Twin Jeon
Seul ko'chalariga allaqqchon tun og'ushidagi oy nur sochib turibdi,ko'chalar tinch go'yoki Seul ham Insonlar kabi uyquga ketgandek sokin.Skunatni faqatgina onda-sonda mashina ovozi buzayotgan edi holos.Soat ham chiqqilangancha tungi soat 00:34ni ko'rsatar ekan Semmy divanining burchagida o'tirib bo'lib o'tgan voqealarni eslardi.
Jungkook unga qilgan barcha ishlari manitorga qo'yilgan kinodek ko'z o'ngidan birma-bir o'tar edi.Uning ichida urib turgan yana bir yurakcha borligini o'ylab na hafa bo'lishni no xursand bo'lishini bilmas edi.Birdan eshik taqilladi va bir soniyada Semmyni hayollar dunyosida silkitib tashladi.Qiz asta eshik tomon yurarkan bu mahalda kim bo'lishi mumkinligi unga qiziq edi eshik oldiga kelib to'xtatdi va ohista gapirdi
Va eshik ortidan javob eshtiladi
Semmy biroz o'ylanib ohista eshikni ochayotgan lahzada eshik narigi tarafdan kuch bilan ochildi va bu lahza Semmyni hayrat aralash qo'rquvdan sakrashga majbur qildi eshik ochilib tanish chehrani ko'rsatar ekan Semmyning ko'zlari katta-katta bo'ldi va orqaga qadam tashladi yigit taklifsiz uyga kirib eshikni ortidan yopdi va qizga qarab bir qadam tashladi
Semmy:S.sen bu yerda nima qilyapsan?!
Jungkook:Azizam,nega arvoh ko'rgandek yuzing oqarib ketdi hm?
Semmy:Men sening azizang emasman
Jungkook ensa qotirib tabassum qilgancha yana bir qadam tashladi
Semmy orqaga tisarilib borar ekan ohirgi manzil devor burchagi bo'ldi endi u anniq tuzoqqa tushdi, Jungkook Semmyga yaqin kelgancha bir qo'lini qizning yon boshiga tiradi
Jungkook:Seni sog'indim,men bilan vaqtichog'lik qilmaysanmi?
Semmy:Meni kim deb o'ylayapsan?
Jungkook boshini ortga tashlab baland ovozda kulib yubordi,ohista yuzini qizning bo'yniga ko'mdi va hididan chuqur nafas oldi,yigitning qo'llari qizning yonboshidan ohista pastga sirg'ala boshladi
Semmy uni o'zidan itarib yubordi ammo bu Jungkookning ozgina siljishiga sabab bo'ldi holos,Jungkook boshqaruvni yo'qotgancha Semmyning ikki bilagini bir kaftiga olib qizning boshi tepasidagi devoriga mahkamladi
Jungkook qizga e'tibor bermagancha yana qizning tanasini silar ekan o'rtada qotib qoldi Jungkook tezda Semmyga qaradi
Jungkook Semmyning sezishi uchun yetarli ammo kuchli bo'lmagan holda qizning qorniga qo'lini bosdi,qiz Jungkook buni bilganini anglagancha ko'zlari qo'rquvdan katta-katta bo'ldi
Semmy:M.men hozir parxez qilmayapman,shunga bo'lsa kerak
Jungkook bir qoshini ko'targancha Semmyning yuzidan yolg'on alomatlarini qidirdi va ko'zi stol ustida turgan uzi qog'ozlariga tushdi, Jungkook qoshini chimirgancha qizdan uzoqlashib stol tomon yurdi,Semmy yutungancha Jungkookning keyingi harakatlarini kuzatdi
Yigit qog'ozlarni o'rganing chiqib tezda qizga qaradi
Jungkook Semmy tomon daxshatli qadamlar bilan yaqinlashdi ovozi fitna bilan pasayib ketdi
Jungkook:Agar yolg'on bo'lsachi?!
Semmy:YOLG'ON GAPIRMAYABMAN,BOLA SENIKI EMAS!
Jungkook:Kel tekshirib ko'ramiz
Jungkook qizning hayratda qolgan yuziga e'tibor bermay qizni qo'lidan ushlab uyidan sudrab olib chiqa boshladi
Semmy:Men hech qayerga bormayman qo'yib yubor meni
Jungkook:Yaxshilikcha jim bo'l bo'lmasa o'zimga javob berolmayman
Jungkook Semmyni o'z mashinasiga o'tirg'izgancha mashinani ishga tushirdi
Jungkook javob bermadi,mashina tezlik bilan harakatlanar ekan hattoki qizil chiroqqa ham axamiyat bermasdi,Semmy o'zi bilmagan holda qo'llarini qorniga qo'ydi go'yoki uni himoya qilayotgandek va bu harakat Jungkookni e'tiborini tortdi va u ham bir qo'lini rulda qoldirib Ikkinchi qo'lini Semmyning qorni tomon cho'zdi
Jungkook:Agar yolg'on gapirgan bo'lsang o'zinga qiyin bo'ladi Park Semmy
Degancha yetarlicha qizning qorniga bosim o'tkazib qo'lini tortib oldi va e'tiborini yana yo'lga qaratdi deyarli yarim soatli yo'ldan so'ng mashina shifoxona oldida to'xtadi
Jungkook mashinani ruliga urgancha jaxl bilan mashinadan tushdi va Semmyni eshigini ochib qizning qo'lidan qattiq ushlagancha shifoxona tomon yetakladi,shifoxonaga kirishgach Jungkook o'ylab o'tirmay 7-xona tomon yurdi,ichkariga kirgach shifokor ham Jungkookni tez tanidi va hurmat bilan salomlashdi
Jungkook:Janob Choi menga denka testini o'tkazishingiz kerak
Jungkook Semmyga ishora qilgancha dedi
-U homilador bola menikimi yoki yo'q bilishingiz kerak
Doktor Choi professional tarzda Semmy va Jungkookdan qon oldi
Choi:Janob Jeon ertaga test natijalari aniq bo'ladi
Jungkook:Og'zinga siqqanicha pul beraman
Choi:1 soatda tayyor bo'ladi shu yerda kuting
Degancha xonadan chiqib ketdi,Semmy endi nima bo'lishi haqida o'ylab qo'rquv kuchayib borardi
1 soatdan so'ng
Choi hujjatlarni ko'targancha xonaga kirdi
Jungkook o'ylab o'tirmay varaqlarni olib o'qishni boshlad𝗂
Jungkook varaqlardan ko'z uzib shiddatli nigoh bilan Semmyga qaradi va qizdan ko'z uzmay dedi
-Janob Choi bolani jinsini aniqlasa bo'ladimi?
Choi:Hozircha yo'q homila hali biroz kichikroq tahminan 3 haftalardan so'ng aniqlash mumkin
Jungkook uch qadam bilan qizga yetib oldi va faqat u eshitishi uchun past ovozda gapira boshladi
Jungkook:Bolamni ko'tarib yuribsan ekan nega menga aytmading,javob ber
Semmy:Qilgan ishingdan keyin seni hatto ko'rishini ham istamayman!Bolaga keladigan bo'lsak uni senga bermayman
Jungkook:Bolamni otasiz o'stiraman deb o'ylaysanmi?!
Semmy:Yongook bolani qabul qilishini aytdi
Jungkook jaxl bilan qizning qo'lidan ushlab uni o'ziga yaqinlashtirdi
Jungkook:Mening farzandim ko'chada qolmagan duch kelgan inson ota bo'laman deydigan!
Semmy:Senga bolani u dunyo u bu dunyo bermayman!
Jungkook doktorga o'girildi va dedi
Jungkook:Biz bolani abort qildiramiz
Qiz gapini tugatishga ulgurmasidan Jungkook uni kesib tashladi
Jungkook:Bu meni bolam meniki! Men o'zimniki birovga bermayman hattoki bu o'limni taqazo etsa ham
Semmyning ko'zlariga yosh to'la boshladi
-Bu Meni bolam va mening qornimda!
Jungkook:Albatta seni qorningda men tufayli
Semmy:Sen bunday qila olmaysan
Jungkook:Adashasan qila olaman,Senda ikkita yo'l bor yoki bolani menga berasan yoki abort qildiramiz aqil tanla
Semmy:Bola senga kerak bo'lsa o'zing homilador bo'l va tug'ib ol bu bola meniki!
Jungkook:Chegaradan o'tyabsan qizaloq sabr kosam to'lsa ko'zyoshlaringa ham qarab o'tirmayman bilib qo'y,ikkita yo'l bor dedim
Semmy ohista avval qorniga keyin shiddatli nigoh bilan turgan Jungkookga qaradi va dedi