June 7, 2019

Dunyodagi eng qo‘rqinchli o‘rmonlar (foto)

Ko‘pincha o‘rmonlar sirli va dahshatli bo‘lib tuyuladi. Jahon xalqlari og‘zaki ijodida qahramonlar turli balolarga aynan o‘rmonlarda yo‘liqishi haqidagi hikoyalar ko‘pligi bejizga emas. Sizga turli jihatlari bilan eng qo‘rqinchli deya e’tirof etilgan o‘rmonlar ro‘yxatini e'lon qilamiz.

Mast o‘rmon

Mast o‘rmon
Mast o‘rmon

Daraxtlari g‘alati tarzda egilib qolgan ushbu o‘rmonda g‘ayritabiiy geomagnetik xususiyat borligi taxmin qilinadi. Bunday o‘rmonlar Rossiyaning Ryazan viloyatida, Boltiq dengizi yaqinida, shuningdek Polsha hududida uchratish mumkin.

O‘z joniga qasd qiluvchilar o‘rmoni

O‘z joniga qasd qiluvchilar o‘rmoni
O‘z joniga qasd qiluvchilar o‘rmoni
O‘z joniga qasd qiluvchilar o‘rmoni

Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Fudzi tog‘i etagida joylashgan Aokigaxara o‘rmoni San-Fransiskodagi “Oltin darvoza” ko‘prigidan keyin eng ko‘p o‘z joniga qasd qilinadigan joy hisoblanadi.

NUJlar bilan uchrashuv o‘rmoni

NUJlar bilan uchrashuv o‘rmoni
NUJlar bilan uchrashuv o‘rmoni

Ruminiyadagi Xoyya-Bachu o‘rmonida juda ko‘pchilik noma’lum uchar jismlarga guvoh bo‘lgani haqida ma’lum qilgan.

Baqiroq arvohlar o‘rmoni

Angliyaning Kent grafligidagi Plakli qishlog‘ida baqiroq o‘rmon bo‘lib, aholi uzoq yillar davomida bu yerda arvohlar borligiga ishonib kelgan.

Baqiroq arvohlar o‘rmoni
Baqiroq arvohlar o‘rmoni

Qarg‘ish tekkan o‘rmon

Qarg‘ish tekkan o‘rmon

AQShning Vermont shtatida joylashgan ushbu o‘rmonda ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgani tufayli mashhur bo‘lgan.

Qarg‘ish tekkan o‘rmon

Fritaun-Foll-River qo‘riqxonasi

Fritaun-Foll-River qo‘riqxonasi

AQShning Massachusets shtatida joylashgan o‘rmon esa turli g‘ayrioddiy hodisalar, qotilliklar, o‘z joniga qasd qilish holatlari bilan tanilgan.

Fritaun-Foll-River qo‘riqxonasi

Radioaktiv o‘rmon

Chernobil AES halokati oqibatida daraxtlari qizil tus olgan o‘rmon hozirgacha xavfliligicha qolmoqda: agar daraxtlar yonib ketsa, yana radiatsiya tarqalib ketishi mumkin.

Radioaktiv o‘rmon

Manba: www.moya-planeta.ru

Tayyorladi: UTS