
Bu Kim Seon Ho edi u qo'lida ovqat bor patnis bilan Semmy bor xonaga ohista kirdi.Semmy darhol ortga tisarilganini sezga Seon Ho ohista patnisni tungi stolga qo'yib qo'llarini taslim bo'lgandek ikki yoniga ko'tardi

Semmy sukut saqlardi,hozir u ilojsiz ahvolda farzand yoki sevgi oralig'ida,Semmy Yongookni chindan ham sevar edi tug'ulajak farzandini ham yaxshi ko'radi ammo bu farzandan Semmyning eng nafratlangan insonining qoni oqadi,Semmyga bu hayot shu qadar adolatsizdek tuyuldiki naryog'i yo'q.U yoshligidagi orzularining barchasidan ayrildi hozirgi soniyaga qadar barcha qilingan harakat,yoshligidagi kasb haqidagi insho,chizilgan su'atlar,maqsadiga erishish uchun vos kechilgan yoshlik bularning barchasi shunchaki bekor ketdi.Semmy shu qadar Yongookning paydo bo'lib uni olib ketishini kutar ediki go'yoki hozir u paydo bo'ladi ammo yo'q.

Seul ko'chalariga allaqqchon tun og'ushidagi oy nur sochib turibdi,ko'chalar tinch go'yoki Seul ham Insonlar kabi uyquga ketgandek sokin.Skunatni faqatgina onda-sonda mashina ovozi buzayotgan edi holos.Soat ham chiqqilangancha tungi soat 00:34ni ko'rsatar ekan Semmy divanining burchagida o'tirib bo'lib o'tgan voqealarni eslardi.

Yomg'ir na to'xtamas va na tayinli yog'mas edi, yomg'ir ostida qora Mercedes aniqlik bilan harakat qilardi,tashqarida odamlar soyabon ostida harakatlanar mashinaning ichi tashqaridagi ob-havodan farq qilgan holda issiq va yoqimli edi ammo sukunat qalin edi.

Semmy hayron bo'lgancha Seon Hoga qarar ekan na yurishini va na qaytishini bilmas edi...yuragi u bilan borma desa uning ongi-u sen haqida qayerdan biladi bor va bilib ol der edi.