July 10, 2025

ONLY FOR YOU🩶

1-qism.

"Taqdirlar o'zgaradi..."

Qora ko‘zli begona
“Qayerdandir kelgan shamol kabi… Reyshi saroyga keldi. Uning nigohi yurakni teshib o‘tar, uning sukuti esa mingta qichqiriqdan kuchliroq edi…”
Kech edi. Osmonda yulduzlar qiyshaygan, oyning rangi sarg‘aygan. Bog‘ aro shamol yurardi dard bilan. Saroy devorlariga urilar, go‘yo qandaydir sirni pichirlardi. Bu saroy ko‘p narsani ko‘rgan, ammo bunday qizni hali ko‘rmagandi.
Reyshi…
Saroy xizmatkori. Biroq unga hech kim xizmatkor deb qaramasdi. Yoki aksincha haddan ortiq qattiq qarashardi. Uning ko‘zlari qorong‘u, terisi silliq ipakday, yurishi bedor. Har bir qadamida g‘urur, har bir nafasida sir. Ammo... bu sir nafaqat atrofdagilarni, hatto uni o‘zini ham qiynardi.
U kim edi? Nega yuragi har kecha uvishib uyg‘onardi? Nega onasi vafotidan oldin:

“Saroydagilardan ehtiyot bo‘l... Ulardan biri seni taniydi...” – deb pichirlab o‘tgan edi?

6 yil avval:
Onasi vafotidan so‘ng Reyshini saroyga olib kelishdi. 12 yoshli qiz ko‘zida na qo‘rquv, na sevgi bor edi. U hech narsa demasdi, faqat ko‘rardi. Atrofdagi odamlarni, ularning soxtaligini, yolg‘on tabassumlarini. Va o‘zini yo‘qolgan deb his qilardi.
Ammo yillar o‘tdi.
Endi u 18 yoshda. Saroyda qadamini shivirlatib yuradigan, o‘zini soya ichida yashiradigan, ammo qarasa yurakni to‘xtatadigan qizga aylandi. Unga qaragan har bir erkak nigohini tushira olmasdi. Har bir ayol esa uni ko‘rib, ko‘zguga qarab yig‘lardi.
Ammo Reyshi uchun bu hech narsa emasdi. U o‘zidan ham, hayotdan ham charchagandi. Faqat bir narsa uni ushlab turgandi — sir. U kim edi? Nega hamma undan nimadandir cho‘chirdi?

O‘sha kun...
Saroy bog‘ida yomg‘ir yog‘ardi. Daraxtlar jim. Reyshi esa yolg‘iz. Sochlari nam, kaftlari sovuq. Qo‘lidagi sham o‘chgan. Ko‘zlari osmonga tikilgan, yuragi esa go‘yo har bir tomchi yomg‘irga o‘xshab… qulab tushmoqda edi.
Shunda ortidan ovoz eshitildi:

— Bu yerda o‘zingni daryoga tashlashdan boshqa nima qoldi?

Reyshi qattiq cho‘chib o‘girildi. Qarshisida — u turardi.
Uzun qora ammo o'ziga jalb qiluvchi xashamdor ustki erkaklar kiyimida, kamarida oltin tutqichli qilich, sochlari yomg‘irda ho‘l, qoshlarining ostida jiddiylik. Ammo eng ajablanarlisi… uning nigohi edi. Bu nigoh Reyshini o‘ziga tortdi. U yuragiga urilganday bo‘ldi.

— Kim siz?.. — Reyshi ohangsiz so‘radi.

Yigit jilmaydi. Ammo bu jilmayish iliq emas. Bu jilmayish yovvoyi. U so‘z qotdi:

— Meni “Shaxzod Taehyung” deyishadi.
— Seni esa... “Saroydagi qora ko‘zli begona” deyisharkan. Qiziq laqab, to‘g‘rimi?

Reyshi yuragini mahkam ushladi. Nega bu shahzoda... uning ismini bilardi? U oddiy xizmatkor-ku… Yoki u oddiy emasmi?

Taqdir o'zgaradi...
Shu kun hammasining boshlanishi bo‘ldi.
Taehyung unga yana uchradi. Va yana. Har safar go‘yo tasodif. Har safar go‘yo majburiy uchrashuv. Lekin yuraklar tasodifga ishonmaydi.
Reyshi har gal uning ko‘ziga qarasa, o‘zini yo‘qotardi. Taehyung esa har gal unga ko‘z tiksa nimanidir tanigandek bo‘lardi. U Reyshini kim deb o‘ylardi? Qandaydir tanish dard debmi? Yoki... unga bir vaqtlar tegishli bo‘lgan odam debmi?

Boshqa tomonda Mireya. Saroy amaldorining qizi. Boy, g‘ururli, go‘zal. U Reyshi bilan bolalikda do‘st bo‘lgan. Ammo hozir... u dushman. Chunki Reyshi e’tiborni tortmoqda. Chunki... Taehyung unga qaramoqda. Mireya buni kechirolmaydi.
Jungkook Taehyungning ukasi. Tashqaridan halim, muloyim. Ammo uning nigohi ham doim Reyshini izlaydi. Ammo bu mehr emas, bu… boshqacha. Qandaydir qorong‘i narsa.

Tunda…
Reyshi oynaga tikiladi. O‘z aksiga emas, onasi ko‘ziga qarayotgandek bo‘ladi.

— Men kimman, ona?..

Ammo javob — sukut.
Faqat yurak — hamon tinmay urmoqda. Chunki yurak biladi – bu sevgi emas. Bu taqdir emas. Bu... halokat.

Reyshi va Taehyung endi bir-birini uchratgan. Ammo ular hali bilishmaydi – bu sevgi emas. Bu bir-birini yo‘q qilishga olib boradigan dard.
Bu boshlanish… ohangrabodek.
Va tugash... qalbni parcha-parcha qiladigan fojia bo‘ladi.

Shaxzodalarimiza.

_

Shamol qattiqroq esdi. Osmon tag'in xira. Saroyda esa... yuraklar jim.
Reyshi kechagi uchrashuvdan so‘ng o‘zini tuta olmayotgandi. Taehyungning nigohi yuragini tilka-pora qilgan, u gapirgan har bir so‘z qulog‘iga mix bo‘lgandi.

“Senga esa... Saroydagi qora ko‘zli begona deyisharkan... Qiziq laqab.”

Bu jumla yuragini avaylab yashirib yurgan sirlar qutisini qattiq ochib yuborgandek bo‘ldi. U yurib ketar, to‘xtar, har qadamda o‘zini yo‘qotgandek bo‘lardi.
Ammo kechikmasdan, ertasiga... yana u chiqdi qarshisiga.

Saroy ichki hovlisida Reyshi daraxt ostida, suvli qadamjoda to‘xtadi. Har gal bu yerga kelganda o‘zini bir lahza bo‘lsa ham erkin his qilardi. Ammo bu safar... bu yer ham xavfli tuyuldi.

— Men seni kuzatyapman, Reyshi.

Orqasidan ovoz eshitildi. U cho‘chib o‘girildi. Taehyung, yana u. Ammo bu gal boshqacharoq.
Uning ko‘zlari shafqatsiz, ammo chuqur. U yuragidagi savollar bilan emas, qalbidagi yovvoyi hislar bilan qarardi. So‘zlari ham shunchaki ogohlantirish emas edi bu sinov edi.

— Mendan nimani yashiryapsan?

Reyshi lablarini tishladi.

— Men oddiy xizmatkorman, siz mendan nimani kutyapsiz?

Taehyung qadam tashladi. U endi yaqin edi. Juda yaqin.

— Oddiy xizmatkorlar... odamga bunday qaray olmaydi. Oddiy xizmatkorlarning yuragi... bunday qichqirmaydi.

Shunda... Reyshi o‘zini tuta olmadi.

— Unda nima qilasiz?! Meni tushingizda ko‘rdingizmi? Qalbimni bilasizmi? Nega meni ta’qib qilasiz?!

Taehyung bir zum jim qoldi. So‘ng ohista dedi:

— Chunki men seni allaqachon ko‘rganman… va yo‘qotganman.

Reyshi yuragini ushlab orqaga chekindi. Bu yigit… nimani gapiryapti?


Shu orada saroy mashq maydonida Jungkook qilich bilan shug‘ullanar, ammo ko‘zlari mashqda emasdi. U orqa tarafdagi Reyshining harakatlarini kuzatardi. Taehyung unga juda yaqin edi. Bu unga yoqmasdi.
Yonida turgan Mireya kulimsirab unga qaradi:

— Qarasang-chi, Jungkook. Opang sevgiga tushib qolgan ko‘rinadi.

Jungkook jilmaymadi. U faqat o‘zini tuta boshladi.

— U Reyshi uchun emas. U faqat... nimadirni bilmoqchi.

Mireya kuldi.

— Qanday bilasan?

Jungkook ohista dedi:

— Chunki men ham Reyshini kuzatyapman. Ammo men undan nimanidir emas... uni o‘zini xohlayapman.

Mireya ko‘zlarini qisdi. U bu so‘zlardan ajablandi. Chunki bu Jungkook odatda jilmayib yuradigan, jimgina bo‘lgan yigit edi. Ammo hozir… unda ham zulmat bor edi.

Kechqurun.
Reyshi xizmatdan so‘ng xona tozalab yurardi. Yuragi go‘yo qattiq urardi. Taehyung unga juda yaqin edi. Har safar nigohlari kesishganida, ichki ovozi “qoch” deb baqirardi. Ammo yuragi “qol” derdi.
So‘ng devor ortidan ovoz eshitildi.

— Reyshi?

Bu… Jungkook edi.

— Men seni kuzatdim. Taehyung bilan... ehtiyot bo‘l. U senga emas, o‘tmishingga yaqinlashmoqda.

Reyshi hayron:

— Nima?

Jungkook unga yaqinlashdi. Birinchi marta, Reyshi o‘zini qo‘rqib his qildi. Chunki Jungkookning ko‘zida — boshqa narsa bor edi. Bu mehr emas. Bu... egalik qilish.

— Men seni himoya qilaman. Lekin, bir shartim bor...

— Qanday shart?

Jungkook pichirladi:

— Mendan uzoqlashma. Meniki bo‘l...


Va ayni damda Taehyung shoh kutubxonada eski yillik xatlarni titib o‘tirardi. Yana bir xatni ochdi. Ichida esa... Reyshining onasi yozgan maktub edi.
"…Agar bu xat sizga yetib kelgan bo‘lsa, bilinki qizim saroyda. U oddiy xizmatkor bo‘lib ulg‘ayadi. Ammo… u sizning qon-doningizdir."
Taehyung yuragi urmay qoldi.

— “Qon-don”…? Reyshi... meni kim deb o‘ylayapsan? Men esa seni... sevib bo‘ldim.

Shu bilan yuraklar to‘qnashuvi boshlandi. Reyshi kimligini hali ham bilmaydi. Taehyung u bilan bog‘liq fojiani endi anglamoqda. Jungkook esa u Reyshini yo‘qotmaslik uchun hammasini buzishga tayyor.

Reyshi&Mireya

Davomi bor...

written by Minawami Vivian
channel: Cartier_Asters