June 10, 2019

Fish Creek o'rmoni

Kanada mamlakatining Alberta provinsiyasi Kalgari shahrida joylashgan Fish Creek (tarj. Baliqsoy) o'rmoni haqida qisqacha to'talib o'tamiz.

Fish Creek parki

Fish Creek parki

Fish Creek (Fish Krik) o'rmoni 13 kv.km.ni tashkil etadi. U Kalgarining janubiy qismida joylashgan va Katta Toronto shahridagi Rouge (Ruj) milliy parkidan keyin Kanadadagi ikkinchi yirik shahar parki hisoblanadi.

Fish Creek parki

Fish Creek parki

Bu parkda tekis o'rilgan chim, attraksionlar, muzqaymoq rastalari yo'q. O'rmonda yovvoyi tabiat saqlab qolingan. Hatto sinib tushgan daraxtlarga tegilmaydi. Agar yo'laklarni to'sib qo'ygan bo'lsa, chetga surib qo'yiladi, xolos. Maqsad — tabiatning tabiiy sikliga aralashmaslik.

Fish Creek parki

O'rmon ichida 80 kilometr yo'laklar bor, ulardan 30 kilometri asfaltlangan. Bundan tashqari, maxsus joylarda stollar, qo'ra (gril) lar o'rnatilgan, bemalol kabob, ovqat pishirib, dam olish mumkin.

Fish Creek parki

Fish Creek parki

Fish Creek parki

Fish Creek parki