June 22, 2025

TEAR

— Nega turib qolding? — dedi Jun meni shoshirib.
— Hech bo‘lmasa, Taylerning chiroyidan hayratda qoldingmi?
— O‘zingni yo‘qotma, u hech qachon "tovarga" qo‘l tekkizmaydi, — kinoyali kulib qo‘ydi RM.
Tayler?.. Tovar?..
Xudoyim, hatto soxta ismini ham juda zerikarli tanlabdi!
Chiroyli harakat bilan mashina kapotidan uzoqlashib, Heeseung menga yaqinlashdi. Poshnali tufli tufayli men sobiq yigitim bilan bir balandlikda edim va ko‘zlariga to‘g‘ri qaray oldim. Ammo hech narsa ko‘rmadim.
Bo‘shliq.
Lee qo‘limdan qo‘pol ushlab, meni Namjoon oldiga sudrab bordi. U meni yorug‘lik ostida, chiroq tagiga olib borib, tik turishga majbur qildi.
Men hali ham tushunmasdim: sobiq unashtirilgan yigitim bu garajda nima qilayotgandi? U ham bunday holatda: sochlari oppoq rangga bo‘yalgan, orqaga taralgan, undan qimmatbaho atir hidi kelib turardi, va birdaniga jozibali ko‘ringan dumbasi qora jismga zich o‘ralgan edi.
— O‘zi kelmas deb o‘ylagansan-a, — mamnunlik bilan pichirladi Namjoon.
— Men aytgandim, bu qiz o‘ziga yarasha aqlli, ustiga ustak, juda yaxshi... og‘zaki xizmat qiladi...
— Sinab ko‘rdingmi? — sovuq ohangda so‘radi Heeseung (ya’ni Tayler).
Men esa zo‘rg‘a o‘zimni tutib, ko‘zlarimni osmonga qaratmadim.
— Uning dugonasi gapirib bergan, — dedi Namjoon xotirjamlik bilan yelka qisib.
— Va... — u bir lahzaga to‘xtab, o‘ylanib qoldi. — Vivi, yana kim bilan yotganding?
— Jungwoon bilan, — dedim muloyimlik bilan.
Ichimda esa Heeseungning yuzidagi ifodani kuzatib, biroz qoniqish his qildim. U bu safar ham o‘zini bosishga harakat qildi.
— Demak, tajribali ekansan, — dedi Lee bepisand, sovuq ohangda.
Ichimda esa uni to‘pig‘iga tepib yubormaslik uchun o‘zimni arang tutdim. Ha, bunday "muqaddas" insonlar uchun ikki erkak bilan yotgan qiz, albatta, fohisha bo‘ladi-da.
U atrofimda aylana boshladi. Men esa o‘zimni qandaydir savdo auksionidagi mahsulotdek his qilardim.
Heeseung bu “spektakl”ni nega uyushtirdi, nima sababdan to‘rt yildan so‘ng aynan shu vaqtda chiqib keldi — tushunmasdim. Ammo bir narsani aniq bilar edim: men axmoq emasdim, qochishim uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamni sotib yubormasdim.
Bu ishlarimizning shubhali ekanini esa o‘ylab ko‘rishni boshladim, faqat Heeseung qayerdandir kishanlarni olib chiqib, bilaklarimni zanjirlab, jirkanch tabassum bilan:
— Men Namjoon emasman, senga shunchaki ishonmayman, — deganida.
Men bu spektakl aynan Namjoon uchun tashkil qilinganini tushunib turardim, shuning uchun Lee belimga qarsillatib urganida va mashinaga tomon haydaganida, og‘zimdan chiqmoqchi bo‘lgan so‘zlarni ichimga yutdim.

Ularning suhbatidan men faqat ozgina narsani tushunishga ulgurdim. Faqatgina shuni angladimki, Heeseung go‘yoki “Exile” deb ataluvchi joyda ishlagan, u yerga esa “Monster”lar narkotik moddalarni yetkazib berishar ekan. Bu joy haqida faqat eshitganman. Hatto Sunghoon ham menga u yerdan yiroq yurishni uqtirgan edi.
"Exile" – bu nafaqat narkotik savdosi bilan mashhur joy, balki u yerda striptiz klubi bilan birlashtirilgan bordel ham bor edi. Butun Long-Aylendda bundan ham iflosroq joy topish mushkul edi.
Lee (ya’ni sobiq yigitcham) qanday qilib o‘sha joyga tushib qolganini hatto tasavvur ham qila olmasdim. Jimgina tinglab o‘tirardim — u esa Namjoon uchun menga tezroq foyda keltirishim uchun baland narx belgilamoqchi ekanini aytib turardi.
Oxiri biz Heeseung bilan ustaxonadan ancha uzoqlashdik. Ammo ichimdagi tuyg‘u o‘zgarmadi — xuddi boshimni qattiq urib olganimdan keyin tush ko‘rayotgandek edim. Qonimda adrenalinning sho‘vqinli o‘ynashi davom etar, va nihoyat ichimdagi kechinmalarni bo‘shatishga ulgurdim — ovozimni baland qilib kulib yubordim.
— Kulging keldimi? — deb g‘azabli g‘o‘ldiradi u.
Men og‘zimni ochdim, nihoyat labimda aylangan o‘sha savollarni so‘rash uchun:
— Hee...
— Og‘zingni yop, itqiz, — deb qo‘pollik bilan gapimni bo‘ldi Lee.

Men jim qoldim. Yonimda o‘tirgan yigitga tikildim. Nahotki... Nahotki men hushimni yo‘qotgandek bo‘lib yuribman? Balki u hozir jinnilik qilib, meni qochganim uchun o‘ldirmoqchidir? Axir men uning bu to‘rt yildagi hayoti haqida mutlaqo hech nima bilmayman… U meni qayta topib, banda safiga qo‘shilgan bo‘lishi, keyin esa o‘g‘irlab, yo‘q qilishga bel bog‘lagan bo‘lishi mumkin edi...
Axir meni hech kim qidiravermaydi-ku.
— Qayerga olib ketyapsan meni? — deb imkon qadar sokin ovozda so‘radim undan.
Aqlim har xil variantlarni tahlil qilayotgan edi: aqldan ozgan odam qo‘lidan o‘lishmi, bordelga tushishmi, yoki qamoqxona?
— Exilega, yana qayerga bo‘lardi, — dedi Lee, g‘alati past va dag‘al ovozda.
So‘ng u tizzamga engilgina urdi, nazarimni unga qaratishim uchun. Men qaradim. U esa qulog‘iga ishora qildi.
Men asta bosh irg‘adim.
Yashirin eshitish qurilmasi. Tushunarli.
Yuragim biroz yengillashdi. Nafas oldim va derazadan tashqariga qaradim. Hech bo‘lmasa qandaydir tarzda bu ahmoqona holatdan o‘zimni ajratib olishga urinayotgan edim.
Hammasi xuddi filmday edi. Qahramon eng kerakli pallada sahnaga chiqdi… Lekin Heeseung mening qahramonim emas. U — o‘sha ahmoq bola. Yoki ilgari shunday edi?
Yonimda o‘tirgan va mashinani ishonch bilan haydab ketayotgan bu yigit endi mutlaqo o‘sha to‘rt yil oldingi qochgan odamga o‘xshamas edi.

Ehtimol, odam bunchalik qisqa vaqt ichida bu darajada o‘zgarishi mumkinmi? Lekin men o‘zgargandim. Ilgari bo‘lgan Vivian degan qizdan deyarli hech narsa qolmagan edi. Sochlarimni kashtan rangidan sarg‘aytirganman, yurish-turishim, hatto ko‘z qarashim ham — endi butunlay boshqa odam edim.
Ichimdagi qiynalayotgan savollarni aytishga juda chanqoq edim, lekin o‘zimni bosdim. Labimni qon chiqarguncha tishladim, faqat jim qolish uchun. Ammo baribir sabrim yetmadi, Lee Heeseungga qaradim — uning yuzida avvalgi tanishlik izlarini qidirdim. O‘ng qulog‘ida uchta pirsing bor edi… Holbuki, u ignalardan qo‘rqardi, pirsing salonlarini esa xastaliklar o‘chog‘i deb bilardi.
Nahotki bu o‘zgarishlar menga bog‘liq bo‘lsa? Yoki men tufayli? Baribir edi. Muhimi, u shu yerda edi. Meni o‘zim sho‘ng‘ib ketgan bu qabih botqoqdan chiqarish uchun kelgan. Men hech qachon tasodiflarga ishonmaganman. Lee har doim harakatlarini puxta o‘ylab bajarardi, demak, bu uchrashuvga u uzoq vaqt tayyorlangan.
Men undan nafratlanishga urindim. O‘zimdagi o‘sha avvalgi g‘azabni qayta uyg‘otmoqchi bo‘ldim, lekin bu natija bermadi. Buning o‘rniga ichimda nimadir qitiqlay boshladi — xavfli, ammo qiziqarli hissiyot.
Axir yo‘q, Lee Heeseung hech qachon menga yoqmasligi kerak edi.
Men bu odamga ishonolmasdim. Men uni avval ko‘pchilik oldida sharmanda qilgan edim, g‘ururini yerga urgan edim. Demak, u bu yerda qandaydir katta muhabbat bilan emasdi.
Men hushyor bo‘lishim kerak edi.
Lee mashinasini klubdan ikki kvartal nariga qo‘ydi. Keyingi yo‘lni esa piyoda yurishga majbur bo‘ldik. Men qorong‘uda, baland poshna tuflida yura olmay, doim yiqilay derdim. Bu yigit esa, hatto qo‘llarimdagi kishanlarni ham yechmadi. Meni tirsagimdan mahkam tutib olib sudrab ketdi, men orqada qolayotganimga e’tibor ham bermadi. Ko‘cha huvillab yotgan bo‘lgani uchun, biz hech kimga ko‘rinmay bordelning orqa eshigiga yetib bordik.
Quloqlarimda bas tovushlari gumburlab urardi. Biz yon eshikdan ichkariga kirib, yuqoriga, ehtimol xonalar joylashgan qavatga chiqayotgan edik. Yo‘lak faqat qizil neon chiroqlari bilan yoritilgan edi. Nomlarsiz eshiklar yonidan o‘tayotganimizda esa turli tovushlar eshitilardi: ohangrabolar, baqiriqlar, hatto qichqiriqlar. Men og‘ir yutindim. Ongsiz holda Lee Heeseungga yaqinroq bordim. U meni yo‘lakning oxirigacha yetaklab bordi. Nihoyat, biz oxirgi eshik oldida to‘xtadik. Va aynan o‘sha lahzada men to‘liq tushundim — men qanday joyga tushib qolgandim, axir?!

Tomog‘imda yoqimsiz bir “bo‘g‘im” paydo bo‘ldi, qo‘llarim esa kishanlarda bo‘lishiga qaramay, xoinlarcha qaltirardi. Lee Heeseungning yonimda bo‘lishi meni tinchlantirishi kerak edi, ammo aksincha bo‘layotgandi.
Jahl bilan ichimdan o‘yladim: “Lanat bo‘lsin, kelsa-kelmabdi, o‘zimning dastlabki rejam bilan — yashirin joy haqidagi yolg‘oncha manzil orqali qutulganim yaxshi edi.”
Biz xona ichiga kirganimizda, og‘zimdan “umuman nima bo‘lyapti o‘zi?” degan savol chiqmoqchi edi, lekin Lee Heeseung meni devorga bosib, og‘zimni qattiq ushlab qo‘ydi. Uning qo‘lidagi halqalar ko‘p edi, katta-katta, og‘ir ko‘rinardi. Mening ko‘zim esa ixtiyorsiz ravishda yengidan chiqib turgan kuchli bisepsga tushdi. U mashq qilganmi?..
Heeseung jim turishimni imo bilan ko‘rsatdi, so‘ngra xona bo‘ylab qorong‘ulikda nimanidir izlashga tushdi. Men xona ichini to‘liq ko‘ra olmasdim, lekin chang va naftalin hidi hammasini aytib turardi.
U karavot tagidan, so‘ng devorga osilgan oynaning orqasidan nimadir oldi. Shundagina yengil nafas chiqarib, karavotga cho‘kdi.
Men esa hanuz eshik oldida qotib turardim.
— Xo‘sh, salom, Vivian, — dedi u nihoyat, yengil egilib, mungli jilmayib, — yoki endi seni Vivi deb atashim kerakmi?
Men hech nimani ko‘zdan qochirmay, asta oldinga qadam tashladim. Heeseungning qorong‘uda, derazadan tushayotgan fonar yorug‘ida ko‘rinib turgan siluetidan ko‘z uzmasdim.
Tanam tarang tortilgan, xuddi har lahzada hujum bo‘lishini kutayotganday edim.
Qurolsiz.
Himoyasiz.
O‘zim hayotini sindirgan odamning yonida.
— Hatto rahmat ham demaysanmi? — bu jimjitlikni birinchi bo‘lib buzdi u.
— Nimaga, rahmat? — dedim men ehtiyotkorlik bilan, sekin derazaga yaqinlashdim. Go‘yo bexosdan pardani biroz ko‘tardim. Panjara yo‘q edi.

— Juda yaxshi, — dedim. — Endi shunday qorong‘ilikda o‘tiraveramizmi yoki chiroqni yoqamizmi? — orqamga qaramasdan so‘radim. Yana bir bor derazadan qarab olishim kerak edi, bu safar — balandlikni va yong‘in narvonining bor-yo‘qligini baholash uchun.
— Senga bunday intim muhit yoqmayaptimi? — dedi Lee Heeseung qulog‘im tagida. Men joyimdan seskanib tushdim. Qanday qilib u bunchalik jim va yaqinlashgan? O‘girilib qarasam, yuzma-yuz turibmiz.
Bir necha lahzaga ikkimiz ham muzlab qoldik. Bir-birimizning ko‘zlarimizga tikilib, go‘yoki o‘tmishda tanigan insonlarimizni izlayotgandek edik.
Heeseung nima ko‘rdi bilmadim, lekin men begona odamga qarayotgandek edim.
Uning yuz chizig‘i o‘tkirlashgan, jag‘ chizig‘i esa hatto til bilan kesilgudek aniq ko‘rinardi. Og‘zi avvalgidek katta emasdi, balki u lablarini yalaganida, ularning jozibali yarqirashi qalbimni titratdi.
O‘zimni bunday fikrlar uchun o‘zimni tarsakilab olishni istadim.
Heeseungga javob o‘rniga, hanuz kishanga solingan qo‘llarimni ko‘tarib, unga kipriklarim ostidan boqib turdim.
U oxiri chiroqni yoqdi — qo‘llarimdagi kishanlarni ochish uchun kalitni ko‘rishi kerak edi. Men esa, shu orada xonadagi narsalarni ko‘zdan kechirdim — nima qurol bo‘lishi mumkinligi haqida o‘yladim.
Ko‘zgu, karavot, chiroqli tumbochkalar bor edi. Bir burchakda shkaf, yana bir chekkada stul. Eshikdagi bo‘yalari ko‘chgan qopqoq ehtimol hammomga olib borar. Agar ko‘zguni sindirsam, bo‘laklari bilan himoya qilishim mumkin edi… lekin bu bilan o‘zimga ko‘proq zarar yetkazishim ham mumkin edi, hozircha esa menga umuman himoya qilish kerakmi — noma’lum edi.
Heeseung nihoyat kishanlarni yechdi. Men esa ozod bo‘lgan bilanoq qizarib qolgan bilagimni ishqalay boshladim va unga norozi nigoh tashladim.
— Bularni doim o‘zing bilan olib yurishingdan maqsad nima? — qiziqishimni yashira olmadim.
Heeseung yelka qisdi, jilmayib qo‘ydi va kishanlarni karavotga uloqtirdi. Mening miyam esa hech qanday ruxsatsiz qochish rejasidan birdan boshqa… fantaziyalarga o‘tib ketdi. Kishanlar bilan undan qanday foydalanish mumkinligi haqida fikrlar yurib ketdi.

Uzoq unutilgan hissiyotlar — qizarish va yurak urishining tezlashuvi — meni hayratda qoldirdi. Men Heeseungdan yuz o‘girganimcha, u buni payqamasligi uchun o‘zimni qo‘lga oldim.
O‘zingni yig‘ishtir, Vivi. Hozir buzuq xayollar vaqti emas.
— Xo‘sh, menga rahmat aytishim kerakmi? — deb yana so‘radim, Heeseungga yuzlanib. U xuddi bu joy unga tegishli bo‘lgandek karavotda bemalol o‘tirardi. Men esa devor ortidan eshitilayotgan ohanglardan ko‘z yumishga harakat qildim — lekin ular tobora balandlashib, baqiriqlarga aylanib borardi.
U yerda uni qiynashyaptimi?
— Sen qanday minnatdorchilik bildirishingga qarab, — dedi Heeseung, devor ortidagi ovozlarga e’tibor qilmasdan. U kishanlarni barmog‘iga aylantirar, xuddi u o‘yinchoqdek. Oldingi Heeseung bunday tovushlarni eshitib qizarib ketgan bo‘lardi. Ammo bu — boshqa odam edi. Endi u o‘sha oddiy, begunoh yigit emasdi…
Men hayron bo‘ldim. Sekin-asta xayolimga, u qanday qilib kim bilandir jinsiy aloqada bo‘lgani haqida tasvirlar kelib ketdi. Avvalgiday jirkanch yoki kulgili tuyulmasdi…
Qanday qilib men bu fikrlarga borib qoldim? Faqat shunchaki, men allaqachon bir necha oydan beri yaqinlik qilmagan edim. Shu hammasining sababi.
— Men jiddiyman, tushuntir — bu yerda nima qilyapsan? Meni nima uchun fohishaxonaga olib kelding? Namu bilan qanday aloqang bor? Umuman, nima bo‘lyapti o‘zi?! — ohangim balandlashib, ichimdagi g‘azabni yashirish tobora qiyinlashib borardi.
Lekin men buni aytib tugatishga ulgurmay, Heeseung meni yana devorga tirab qo‘ydi. Bu safar orqam bilan turardim, u esa belidagi kamar tokasi belimga qattiq bosilib turardi. Yuzim sovuq devorga tekkandi, u esa qo‘llarimni orqaga qayirib, issiq nafasini qulog‘imga to‘kardi.

— Yodda tut, Vivian, bu xonalarda faqat bitta turdagi qichqiriqlar bo‘lishi mumkin. Agar hoziroq yon xonaga jo‘natilishni istamasang, og‘zingni yop, va uni faqat men ruxsat berganimda ochasan. Tushundingmi? — Lee Heeseungning xirillagan pichirlashi boshimni aylantirib yubordi, lekin baribir o‘zimda kuch topib, bosh irg‘adim. U istagan javobni olgach, meni qo‘yib yubordi va yana joyiga qaytdi.
U meni qo‘rqitmoqchimi? Ammo bu imkonsiz edi. Men hanuz u qanday inson bo‘lganini eslay olardim, garchi bu hozir ko‘rib turganim bilan hech mos kelmasa-da.
— Hozirgi vazifam — bu bordel devorlari ichida sodir bo‘layotgan barcha narsalarni nazorat qilish, — dedi Heeseung past ovozda, menga qaramay. — Vi bu ishlarni shaxsan o‘zi olib bormaydi…
Shunaqami demak! Demak, Park Sunghoon Heeseung haqida bilgan… Balki shuning uchun ham u meni Exilega yuborishayotganini eshitganda bunchalik befarq bo‘lganmi?..
— Qanday?.. — ovozim xirillab chiqdi, tomog‘im qurib ketgandi. Savolni ikkinchi bor berishga majbur bo‘ldim. — Bu qanday bo‘ldi? Sunghoon senga yordam berdimi?..
— Mening narkomanga aylangan amakivachchammi? — burnini tortib, istehzoli kuldi Heeseung. — Agar shuni xohlaganimda, bevosita “Monster”larga murojaat qilgan bo‘lardim, — dedi u xotirjamlik bilan. — Sunghooning barcha "qizlari" yoki bordeldan chiqqan, yoki shu yerda yakun topgan. Shuning uchun men Viga — Exilening egasiga bordim. O‘yladimki, agar biror narsa yuz bersa, seni u yerdan olib chiqishga urinamanda…
— Nega? — o‘zimni tutolmadim va eng muhim savolni o‘rtaga tashladim. — Nega men ortimdan kelding? Axir men…
— Pastkashlik qilganding, — bosh irg‘adi Heeseung yengil tabassum bilan. — Lekin men seni yomon ko‘rolmadim. Ukamni aybladim. O‘yladimki, bir kun kelib u bilan qanday hayot kutayotganingni anglab yetasan va qaytib kelasanki deb… — Heeseung lablarini chimib, yuzini chetga o‘girdi. Ko‘zlaridagi nimanidir mendan yashirmoqchi edi, u fikricha men buni bilmasligim kerak edi.
— Men seni sevganman, Vivian, — oxiri xo‘rsinib dedi Heeseung, yana menga tikildi. — Sen javob qaytarmagan bo‘lsang ham, men ortingdan do‘zaxga ham borishga tayyor edim. Va men aynan shuni qildim, — u qo‘li bilan atrofga ishora qildi.

Lee&Vivi

Bu tan olishlarni eshitib, qanday munosabat bildirishni bilmasdim. Mening ko‘z o‘ngimda Lee Heeseung har doim jiddiy, zerikarli, kitobsevar inson sifatida qolgan — u meni shunchaki o‘zining zerikarli hayot rejasini amalga oshirish uchun qulay variant sifatida tanlagandek tuyulardi. Qandaydir his-tuyg‘ular? Bu gaplar, men eshitayotgan odamga emas, balki qandaydir umidsiz romantikaga xos edi. Ammo bu inson — Lee Heeseung, Kolumbiya universitetining huquq fakultetini imtiyozli tugatgan yigit-ku. Uning uchun eng yaxshi hordiq — kitoblarni nashr yiliga qarab tartiblash edi. Bu yerda nimadir joyida emasdi.
— Qachonki sen meni bordelda emasligimni tushunib, Park Sunghoon’dan ketishni o‘ylamayotganimni bilgach, nega qolganingni tushuntir?
— Menda tanlov bormidi? Bu balodan qutulish unchalik oson emas ekan...
Men ham bosh irg‘ab, xuddi shuni sezgandek jim qoldim. Buni og‘zimga olib aytishni istamasdim, lekin bu dunyo menga notanish emas edi. Agar men Sunghoon’dan ketmoqchi bo‘lganimni aytsam-u, ammo qo‘rquv sababli qamoqqa tushib qolishdan cho‘chib, qocholmaganman deb tushuntirsam, Heeseung bu gaplardan o‘ziga umid chiqarishi mumkin edi — go‘yoki men unga qaytmoqchiman. Lekin bu mutlaqo unday emas. Men Sunghoon’dan qochmoqchi edim, ammo Heeseung’ga qaytmoqchimasdim. Yo‘q, kechirasan, bu variant emas edi.
— Va sen shu yerda ishlashda davom etding, oxir-oqibat Namjoon bilan uchrashadigan darajaga yetding, lekin hech qachon Park Sunghoon bilan to‘qnashmagansanmi?
— Namjoon bilan barcha uchrashuvlarim klubda o‘tgan, bugungisini hisobga olmaganda. Ba’zi paytlar Sunghoon bilan Exile’da to‘qnashib qolardik, lekin u har doim o‘zini yo‘qotgan bo‘lardi. Meni tanishga ulgurmayoq, men allaqachon ko‘zdan g‘oyib bo‘lardim.
U qisqa kuldi.
Park Sunghoon menga xiyonat qilganini eshitish menga yangilik emasdi. Men bu haqda har doim bilganman. Dastlab bu meni izdan chiqarardi — janjallar chiqarardim, yig‘lardim. Keyin esa shunchaki o‘zim ham xuddi shunday yo‘l tutishni boshladim. Sadoqat va vijdon degan narsalar Sunghoon kabi odamlarga notanish edi.
Heeseung’ning rejasi endi haddan tashqari sodda va tushunarli tuyulardi. Qayerdan Sunghoon boshqa joylarda narkotik sotishi haqida bilgan — buni tushunolmasdim, ammo bu holat Heeseung foydasiga ishlardi. Qolaversa, Sunghoon ayrim paytlar ta’minotga ham javobgar edi — u har safar Texasga ketib, meksikaliklar bilan ish bitirib kelardi.
Mahsulot sifati masalasida Namjoon to‘liq unga ishonardi, chunki mening yigitim eng ishonchli usul bilan tekshirardi — o‘zi sinab ko‘rardi.
Exile’da esa — Park menga bir marta aytganidek — narkotik sotuvchilar uchun joy yo‘q edi. Chunki bu yerda moddalar har yerda edi. Ularni hatto menyudan topish mumkin edi. Ular bilan “qizlar”ni to‘ldirishardi, yoki esa raqqosa va fohishalar ularni mijozlarga o‘zlari aralashtirib berishardi.

— Ko‘rdingmi, baribir men haq bo‘lib chiqdim.
— Oxiri shu joyga qaytishingni bilar edim, — dedi Lee, ovozida biror ilinj yoki kinoya qolmagan.
— Sen keldingmi?
— Faqat meni mazax qilish uchunmi? — dedim, qo‘llarimni ko‘kragimda chalishtirib, oyoq ustiga oyoq qo‘ygancha unga tikildim.
— Agar sening o‘rningda bo‘lganimda, bunaqa ohangda gapirmasdim, go‘zalim, — dedi Heeseung ogohlantirgandek.
— Xohlasam, bir soat ichida yon xonada senga birinchi mijozni topib beraman, — u devor ortidagi jim bo‘lgan xonaga bosh irg‘adi.
— Sen… — dedim, og‘ir so‘zlar aytmoqchi bo‘ldim, lekin o‘z vaqtida tilimni tishlab, jim qoldim.
Heeseung menga chaqmoqdek nigoh bilan qaradi, go‘yo "Gapirib ko‘r-chi, nima bo‘lishini ko‘ramiz," deganday.
— Rostdan ham yordam bera olasanmi? — deb so‘radim, ichimda g‘ubor turgan bo‘lsa-da, ohangimni imkon qadar tiniq tutishga harakat qildim.
— Hali hammasi senga bog‘liq...
— Faqat birgina so‘z yetarli, — dedi Lee lablarini yengil yalab, oldinga engashgancha.
Men orqamga suyanib, sovuqqonlik bilan javob berdim:
— Minet*
Lee bir lahzalik sukunatga cho‘mdi.
U g‘azablanadi yoki uyatdan qizarib ketadi deb o‘ylagandim.
Ammo u faqatgina yengil tabassum bilan menga tikilib turaverdi.
Men ham nigohimni uzmadim.
Bu qarash o‘yini ichimni bezovta qilayotgan bo‘lsa-da, men hech qachon yutqazmasligimni bilar edim.
— Qani unda, — dedi Lee, oyoqlarini sal kengroq ochib, nigohini pastga qaratgancha.
— Ko‘rsatchi, nimalarga o‘rganding.
Ichimda kulgim qistadi.
Chindan ham, u meni buni jiddiy qabul qiladi deb o‘yladimi?
Ammo bu safar men o‘zimcha o‘yin o‘ynashga qaror qildim.
Heeseungni chalg‘itib, uni yana yerga urish fikrimdan voz kechmadim.
Yengil tabassum bilan unga yaqinlashdim, tiz cho‘kdim.
Uzun tirnoqlarim bilan uning jinsi shimlarining matosini engil silab o‘tdim, sonlari orasida joylashdim.
Yuragim urishini his qilardim.
Og‘zim uning azosi* bilan toldi va men harakatimni kuchaytirdim natijada u bo'shandi va men uni yutishga majbur bo‘ldim.
Heeseung yuqoridan qarab turardi.
Nigohi tobora og‘irlashayotgan, nafasi esa biroz tezlashganday edi.
Shu holatda u shunchalik jozibali ko‘rinardiki…
Bir lahzaga haqiqatdan ham bunga borish fikri boshimdan o‘tdi.
Ha, men tayyor edim.
Tayyor edim, lekin boshqa maqsadda: uni sindirish uchun, o‘z kuchimni ko‘rsatish uchun.

Men qo‘llarim bilan yigitning tizzalarini ohista silardim, lekin pastroqqa teginishga yuragim dov bermasdi. Qo‘llarimni yana bir oz pastga surdim — uni oyoqlarini kengroq ochishga majbur qilmoqchi edim. Ammo kutilmaganda o‘ng oyog‘ining shim ostida qattiq bir narsaga duch keldim.
Yuqoriga qaradim — va bevosita Sunghoonning qorong‘u ko‘zlariga duch keldim.
Bu safar u kulib turmagan edi.
Nigohi jiddiy va ich-ichidan g‘azab aralash nafrat bilan qarar edi.
Uning shim tagida… qurol yashiringan edi.
Axir, qanday qilib men u bu joylarga qurolsiz keladi, deb o‘yladim?
Qanday qilib men u hanuz o‘sha quvnoq yigit, deb tasavvur qilgan edim?
Yana qayta uni aldamoqchi bo‘lishim esa mutlaqo ahmoqlik edi.
— O‘ynab bo‘ldingmi? — dedi u xirildagan ohangda.
— Tur, — deb buyurdi u, go‘yoki bir zumda meni oyoq bilan tepib yuborishga tayyor edi.
Men undan ko‘z olib qochib, asta o‘rnimga qaytdim.
O‘zini yuqori tutib, meni kamsitadigan so‘zlar aytishini kutdim — masalan, "Men senga qo‘l tekkizmoqchi ham emasman, shunaqa pastkash qizga," deganday.
Lekin Sunghoon jim edi.
Faqat lablarini mahkam qisilgan holda turardi.
— Men buni baribir qilmas edim, — dedim, nega bunday dedim, o‘zim ham tushunmadim.
G‘ururimdanmi, oz bo‘lsa-da insoniyligim borligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldimmi — bilmadim.
— Yaxshi, — dedi Lee past ovozda.
Ohangi ilgari kabi sovuq emasdi, va men uni ko‘zlariga qarashga jur’at topdim.
Axir, men shu odamdan cho‘chiyapmanmi?
Qachonlardir men uni mazax qilganman-ku.
Endi-chi, nima qilaman? Iplar bilan ro‘mol to‘qiy boshlaymanmi?

Heeseung and Sunghoon

— Men senga bu yerdan chiqib ketishga yordam bera olmayman. Hech bo‘lmasa, o‘zimni xavf ostiga qo‘ymasdan, — dedi Sunghoon, gapga aniq maqsad bilan kirishib.
Bir zumda labimdan "unday bo‘lsa, qochaylik birga" degan so‘z chiqib ketayozdi.
Ammo bu qanchalar ahmoqona eshitilishini tasavvur qilib, bu fikrni darhol miyamdan haydadim.

— Bir muddat seni mijozlardan himoya qila olaman... lekin tez orada Jun pul so‘ray boshlaydi, — dedi Sunghoon. Bu gapni eshitib yuragim uvishdi.
Nimagadir menga shunday tuyulgandi — go‘yoki u meni bu joydan uzoqlarga olib ketadi...
Ammo u bunday niyatda emasdi.
U men uchun xavfli ishga qo‘l urgan bo‘lsa-da, hammasini men uchun tashlab ketmoqchi emasdi.
— Endi menga nima qilish kerak? — dedim men, o‘zimni qo‘lga olishga urinar ekanman. Ichimda qanchalik iztirob bo‘lsa-da, yuzimga chiqarmaslikka harakat qildim.
— Hoon kabi o‘zimni qurbon qilib, qamalgim kerakmi? — Labimda achchiq kulgu paydo bo‘ldi.
— Aslida, bitta yo‘l bor, — dedi Sunghoon, ko‘zlarini chetga olib. — V juda ham anchadan beri Namjoonni yo‘q qilishni rejalashtiryapti. Ammo buning uchun avval yetkazib beruvchilarga yetib borishimiz kerak. Jun esa ularni juda ehtiyotkorlik bilan yashiradi…
— Exile egasi nega endi Namu’dan qutulmoqchi? — dedim tushunmay.
— U qariya RM xizmatlari uchun haddan ortiq foiz oladi. Agar V guruhni o‘z qo‘liga olsa, ancha tejam qiladi, — deb yelka qisdi Sunghoon.
Oh ha… baribir hammasi pulga borib taqaladi.
— Men taxmin qilay, senga mening yordamim kerak. Men orqali yetkazib beruvchilarga yo‘l ochilishini xohlaysan, to‘g‘rimi? — dedim chap qoshimni ko‘tarib.
— Agar sen foydali bo‘la olsang, men V'ni ishontiraman — beradigan ma’lumotlaring uchun senga haq to‘laydi, — deb bosh irg‘adi Sunghoon.
— Shunda qarzingni mijozlar bilan yotib emas, shu yo‘l bilan to‘laysan. Jun yo‘q qilingach, pullaringni qaytaramiz. Yangi sahifadan boshlaysan…
Hammasi juda jozibali eshitilardi.
Hatto mukammal.
Ammo baribir ichimda shubha bor edi — nimadadir hiyla borligini sezardim.
Hamma narsa haddan ortiq silliq ketayotgan edi: V qo‘liga shunchaki asir tushgan qiz emas, balki “monstrlar” bilan ishlagan yigitning sobiq qizi tushdi. Yana u bilan tez-tez Texasga borib kelgan qiz.
Men eng katta qurolim — odamlar meni jiddiy qabul qilmasdi. Ular meni yo‘q hisoblab, yonimda erkin gaplashishardi.
Shu sababli men anchagina sirlarni bilardim.
Lekin bu ma’lumotlarni shunchaki tarqatish niyatim yo‘q edi.
Ular — mening ozodligim kaliti edi.
Men bu imkoniyatni havoga uchirishni istamasdim.
Hozircha bitta narsa aniq edi:
Kimdir meni aldamoqchi edi.
Lekin bu kim — hali aniqlay olmadim.
— Menga kafolat kerak, — dedim qat’iy ohangda Sunghoon’ga qarab.
Bu so‘zlarimdan u kulib qo‘ydi.
— Kafolat? — dedi u burun tortib. — Azizam, sen hozirgi holatingni tushunmayapsan shekilli. Yoki bizga yordam berasan... yoki har doimgidek qarzingni o‘sha "maxsus yo‘l" bilan to‘laysan, — U shunchaki o‘zini ustun ko‘rsatardi, hech narsa yashirmasdan.
— Nimaga, meni o‘zing tashlab ketganingni unutib, endi ishonishimni kutyapsanmi? — dedi u zaharli jilmayib.
Mana bu og‘riqli zarba edi.
Lekin… u haq edi.
Menda boshqa yo‘l qolmagandi.
— Roziman, — dedim men oxiri.
— Eh, afsuski, bu so‘zni o‘sha paytda ayta olmaganing juda achinarli… — dedi Sunghoon, o‘rnidan turar ekan.
Va ketdi.

__

V&Rm

Fohishaxonaga tushganimga bir hafta bo‘ldi.
Va shu vaqt ichida mendan biror marta ham xona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilmadi.
Heeseung hamma narsani tortib oldi — telefonim, uy kalitlarim, hammasini.
Ijara muddati esa deyarli tugay deb qolgandi, narsalarimni olib chiqishim kerak edi.
Lee va’da berdi — odamlarim borib, narsalaringni olib kelishadi, deb.
Va haqiqatdan ham, ertasi kuni menga kiyimlarim, gigiyena vositalarim va bir nechta kitoblarimni yetkazib berishdi.
Qolgan mayda-chuyda narsalar — qaerga ketganini o‘zim ham bilmadim.
Yurakka yaqin, sevimli buyumlar orasida hech nima qolmagan edi.
O‘tmishim bilan bog‘liq hamma narsa ota-onamnikida qolgan, shuning uchun bunga unchalik qattiq kuyinmadim.
Ichimda esa ishonch bor edi — Heeseung kvartirani ostin-ustun qilib ag‘darib chiqqan.
U aniq biror ma’lumotni izlagan, shu yo‘l bilan yetkazib beruvchilarga chiqmoqchi bo‘lgan.
Men esa ular uchun ichimda achchiq kulgu bilan “Omad tilayman,” dedim.
Chunki bilardim — Hoon hech qachon bizning uyda o‘z “ishlari”ga aloqador hech narsa saqlamagan.
So‘nggi bir yil ichida u biznikiga faqat ikki marta kelgan, xolos.
Ovqatni menga kuniga uch marta olib kelishardi — doim jimgina eshik qoqiladi, va darhol tagiga likopchani qo‘yib ketishadi.
Bir hafta davomida odamlar bilan suhbatlashishga shunchalik chanqadimki, ba’zida Heeseung kirib holimni so‘raganida — xursand bo‘lardim.
U asosan nazorat uchun kelardi — “biror yomon ish qilib qo‘ymadingmi?” deb.
To‘g‘risi, men hozircha Hoonni sotishga shay emasdim.
Lekin baribir hushyor edim — bu “yarim ixtiyoriy” asirlikda juda ko‘p narsalar yoqmayotgandi.
Men iltimos qilardim — hech bo‘lmasa ko‘chaga chiqmasam ham, klubning o‘zida yurishga ruxsat berilsin, deb.
Ammo Heeseung buni qat’iy rad etardi.
U yaxshi bilardi — men hech qayerga qochmayman.
Ammo baribir meni har qanday tashqi aloqadan yiroq tutar edi.
Demak, yashiradigan narsa bor.
Eng yomon tomoni — men necha ko‘p o‘ylasam, shuncha ko‘proq shubhalanardim.
Heeseungning menga aytgan “ertagi” haqiqatga unchalik ham o‘xshamasdi.
Agar u rostdan ham oilani tashlab, jinoyat olamiga kirib ketgan bo‘lsa, nega bu haqida Hoon bir og‘iz ham aytmagan?
Men amin edim — Leelar oilasi uchun bu katta zarba bo‘lgan.
Va bu “zarba” albatta, Hoonning ustiga tushgan.
Axir u qanday qilib o‘zining eng yaqin qarindoshi yo‘qolganini payqamasin?
Yana bir variant: Heeseung ota-onasidan yangi ishini yashirishning yo‘lini topgan, lekin bu ehtimol imkonsiz edi.
Uning holatida bu mumkin emasdi.
Ko‘r odam ham sezardi — Heeseung allaqachon o‘zgargan.
Butunlay boshqa odamga aylangan.

Hatto uning soxta ismi ham.
Albatta, to'dada laqab bilan yurish odatiy hol edi, lekin Heeseung o‘zini Tayler deb atardi — xuddi begona shaxsning hayotini o‘g‘irlab olgandek.
Aftidan shunday bo‘lsa kerak. Savol esa shunda edi: Lee buni nega qildi?
Shunchaki o‘zining o‘tmishda “botanik” bo‘lganini yashirish uchunmi?
Yoki bu faqatgina yuzaki sabab edi, aslida esa... boshqa narsa yotarmidi?
Yagona odam — bu ismi aslida Heeseung bo‘lganini bilgan men edim.
Va bu holat unga ancha bosim qilayotganini his qilar edim.
Meningcha, o‘sha kechada uning mashinasida V yoki hatto Namjoon tomonidan o‘rnatilgan tinglash qurilmasi bor edi.
Shuning uchun ham u mendan ism aytmasligimni so‘ragandi.
Ammo menga juda g‘alati tuyulgandi — u bunga aniq xabardor bo‘la turib, hech qanday choralar ko‘rmagan.
Xona ichida esa — bu tinglash moslamasini Heeseung o‘zi o‘rnatgandi.
Bu xavfsizlik uchun edi: har bir qiz maxfiy “kod so‘z”ni bilishi kerak edi — agar mijoz haddan oshsa, shu so‘z orqali yordam chaqirish mumkin bo‘lardi.
Lekin menga hech qanday mijoz kirmagani uchun — bu uskunalar shunchaki begaror, jim turibdi.
Meni esa bir narsa qiynardi — Lee aslida bu to‘rt yil ichida nimani boshidan o‘tkazgan?
Haqiqiy haqiqatni bilishim kerak edi.
Buni amalga oshirishimning yagona yo‘li esa — Heeseungning telefoni edi.
Ammo u telefonini hech qachon qoldirmasdi.
Unda oddiy parol ham emas — Face ID turardi.
Men hatto uni hushidan ketkazish g‘oyasini o‘ylab chiqdim, lekin bu xavfli edi…
Ha, deyarli imkonsiz.
Balki, yaqinlashish… bu yo‘ldan qonsizroq edi.
Ammo Heeseungni jozibam bilan yengish… men o‘ylagandek oson emasdi.
U ochiqchasiga kiyingan liboslarimga e’tibor qilmadi.
Men ataylab bir kun faqat sochiqda xona bo‘ylab yurdim — u kelishini bilardim — lekin u hatto boshini ham ko‘tarmadi.
Men kutgandimki, u hech bo‘lmasa savol-javobni boshlaydi, yetkazib beruvchilar haqida gap ochadi, shunda bizda gaplashishga imkon bo‘ladi deb.
Lekin yo‘q — u mutlaqo boshqa o‘y-fikrlar bilan banddek edi.
Bu befarqlik meni jonimdan bezdirardi.
Qaerda u eski Heeseung?
U menga iloji boricha yaqin yurardi, meni bir tabassumim uchun ham har narsaga tayyor edi-ku…

#Vivian_Asters
For Cartier Fanfics.