men Heeseungni esladim. Uning ota-onasi ham boy emasdi. Ular uy uchun kredit to‘lashar, lekin o‘g‘lining o‘qishini to‘lash imkonlari yo‘q edi. Biz o‘qigan maktab xususiy bo‘lmasa ham, juda nufuzli edi. Heeseung esa sinfimizdagi yagona bola edi — mashinada emas, velosipedda keladigan. Hech kim u bilan do‘stlashmasdi. U sinfdagi eng zo‘ri bo‘lsa-da, tushlik payti yolg‘iz o‘tirib, tuna baliqli sendvichni yeshi, keyin esa undan g‘alati hid kelardi…

Men ham yolg‘iz edim. Garchi tashqi ko‘rinishim standartlarga to‘g‘ri kelsa-da — ozg‘in, badavlat oiladan chiqqan, doimo toza va silliq maktab formasida yurgan, terim ham, sochlarim ham parvarishlangan bo‘lsa-da — odamlar mendan nari bo‘lishardi. Bu tashqi ko‘rinishim sabab emasdi. Asl sabab — men maktab direktori qizi edim. Kim ham shunaqa odam bilan ochiq do‘stlashishni xohlaydi?
Maktabning birinchi kunidayoq menga “stuka”, “o‘ta tarbiyalangan qizaloq” degan tamg‘alar yopishtirildi. Ichimda esa kuchli qo‘rquv yashardi — onam va otamning jiddiyligi, qattiqligi meni bunday “issiqqonli” tengdoshlarim singari isyon ko‘tarishdan saqlab turardi. Onam har doim aytardi:
— Kechalar, ziyofatlar va aroq — faqat omadsizlar uchun. Seni esa universitet va yaxshi hayot kutyapti. Ana o‘sha “ommabop” bolalar esa ertaga senga benzin quyib beradi.
Shuning uchun boshqa ilojim qolmadi — men faqatgina bir bolakay bilan yaqinlashdim. U oriqcha, jingalak “kokos” sochli, ko‘zlari esa kulganida butunlay yuvosh yonoqlarida g‘oyib bo‘lib ketadigan bola edi. Uning ismi Heeseung edi. Esimda, men tushlikda unga birinchi bo‘lib:
— Men bilan o‘tirasanmi? — deganimda, u osmonda uchib yurgandek edi.
Dastlab u juda tortinchoq edi. Yonimda turganda tilini ham yo‘qotgandek sukut saqlardi. Lekin vaqt o‘tib, ko‘nikib olgach, uni to‘xtatishning iloji yo‘q edi. Gapni gapga ulardi, hatto ba’zida biroz charchatib yuborardi.
Men u bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘rardim. Garchi u biroz o‘ziga xos, hatto ba’zida g‘alati tuyulgudek bo‘lsa ham. Uning tozalikka va tartibga haddan ortiq berilishi hayratga solardi. Ha, u hamma narsani papkalarga joylardi — bu ma’noda literal tarzda. Bir kuni bilsam, u hatto bizning do‘stligimizga bag‘ishlangan butun boshli kartotekaga ega ekan! U menga yaqinlashish rejasini olti oy ilgari ishlab chiqqanini ham aytdi.
Ichimdan kulgim keldi. Axir men o‘zim birinchi bo‘lib unga murojaat qilgandim-ku. U reja tuzgan-u, ammo baribir reja ishlamagan edi. Ammo Heeseung baribir ishonardi — go‘yoki men uni “o‘zi xohlagani uchun” emas, “uning hisob-kitoblariga binoan” tanlagandek.
Mening hayotim oldindan yozilgan ssenariy edi. Kolumbiya universiteti — men aynan o‘sha yerga borishim kerak edi. Baholarim yetarli, ota-onam esa moliyaviy tomondan hech narsa ayamasdi. Mutaxassislik tanlovida esa mening fikrim eshitilmadi. Ular allaqachon hal qilishgan — men dadam izidan yurib, yuridik fakultetga kirishim kerak.
Heeseung esa men bilan birga o‘qishga kirishni orzu qilardi. U kun-u tun o‘qidi. Uning oilasi boy emasdi. Shuning uchun u faqat bitta yo‘lni tanladi — stipendiya. Va eng qizig‘i — u bunga erishdi.

Ota-onam bu voqeaga mendan ko‘ra ko‘proq quvonishdi, ularcha bu yigit “albatta uzoqqa borardi”. Men esa, universitetni erkinlik sari birinchi qadam deb bilardim, lekin o‘sha qat’iy nazorat ostidagi 18 yildan keyin, birdan o‘zgarib qolish, kulrang sichqonchadan ziyofat yulduziga aylanish oson emas ekan. Hayotim hech qachon o‘sha yengil kinolardagidek bo‘lmagan — u yerda musiqali fon ostida do‘kon kezsang, birdan boshqacha odamga aylanaverasan. Mening haqiqatimda esa hanuzgacha qattiqqo‘l ota-onam, yaxshi o‘qish majburiyati va o‘zim haqimdagi murakkab fikrlar bor edi. Ular osonlik bilan yo‘qolmasdi. Yigitlardan eshitgan iliq so‘zlar ham, afsuski, bu ichki bo‘shliqni to‘ldira olmasdi.
Universitetga kirganimdan so‘ng, Lee Heeseung menga nisbatan mayin, ammo sezilarli qadamlar qila boshladi. U eski, tentak ko‘zoynaklarini yechdi, yozda ham ko‘ylak ustidan kiyib yuradigan yondor sviterlarini tashladi, soch turmagini o‘zgartirdi. Men esa, o‘zimni uni sinab ko‘rishga ko‘ndirdim — hech bo‘lmasa ota-onamning “sovuq bosishini” to‘xtatish uchun. Ular bizning munosabatlarimiz haqida shunchalik ochiqcha gapirishardi-ki, men o‘zimni yomon his qilardim. Ikkinchi kursga yetganimizda, men u bilan yurishga rozi bo‘ldim, o‘zimga uni chin dildan yoqtirishim mumkinligini singdirmoqchi bo‘ldim.
Heeseungning o‘pishlari sovuq va haddan tashqari beg‘ubor edi. U menga qaragani sari, go‘yo hayotidagi eng muhim hodisa menman, degan ko‘zlar bilan boqardi. Lekin men unga xuddi shunday javob qaytara olmasdim. Men hali jismoniy yaqinlikka tayyor emasdim. Heeseung esa hech qanday bosim qilmas, faqat yumshoq jilmayib: “Qachon tayyor bo‘lsang, men shu yerda bo‘laman,” derdi.
Lekin vaqt o‘tib, men angladim: meni jinsiy aloqa emas, aynan Lee Heeseung bilan bo‘lish g‘oyasi qo‘rqitardi.
Universitetni tamomlashimizga uch oy qolganda, Heeseung meni to‘satdan turmushga taklif qildi. Bu uning ota-onasi yubileyida bo‘ldi — katta ziyofat, yuzlab qarindoshlar, mehmonlar va, eng yomoni, mening ota-onam ham bor edi. U bir tizzasini yerga qo‘ydi, oldin yerga oq ro‘molcha to‘shab, shimini iflos qilmaslik uchun. Hammaning nigohi bizga qadaldi, men esa so‘z topolmadim. Faqat bosh irg‘adim. Ko‘zlarimga yosh to‘ldi — hamma buni quvonch deb tushundi, lekin aslida men ichimda bo‘g‘ilib o‘lay derdim.
Men u yerda, ota-onam oldida unga “yo‘q” deyolmasdim. U buni juda yaxshi bilar edi. U bilardi, onam bilan janjallardan naqadar qo‘rqishimni. Bilardi, otamning gapi men uchun qonun ekanini. U bir qaror bilan meni moliyaviy tomondan butunlay siqib qo‘yishi mumkin edi. Heeseung bularning barini bilardi — va baribir buni qildi.
Atrofdagilar qarsak chalishar, Lee Heeseung esa meni labimdan ehtiyotkorlik bilan o‘pardi. Men esa ko‘zlarimni ham yumolmadim. Ana shu onda men uni ko‘rdim. Uni birinchi marta ko‘rdim.

O‘shanda men Sunghoonning bunday oilaviy bayramda nima qilayotgani haqida o‘ylamagan edim. Hatto u kimligini ham bilmasdim.
Faqat charm kurtkali yigitni ko‘rdim — u menga shunchaki bo‘sh joydek tikilardi, go‘yoki men Heeseungning zerikarli dugonasiman, xolos.
Nimagadir uning nigohi ostida o‘zimni noqulay his qildim. Yalang‘ochlanishni, yo‘q, hatto terimni ham yechib tashlab, endi hech kim menga “aqlli va itoatkor Alexis Green” deb buyruq berolmasligini xohlardim.
O‘sha oqshom men Paklar uyida tunab qoldim. Heeseungning bolaligidan qolgan karovati ikkimizga torlik qilardi, shuning uchun u polga yotdi — men bundan faqat xursand edim. Bu biz maktabda o‘qib yurgan paytlarimizdagi tungi mehmonliklarga o‘xshab ketdi. Faqat endi barmog‘imda uzuk bor edi, ko‘zlarimda esa — tushkunlik.
U bilan gaplashgim kelardi, baqirgim kelardi, bu ahmoqona qaror uchun uni ayblagim kelardi. Lekin faqat labimni yanada mahkam qisib oldim, u meni tun yarmida o‘pganida ham — ichimda bitta so‘z aylanardi:
Xiyonatkor.
Avval hech bo‘lmaganda uni do‘st deb bilardim. Endi esa — dushmanim edi.
O‘zimga so‘z berdim: ertasi kuni ota-onam bilan gaplashaman, bu to‘y bo‘lmaydi, deyman.
Ammo ertasi kuni bizning uyda allaqachon to‘y tashkilotchisi bo‘lgan. Onam bilan u marosim uchun joy tanlashni muhokama qilayotgan edi. Men mehmonxona eshigida qotib qoldim, onamning nigohi bilan to‘qnashdim.
Ko‘z oldimdan yuzlab janjallar o‘tib o‘tdi — agar rad etsam, meni kutayotgan edi. Ularning bosimi baribir meni o‘zlariga tobe qilardi.
Boshqacha yo‘l bo‘lmagan. Maktabni tanlashdan tortib, sevimli mashg‘ulotgacha, hattoki bitiruv libosini tanlashgacha — har doim men ularning aytganini qilganman.
Bu safar ham shunday bo‘ldi.
Kollejni tamomlash vaqti chaqmoqdek yaqinlashayotgan edi. Heeseung imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan, to‘y haqida esa o‘ylamayotgan edi. Men esa o‘zimni go‘yoki avgust oxirida nikoh emas, qatl kutayotgandek his qilardim.
Men hech qachon jinsiy aloqa qilmagan yigitga turmushga chiqmoqchi edim. Umuman olganda, hayotimda biror marta ham jinsiy aloqa qilmaganman. Endi esa faqat bitta erkak bilan butun umr yotishim kerakmidi?
Ko‘z oldimda sinab ko‘rmagan narsalarim ro‘yxati paydo bo‘ldi, va bu yo‘qotilgan imkoniyatlar yelkamga og‘ir yukdek tushdi.
Meni to‘liq tushkunlikka tushib ketishimdan faqatgina bir narsa saqlab qolardi — kampusda o‘sha bayramdagi yigitni ba'zida ko‘rib qolishim. U bizda o‘qimasdi. Heeseungdan bu yigit haqida so‘raganimda, u jirkanib, menga uni yaqindan ham ko‘rma, degandi. Chunki Jungwon uning kuzeni bo‘lib, qorong‘u ishlar bilan shug‘ullanar ekan.
Lekin bu meni to‘xtatolmadi. Unga xos sirli, “yomon yigit” obrazi meni tortib turardi. Sunghoon deyarli har doim talabalar tashkil etgan kechalarda bo‘lardi. Men esa, ilgari bunday joylarga hech bormagan bo‘lsam-da, endi Heeseungdan yashirincha doimiy ravishda ziyofatlarga qatnay boshladim.
Uzoqdan kuzatardim. Arzon pivo ichib, yonimdagi tanish qizning gaplariga e’tibor bergandek ko‘rinishga harakat qilardim. Ba’zida Sunghoonning yuzida ko‘karishlar, qo‘l bo‘g‘imlarida yara izlarini ko‘rardim — va nimagadir bu meni yanada jozibador his qildirardi. U juda yiroq, ayni paytda juda jozibali tuyulardi.
Bir kuni u orqa hovliga chiqib ketayotganini ko‘rib, ortidan yurdim. U bilan yolg‘iz qolaman deb o‘ylamagandim.
Sunghoon meni tanidi. Chap qo‘limdagi uzukka qarab, nafrat bilan jilmaydi — go‘yoki qo‘limni iflos bir narsaga tiqib olgandek.
"Zaif xarakterli."
Uning nigohida aynan shu so‘z turardi. Menga uyat bo‘lib ketdi. Ketmoqchi bo‘ldim, lekin oyoqlarim meni eshitmayotgandek, joyimdan jilolmadim. Sunghoon bir tortib chekdi-da, ko‘zlarini qisib menga tikildi.
— Bir narsani sinab ko‘rmoqchimisan? — dedi u. Ovozidagi engil xirillash meni ichimdan eritar edi. U nima taklif qilayotganini anglash qiyin emasdi. Chunki ko‘p bor talabalar unga “qo‘l berib salomlashgani”ni ko‘rganman, hamma ziyofatga taklifni ham shunchaki emas, o‘zining “nufuzi” tufayli olardi

— Esi joyidami, sen xuddi mening amakivachcham Heeseungga o‘xshaysan, — dedi Sunghoon sovuq va nafrat aralash nigoh bilan menga tikilib. — Siz ikkovingiz bir-biringiz uchun yaratilgandeksiz.
Uning bu so‘zlari... yuragimga pichoqdek botdi. Ko‘nglimda nimadir sinib ketdi. Bu faqat oddiy ayblov emas edi — bu, mening butun orzularim ustidan tupurilganiday bo‘ldi.
Men bunday yashashni istamasdim.
Men hayotimni shunchaki shahar chetidagi oddiy uyda, odatiy bir ishda — yoqtirmagan ishimda kun kechirishni, bolalarim bilan oilaviy akvaparklarda dam olishni, kulrang minivenimizda o‘sha joylarga yetib borishni xohlamasdim.
Ko‘z oldimdan bu “ideal” hayot suratlari lipillab o‘tdi. Yuragimda vahima uyg‘ondi. Yo‘q. Men bunday yashashni tanlamayman.
Shu tasavvurlar menga kuch berdi. Men bir qadam oldinga chiqdim, va Sunghoonning qizarib ketgan ko‘zlariga dadil boqib, qat’iy va tiniq ohangda aytdim:
— Men xohlayman.
Shu ikki so‘z — mening “hech qayerga” ketadigan yo‘limning boshlanishi bo‘ldi.
O‘sha paytda menga hammasi to‘g‘ri tuyulgan edi. Sunghoon aytgan har bir so‘z, bergan har bir o‘pish, hatto ichgan dorilarim ham — hammasi men uchun mukammal edi.
U menga o‘zimni o‘zgacha his qildirardi. Xuddi men — istagan, orzulagan qizga aylangandek bo‘lardim.
Heeseung esa... Uning yonida o‘zimni himoyasiz sezardim. U meni himoya qila olmasdi.
Ko‘z o‘ngimda xayol paydo bo‘lardi: go‘yoki men bilan Heeseungga o‘g‘rilar hujum qilgan. Bunday holatda u albatta yig‘lardi. Xuddi maktabda futbolchilar uni do‘pposlab ketganida yig‘lagani kabi...
Nahotki, men o‘zimga shunday er xohlagan bo‘lsam?
Sunghoon esa — boshqa dunyo edi. Men unga haligacha qizligimni yo‘qotmaganligimni aytganimda, u shunchaki kinoya bilan kuldi va:
— Heeseungdan boshqa nima kutish mumkin edi? — dedi.
Sunghoon... u jinsiy aloqani sevardi. Hattoki uning tili haqida butun kampus bo‘ylab afsonalar yurardi.
Bir kuni u menga ularning qanchalik rostligini isbotladi. To‘g‘ri, o‘sha kecha men “molli” (MDMA) ta’sirida edim, shuning uchun har bir teginish yuz baravar kuchliroq tuyulgan edi.
Va mening birinchi orgazmim — shunchalik kuchli bo‘ldiki, men o‘zimni yo‘qotdim. Butunlay. Taxminan o‘n besh daqiqaga hushimdan ketdim.
Bu lahzani unutishning iloji yo‘q. Chunki ilk bor o‘zimni chinakam ozod his qilgandim.

Sunghoon menga: “Qancha xohlasang, shuncha lazzat hadya qilaman,” — degan va’dalarni aytardi.
Heeseung bilan esa, Sunghoon aytganidek, aloqa* haftasiga bir martadan oshmasdi. Dastlab farzand ko‘rish uchun, keyin esa — bayramlarda, xolos. O‘sha ham faqat missionercha poza.
Sunghoon butun yoz davomida meni “ishlov” berib yurdi — to to‘y kunimga qadar. Biz yashirincha uchrashardik, men esa bu uchrashuvlarga to‘y tayyorgarliklarini bahona qilib qochardim. Heeseung esa o‘ylardi — men to‘y tortlaridan tatib ko‘ryapman, aslida esa... men uning amakivachchasi bag‘rida tipirchilab yotardim.
Sunghoon hech qachon to‘yni bekor qilishimni talab qilmagan. Aslida, biz ko‘p gaplashmasdik ham. U og‘zimni ko‘proq... “boshqa narsalar” bilan band qilishni afzal ko‘rardi. Men esa bunga qarshi emasdim. Hatto xursand edim.
Agar Sunghoon bo‘lmaganida, men hech qachon o‘sha to‘ydan qochishga jur’at topolmagan bo‘lardim. U menga qo‘l uzatdi, ushlashim uchun imkon berdi, hayotda yana boshqa yo‘l borligini ko‘rsatdi.
Lekin keyin... meni shafqatsizlarcha ortimdan zarba berdi.
Endi esa, men o‘zimni ko‘zguga qarab, Jungwon bilan uchrashuvga borish uchun yig‘inayotganimni ko‘ryapman. Va bilmayman — yana Sunghoon bilan ijarada turgan kichik kvartiramga qaytamanmi yo‘qmi. Hozir u yerda yolg‘izman.
Agar hamma narsa aynan shu holga kelishini bilganimda, o‘sha kuni Heeseungga turmushga chiqishga rozi bo‘larmidim?..
Hech qachon.
Hech qachon bir kunini ham o‘z hayoti ustidan nazorat qilolmaydigan yigit bilan yashashni istamasdim. Hatto hojatxonaga ham jadval asosida boradigan odam bilanmi?
Shuni o‘zimga o‘sha kuni, metroda yarim bo‘sh vagon ichida ketayotganimda takrorlab bordim. Yo‘nalishim esa: “asosiy yirtqich” Jungwonga borish edi. Poyezd platformasida turgan chog‘imda hatto: “Agar hozir o‘zimni relsga tashlab yuborsam-chi?” — degan fikr ham o‘tib ketdi. Lekin bu — Heeseung va ota-onamga yutqazish degani edi.
Ular hali men qanday abgor holatda ekanimni bilmay turibdi. Demak, men hali ham har qanday ifloslik bilan kurashishga tayyorman. Har qanday fohishaxonadan qochish uchun kurashaman. Hatto... hatto Jungwon oldida oyoq uzatishga ham tayyorman — faqatgina undan battar taqdirdan qochish uchun.
Ammo hozircha... boshimda reja bor edi. Vaqt yutish rejasi. Unga: “Men tovar qaerda ekanini bilaman,” deb aytmoqchi edim. Go‘yoki Sunghoon uni boshqa shtatga — Texas tomonlarga yashirib qo‘ygandek ko‘rsatmoqchiman. Bu esa menga yana bir necha kun erkinlikni hadya qilardi. Shu orada qochish yo‘lini o‘ylab topaman. Yoki pul.

Har bir tashlagan qadamim bilan, “Yirtqichlar” bazasi sifatida xizmat qilayotgan avtomexanik ustaxonaga yaqinlashar ekanman, oyoqlarim xuddi paxtadek bo‘shashib borardi. Og‘zim qurib, nafas olish qiyinlashdi.
Qochadigan joyim yo‘q edi. Na imkoniyatim bor edi, na umidim. Hech qanday foydasi yo‘q edi. Jungwonning odamlari meni baribir topishardi. Va qochib qutulganimdan keyin — u hech qanday mehribonlik qilmasdi.
Hech bo‘lmasa, u menga o‘zi kelish imkoniyatini berdi — shunday yo‘l bilan kelishimki, o‘z qadr-qimmatimni yo‘qotmasdan. Uydan yarim yalang‘och holatda, faqat ichki kiyimda chiqarib, boshimga xalta kiydirib, mashina yukxonasiga tiqib ketishmagani uchun shukr qilardim.
RM buni tushunardi. Men ham tushundim. Endi boshqa yo‘l qolmagan edi.
Poshnalarimning taqillashi yarmisi qorong‘u, chang bosgan garajda jaranglab eshitilardi. Demontaj qilingan mashinalar orasidan ehtiyotkorlik bilan o‘ta boshladim. Nafasimni imkon qadar yuzaki olib, o‘zimni ruxiy tayyorlay boshladim. Sababi, men mashina moyi va bo‘yoq hidiga chiday olmayman, boshim aylanib ketardi.
Garajning eng ichkarisida, faqat bitta xira lampochka bilan yoritilgan burchakda ikki siluet ko‘rindi. Ular koreys tilida nimadir deb, past ovozda gaplashishardi. Men bu tilni oz-moz o‘rgangan edim, ammo ular shunchalik sekin gaplashishar ediki, men hatto bitta so‘zni ham ilg‘ay olmadim.
Jungwon devorga suyangancha turardi. Uning nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga qaratilgan edi. U tinch, xotirjam edi. Yana bir yigit esa eski “Porsche”ning kapotida o‘tirardi — men uning faqat och jigarrang sochlari va qora futbolkaga qisilgan keng yelkalarini ko‘ra olardim. U harakat qilmas, ammo borligi xonani bosib turardi.

Jungwoon&Sunghoon

Vivi, yagonam, yaqinroqqa kel, — dedi Jungwon nihoyat ingliz tilida, yumshoq va xotirjam ohangda, meni samimiylik bilan chaqirib.
Shu payt u bilan turgan ikkinchi yigit sekin orqasiga burilib, menga qaradi.
Men esa baland poshnalarda tebrangancha, zo‘rg‘a oyoqda turgandek bo‘ldim.
Bu... u edi.
Yoki u bilan juda o‘xshash kimdir.
Axir koreyslarning hammasi bir-biriga o‘xshab ketaveradimi?..
Lekin yuragim... yuragim yolg‘on gapirmasdi.
Ko‘zlari, burilish uslubi, lablaridagi o‘sha ohang — bu aynan o‘sha odam edi.
Sariq sochlari yaltirab turardi.
U tanasini shunday burdiki, Jungwon uning yuzini ko‘ra olmay qoldi.
Va shunda u faqat lablarini sekin qimirlatdi:
Tinchlan.
Keyin esa Vivian tomonga ko‘z qisdi.
Menga esa birdan kulgim qistadi.
Yo‘q, bu shunchaki kulgi emas edi — bu og‘riqdan, hayratdan va quvonchdan birlashgan vahshiy kulgi edi.
Ichimda bir qichqiriq bor edi, u tashqariga otilishga shay edi.
Lee Heeseung
Keldi.
Meni.
Qutqarishga.

Bzani motorbikedegi shaxzoda😋💗

#Vivian_Asters
For Cartier Fanfics.