
Yechim menga faqat bir haftalik o‘y-fikrlarimdan so‘ng keldi. Lee o‘zgargandi… men ham. Demak, unga eski tanish “mehribon Vivian” haqida eslatib qo‘yish vaqti kelgan edi. Sakkizinchi kuni, kalit qulfda aylanayotganini eshitganim zahoti, shoshilinch ravishda ko‘zimni artdim. Kosmetik sumkachamdagi sun’iy yoshlarni ko‘zimga tomizib, avvaldan tayyor bo‘lib turgandim. Lee xonaga kirganida, u odatdagidek menga hatto bir qarab qo‘ymadi. Birinchi qilgani — yangi kitobni karavot yonidagi stolga qo‘yish va so‘ng hammomga qarab, go‘yo kimdir u yerda yashiringandek, nazar tashlash bo‘ldi. Erkak e’tiborini jalb qilish uchun men baland ovozda yengil yig‘lab yubordim. Yana bir bor — aniq esitsin deb. — Vivi… — Leening ishonchsiz ovozi qulog‘imga...

— Nega turib qolding? — dedi Jun meni shoshirib. — Hech bo‘lmasa, Taylerning chiroyidan hayratda qoldingmi? — O‘zingni yo‘qotma, u hech qachon "tovarga" qo‘l tekkizmaydi, — kinoyali kulib qo‘ydi RM. Tayler?.. Tovar?.. Xudoyim, hatto soxta ismini ham juda zerikarli tanlabdi! Chiroyli harakat bilan mashina kapotidan uzoqlashib, Heeseung menga yaqinlashdi. Poshnali tufli tufayli men sobiq yigitim bilan bir balandlikda edim va ko‘zlariga to‘g‘ri qaray oldim. Ammo hech narsa ko‘rmadim. Bo‘shliq. Lee qo‘limdan qo‘pol ushlab, meni Namjoon oldiga sudrab bordi. U meni yorug‘lik ostida, chiroq tagiga olib borib, tik turishga majbur qildi. Men hali ham tushunmasdim: sobiq unashtirilgan yigitim bu garajda nima qilayotgandi? U ham bunday holatda:...