You are my dream
Semmy hayron bo'lgancha Seon Hoga qarar ekan na yurishini va na qaytishini bilmas edi...yuragi u bilan borma desa uning ongi-u sen haqida qayerdan biladi bor va bilib ol der edi.
Yigit qizga chuqurchalarini ko'rsatib turar ekan qiz nafasi siqilganini his u oddiy inson qanday qilib bunday kelishgan bo'lishi haqida o'ylar edi ayniqsa uning kulgichli chuqurchalari bilan uning yuzi benuqson ko'rinar edi
Seon Ho:Menga 10 daqiqaning o'zi ham yetarli
Semmy:Shu yaqin atrofda kichik qahvaxona bor istasangiz o'sha yerga boramiz ammo 10 daqiqa
Seon Ho "hop" degandek bosh irg'adi ular qahvaxona tomon yurishar ekan yomg'ir ham ularga sherik bo'la boshladi sekin-asta yomg'ir tomchilari tomar ekan Korea ko'chalari shu qadar sehrli ko'rinar ediki go'yoki chegarasiz tuyg'ular Seulni hech qachon tark etmaydigandek go'yoki yomg'irlar Seulni ohista ovutayotgandek tuyular edi go'ya
Semmy va Seon Ho qahvaxonaga ohista kirishar ekan Seon Ho Semmy o'tirishi uchun stulni ohista o'ziga tortdi shaffof oynalardan ko'rinayotgan yomg'ir qahvaxonaga alohida ko'rk bag'ishlar edi
Semmy:Yo'q menga aytmoqchi bo'lganlaringizni gapiring
Seon Ho ohista tabassum qilgancha yana chuqurchalar paydo bo'lishiga imkon berdi
-Sen hech qachon o'zingni chiroyli yulduzlarga to'la gallaktikada suzayotgandek tasavvur qilganmisan ?
Seon Ho:Men har safar seni ko'rganimda qalbimdagi gullarning ochilishi va sen tufayli qalbimda paydo bo'lib shaharcha barpo etgan kapallaklar gullarga qo'nganishini va o'zimni gallaktikada suzayotganimni his qilaman ammo...
Seon Ho keskin to'xtab qoldi va tabassum tekis yuz ifodasiga aylandi
Semmy Seon Honi davom etishini kutgancha unga qaradi
-Meni birdaniga gallaktikada joylashgan qora tuynuk tortib ketadi har doim! Endi soddaroq chuntiraman,sen gallaktikasan yulduzlar bilan qoplangan chiroyli makon men esa suzib yurgan insonman qora tuynuk esa......Kim Taehyung
Semmyning o'zi bilmagan holda ko'zlari katta-katta bo'ldi
Aynan bu mahal Semmy bu gaplarni deyarli hazm qila olmas edi,hozir uni hattoki butun insoniyat bo'yicha tan olingan eng go'zal manzaraga tenglashtirishdi
Semmy:Nimaga shama qilayapsiz?
Seon Ho:Men seni sevaman Semmy,ilk ko'rganimdan boshlab hozirgi onga qadar
Seon Ho:Buni eslatishing shart emas!
Semmy keskin o'rnidan turdi va qahvaxonadan chiqib ketdi
Seon Ho:Yaxshi,endi o'yinni boshlasak bo'ladi
Semmy yomg'irda deyarli ivib ketdi va birdaniga yomg'ir to'xtaganini xis qildi sekin boshini ko'tarib qaradi va soyabon bilan turgan Taehyungni ko'rdi
Taehyung:Seningcha soyabon og'ir narsami?
Taehyung bir qoshini ko'targancha Semmyning ivigan kiyimiga qaradi va dedi
-Suvga tushgan mushukga o'xshab qolibsan
Semmy ohista kiyimiga qaradi Taehyung esa buni sovuqqonlik bilan kuzatib turdi
Semmy gapini tugatmasidan Taehyung uni to'xtatdi
Taehyung:Men senga hali gapirish huquqini bermadim yodingda bo'lsin senga gapirish mumkin desamgina gapirasan.
Semmy bu gapni eshitib aqli shoshib qoldi
Taehyung o'ylab o'tirmay lablarini Semmyning lablariga bosdi,bu bo'sam romantik emas edi-bu bo'sa talabchan edi go'yoki bu yerda kim ho'jayin ekanini bildirish uchun ishlatilayotgandek,Soyabon ostida bo'sa yanayam chuqurlashar ekan soyabondan o'qib tushayotgan yomg'ir tomchilari atmosferani yanayam chiroyliroq qilardi
Taehyung bo'sani keskin buzdi va dedi
-To'yga 1 hafta qoldi bugun oq ko'ylak tanlash uchun boramiz