You are my dream
Yomg'ir na to'xtamas va na tayinli yog'mas edi, yomg'ir ostida qora Mercedes aniqlik bilan harakat qilardi,tashqarida odamlar soyabon ostida harakatlanar mashinaning ichi tashqaridagi ob-havodan farq qilgan holda issiq va yoqimli edi ammo sukunat qalin edi.
Na Semmy va na Taehyung bu sukunatni buzishga urinishmadi,sukunatni buzayotgan yagona narsa bu mashina dvigatelining ovozi edi holos.
Semmy o'yga cho'kkancha Seon Honing barcha gaplarini tahlil qilardi va Taehyungga bir nazar tashladi u Seon Hodan ancha farq qilardi,na tabassum,na mehr va na e'tibor ammo Seon Ho u butunlay boshqacha edi....
Semmy ohista Seon Honing kulgandagi kulguchlarini yodga oldi va o'zi bilmagan holda biroz tabassum qildi va albatta bu Taehyungning e'tiborini tortdi
Semmy:N.nima,men o'zim shunchaki
Taehyung ensa qotirgancha javob bermadi va mashinani yo'nalish bo'yicha mahorat bilan haydadi.
Birozdan so'ng mashina o'ziga kerakli bo'lgan hashamatli do'kon oldida to'xtatdi va Taehyung mashinadan tushdi aylanib o'tib Semmyning tushishi uchun mashina eshigini ochdi
Semmy ohista mashinadan tushdi va Taehyungning ortidan asta do'konga kirdi do'kon ishchisi ularni chiroyli tabassum bilan kutib oldi va Semmyga murojat qildi
Ishchi:Hayrli kun honim sizga aynan qaysi turdagi ko'ylak kerak?
Semmy endi javob bermoqchi edi ammo Taehyung uning o'rniga javob berdi
Taehyung:Menga eng ohirgi dizayndagi,toshlari bo'lmagan ammo chiroyli bo'lgan asilzodalikni o'zida mujassam eta oladigan va takrorlanmas oq ko'ylak kerak,u ko'ylakni hech kim kiymagan bo'lsin pulidan havotir olmang
Ishchi hayratdan qoldi va ohista dedi
-Bizda huddi shunday ko'ylak bor,u bu do'konning yuzi sanaladi Janob,hozir sizga ko'rsataman,iltimos ortimdan yuring
Degancha yo'l boshladi,Taehyung qo'lini Semmynibg belidan o'tkazgancha ishchining ortidan yurishdi
-Mana o'sha ko'ylak Janob,siz aytgandek Ho'sh idealingizga mosmi?
Taehyung bir qoshini ko'targancha ko'ylakni sinchikovlik bilan ko'zdan kechirdi va ohiri
Ishchi tabassum qilgancha ko'ylakni tayyorlashni boshladi
Semmy:Meni fikrimni so'ramaysizmi?
Taehyung:Bu menga yoqdi fikringa keladigan bo'lsak bu senga yoqdimi yoki yo'q buni menga qizig'i bor deb o'ylaysanmi? Shunchaki kiyasan tamom ortiqcha munozaralarsiz!
Semmy hayratda qolgancha Taehyungga qaradi
Bu paytda Seon Ho o'z uyida boshini kresloga suyagancha yuzida nim tabassum bilan o'ziga o'zi "Yana bir hafta va hammasi tugaydi" dedi.
Ko'z ochib yumgancha 1 hafta tez o'tdi bugun Semmy va Taehyung turmush qurishi kerak, Semmy nikoh kechasi bo'lib o'tadigan binoning kelinlar uchun qurilgan xonasidan o'z aksiga qarab o'tirar edi, Taehyung tanlagani ko'ylak unga juda mos turgan edi ammo birdan eshik taqilladi....
Mexmonlar allaqqchon yig'lishgan hamma o'z o'rnidan,nikoh o'quvchisi ham tayyor Taehyung sahnada mukammal ko'rinishda turibdi hamma faqat Semmyni kutyapti
Nikoh o'quvchisi:Kelinni sahnaga taklif qilamiz
Hamma o'rnidan turgancha Semmyni kutishar edi,Taehyungning yuzida deyarli bilinmas tabassum paydo bo'ldi,eshik sekin ochildi oq ko'ylakni ohista ko'targancha zinalardan sahnaga oq ko'ylakli qiz ko'tarilarkan hamma turgan joyida nafas oldi Taehyungning tabassumi darhol g'oyib bo'ldi
Va bunga sabab oq ko'ylakda boshqa qizning paydo bo'lishi edi,Mehmonlar orasida darrov pichir pichirlar tarqalla boshladi "Bu Asumi honimni qizi emas-ku","Bu qiz kim","Axir bu Semmy emasku" yana shunga o'xshash gap so'zlar
Taehyungni yuzi deyarli bo'ronga aylandi
Shu paytda Taehyungning telefoniga yashirin raqamdan xabar keldi
"-Qiz senga yoqdimi ayni sen bob ;)"
Taehyung darhol javob qaytardi
"-Sen tirik murdasan menga ishon !"
Oradan bir necha soatdan so'ng Semmy bosh og'rig'i bilan ohista uyg'ondi va notanish joydan ekanligini tezda angladi,shu payt eshik ochildi va Semmy u insonni ko'rib ko'zlari katta katta bo'lib ketdi