June 20, 2025

Unga Juda O‘xshaysan...

Asosiy petsonajlar:

Vivian — 17 yoshda, sokin, ammo yuragi armonlarga to‘la qiz. U ikki yigitni yo‘qotgan va hozirgina o‘zini unutishga harakat qilmoqda. U maktabda o‘qiydi, lekin hech kim bilan gaplashmaydi.

Jake — yangi o‘quvchi. U sirli, sokin va chiroyli. Uning nigohlarida nimadir Viviani larzaga soladi... chunki u o‘sha ikki yo‘qotgan yigitning soyasini eslatadi...

🥀.

So‘nggi dars yakunlangan. Vivian yana o‘sha eski maktab orqasidagi daraxt tagidagi skameykada yolg‘iz o‘tiribdi. Qorli tong, sovuq shabada, va ichida muzdek xotiralar... U yerdan hech kim o‘tmaydi, chunki bu joy bilan biror noaniq qo‘rqinchli narsa bog‘langan, deyishadi. Aslida esa bu joy — Vivanning esdaliklar qabristoni.

U yerdan ko‘z uzmay qarab turgan bola bor edi. Jake.
Yangi o‘quvchi. Hali hech kim bilan do‘stlashmagan. Lekin bugun birinchi marta Vivian’ga yaqinlashdi.

Vivian&Jake

Salom... bu joyda doim sen bo‘lasanmi?” — dedi u.
Vivian sekin boshini ko‘tardi. Nigohlari to‘qnashdi. Yuragi urib ketdi.
“Sen... unga o‘xshaysan...”

Jake biroz hayron.

“Kimga?”

Vivian javob bermadi. Yuzini boshqa tomonga burdi. O‘sha ko‘zlar... o‘sha qiyofa... yuragini o‘yib ketdi. Jake unga eslatar edi... Yo‘q... hatto ikkisini ham.
Vivian bir paytlar ikki yigitni sevgan: Aren — bolaligidan yonida bo‘lgan, uni himoya qilgan. Va Soo — qorong‘ulikdan chiqqan yigit, Vivian’ni hayotga qaytargan. Ikkalasi ham endi bu dunyoda yo‘q edi. Ikkisi ham Vivian uchun jon bergan...
Lekin endi... qarshisida turgan Jake — bu ikki yigitning aralashmasidek. Ular kabi gapiradi. Kuladi. Uning nigohi — xuddi Soo’ning nigohidek. Uning jimgin yurishi — xuddi Aren’nikidek. Bu qanday bo‘lishi mumkin?..

Bir necha hafta o‘tib...

Jake Vivian’ning oldida ko‘p bora paydo bo‘la boshladi. Uni asraydi, yordam beradi, unga mehr ko‘rsatadi. Vivian asta-sekin yumshaydi. Lekin yuragida savol bor:

“Sen kimsan?.. Nega sen... ularga juda o‘xshaysan?”

Jake bir kuni deraza yonida turganida sekin dedi:

“Men seni tushlaringda ko‘rganman.”
“Nima?” — Vivian dahshat bilan unga qaradi.
“Sening ko‘z yoshingni... yuragingdagi chaqmoqni... sen ularsiz yashay olmaysan. Men sening armoningman... balki javobing ham...”

Vivian yugurib chiqib ketdi. Bu yolg‘on edi. Bo‘lishi mumkin emasdi. Ammo yuragi... yuragi bu g‘alati haqiqatni sezayotgandek edi...

Yakun sahnasi (fido, sevgi, va sadoqat):

Jake Vivian’ni qutqarish uchun jonini xavf ostiga qo‘ydi. Chunki maktabda yong‘in chiqqandi. Vivian ichkarida qolgan. Jake unga hech ikkilanmasdan ichkariga yugurdi.
Vivian hushiga kelganda, atrof yongan edi. U Jake’ni izlab baqirdi.

“JAKE! ILTIMOS! Men seni yo‘qotolmayman! Bu safar yo‘q!”

Jake uning yoniga tushib, ohangda dedi:

“Bu hayotda seni himoya qilish uchun qaytdim... men u emasman... men ikkisiman... men SENING fido bo‘lgan sevgilaringning aksiman...”

Jake Vivian’ni quchoqlagancha tutqunlikda qoladi.
Keyin... hammasi qorong‘u bo‘ladi.

Oxiri (bir yil o‘tib...):

Vivian yong‘indan tirik chiqdi. Ammo Jake yo‘q edi. Hech kim uni topa olmadi. Go‘yoki u hech qachon bo‘lmagandek...
Faqatgina Vivian’ning yuragida u bor edi.
Va har safar yong‘in chiqqan maktab orqasida, o‘sha skameykada Vivian Jake’ning soyasidek jilmayishini ko‘rardi.

“U hech qachon ketmagan... u faqat boshqa shaklda qoldi. Faqat... sadoqat bo‘lib.”

🥀 THE END

from Vivian for Asters🎀.