April 30, 2025

#" Qora oqqush nolasi "# Ep:11

Pov

Men o'z hayotimning qora oqqushiman. Qora oqqush kabi yashayman. Hammasi o'sha kundan boshlangan. 15 yoshimda otam olib borgan joy.

7 yil oldin

Qora rusumli mashina yomg'irda eski bino yoniga kelib to'xtadi. Orqa eshigidan tushgan o'rta yoshli erkak va uning ortidan tushgan 15 yoshli qiz tushib keldi. Qiz hech narsaga tushunmay atrofga qarar ekan dadasi bo'lmish erkak uni eski binoga olib kirdi. Ko'rinishidan qabristonni eslatadigan joy edi. Erkak bir honaga kirib ketdi. Qiz esa karidorda otasini kutar ekan ba'zi xonalardan baqiriq ovozlari eshitilib turardi. Shunda erkak bir shifokor kiyimidagi odam bilan chiqib keldi. Dadasi qiziga ishora qilib gapirdi.

--Unga o'zing qara..
Dadasi qiziga e'tibor bermay eshikka qarab yura boshladi. Qiz ham dadasining ortidan ketmoqchi bo'lganda boyagi shifokor uni ushlab qoldi.
--Sen qayoqqa..
Qiz nima bo'lganini tushunganday qichqirib yubordi.
--Ota.. ota.. meni bu yerda qoldirmang.. OTAAA..
Erkak ortiga qaradi va shifokorni qo'lida tipirchilayotgan qizni oldiga keldi. Qizning ko'zlari jiqqa yoshga to'lgandi.
--Nora.. menga sendan foyda yo'q.. menga Dohyonni o'zi yetadi.. bobong ham birinchi nabirasi og'il bo'lishini istagandi.
Erkak ortiga o'girilib ketdi. Norani qo'lidan siltab bir honaga olib kirishdi. Bir qo'lini burchakka kishanlashdi. Nora qancha yig'lab yolvormasin hech kim eshitmagandek tutar edi. Honaga hamshiralar kirib Noraga ukol qila boshlashdi. Nora kishanlangan qo'lini chiqarishga urinib tepaga intildi.
--Yo'q yo'q iltimos meni qo'yib yuboring yolvoraman.. iltimos unday qilmang o'tinaman
Nora yig'lagancha hiqillar ekan birdan qo'liga igna sanchilganidan seskanib ketdi.

Hozirgi vaqt

Shifoxona. Eunwoo Norani uyg'onishini kutar ekan Nora alahsirardi

--Yo'q yo'q tegmang i..iltimos..
Nora birdan ko'zini ochdi. Oppoq shift qandaydir xlor hidi keladigan hona. Nora ko'zini ochib atrofga qaradi birdan qo'liga ulangan ukolni ko'rib ko'zlari kattalashib ketdi. Eunwoo Norani uyg'onganini sezib uning oldiga keldi. Sistema ulangan qo'lini musht qilib divanning burchagiga tiralib yuzini boshqa tomonga burib oldi.

--Olib tashla.. olib tashla uni
Qiz ko'zini chirt yumgancha qo'lini musht qilib olgandi. Qo'rquvdan tez tez nafas olarkan Eunwoo uning qo'lidan ushladi.
--Nora Nora menga qara qo'lingni och.. musht qilma.. keyin uni olib tashlayman.. faqat tinchlanib ol.
Nora mushtini sekin ochdi. Lekin hali ham chuqur chuqur nafas olardi. Eunwoo ukolni sekin olib tashladi.

--Narsalarim qani.. qurolim..
Nora yotgan joyini tintib narsalarini aynan qurolini qidirardi.
--U menda..
Shunda birdan honaga shifokor kirib keldi. Nora hali ham vahimada edi.
--Jin ursin..
Nora zudlik bilan o'rnidan turmoqchi edi.
--Sistema olgach biroz yotish kerak - muloyimlik bilan dedi shifokor.
--Kerak emas men ketishni istayman - Nora o'rnidan turib sumkasi va narsalarini qo'liga olib eshik tomon yurdi. Hali ham ko'zlari ola zarak bo'lib betartib nafas olardi. Yugurib honadan chiqar ekan karidor to'la shifokor va hamshiralar edi.
--La'nati..
Nora liftga yetib tugmani kuch bilan bosib eshik tezroq yopilishini kutar edi. Va birdan lift ichkarisida Eunwoo paydo bo'ldi.

--Jin ursin seni Han EunWoo.. nega bu yerga olib kelding.
--Tunchlanib ol. Muzlab qolganing uchun.
--Ming la'nat.. bu yerdan chiqqach qilgan ishing uchun yaxshigina javob berasan.

Ular liftdan tushar ekan EunWoo Norani qaltirayotganini sezdi. Sekin unga yaqinlasha boshladi. Nora qoshlarini chimirib o'zini ortga oldi.

--Hoyy nima qilyapsan
EunWoo unga yaqinlashib ohista uni bag'riga bosdi.

--Nima qilyapsan.. qo'yvor.. qo'yvor dedim senga.
Nora uning qo'llaridan chiqishga urinar ekan boyagina sistema olgani uchun kuchsiz edi. U qancha chiransa EunWoo ham uni shunchalik qattiq bag'riga bosardi.

--Kechir.. - EunWoo qizning qulog'iga past va afsusdan darak beruvchi ohangda dedi - Senga o'tmishdagi og'riqlaringni eslatganim uchun.. kechir.
Nora biroz tinchlangadek tipirchilashdan to'xtadi.

--Charchadim.. - Nora ko'zyoshlariga erk berar ekan titroq ovozda pichirladi. Namlangan ko'zlarini yumib yigitning ko'ksiga yuzini ko'mdi. EunWoo uning yelkasiga ohista tinchlantirgandek urib qo'yardi.
Bu quchoqlash.. mehr, ishonch, hotirjamlikni ifodalayotgandek edi.

Lift eshiklari ochildi. Nora shu zahoti EunWooning bag'ridan chiqdi. Ko'zyoshlarini artgancha shifoxonadan chiqdi. Uning ortidan EunWoo ham shoshgancha yetib oldi va qizni qo'lidan ushlab o'ziga tortdi. Norani o'zining mashinasiga o'tirg'izdi. Ular mashinada jim ketishar ekan Nora derazadan atrofni kuzatib ketar edi. EunWoo uni uyi oldiga to'xtadi.

--Biroz dam ol.. o'zinga kelmaguningcha ishga chiqma.. hopmi.. - yigit mayinlik bilan qizni yuzini silab gapirar ekan yuzidan ohista o'pib qo'ydi. Nora hali ham shok holatida edi
Nora indamay mashinadan tushdida uyiga kirib ketdi. EunWoo ham uni uyi oldidan ketdi.

~

Wohyong qo'lida yaltirayotgan taqinchoqqa qarar ekan uni sevgilisga qanchalar yarashishini hayolida tasavvur qildiyu jilmaydi.

--Shunisini olaman..

Wohyong do'kondan chiqar ekan kech bo'lishiga qaramay shahar labaratoriyasiga yo'l oldi.

~

A-ri barcha ishlarini tugatib oq halatini yechdi. Qo'lidagi perchatkalarini ham yechib burchakka uloqtirdi. Stolga o'zini tashlab uhh tortdi. Birdan eshikni qattiq ochilishidan cho'chib tushgan qiz boshlig'iga tushunarsizlik bn qaradi.

--A-ri bularni ham ko'zdan kechir va tekshirib maxsus honaga olib kir.

A-ri Boshlig'ining qo'lidagi qandaydir o'simlikni ko'rib yechgan perchatkalarini qo'liga yana kiydi va o'simlikni oldi.

--Hop janob.

~

labaratoriya oldiga kelib to'xtagan eng so'ngi rusumli mashinadan viqor bilan tushib kelgan yigit sovuq aura bilan ichkariga kirdi. Liftga chiqib o'ziga kerakli raqamni bosib kuta boshladi. A-ri ishlaydigan honaga kirar ekan qiz u yerda yo'q edi. Wohyong boshida uni ketdi deb o'yladi. Chunki ish vaqti allaqachon tugagan edi. Lekin qayerdandir o'ynoqi kulgu ovozi eshitildi. Wohyong qoshlarini chimirib o'sha tomonga yaqinlashar ekan ovoz yanada balandroq va aniq eshitila boshladi.

Wohyong honaga kirganda ko'rgan manzarasidan rostakamiga hayratda qoldi. Chimirilgan qoshlari hayratdan tepaga uchdi. A-ri yerda o'tirib telba kabi kular edi.

--A-ri senga nima bo'ldi - yigit telba kabi kulayotgan qizni oldiga kelib uni bo'yi teng o'tirdi. Wohyong qizdan uzoqda bo'lmagan o'simlikka ko'zi tushdi. O'simlikdan bir chimdim qismi A-rini atrofida yotar ekan Wohyong o'tni qo'liga olib hidladi. Asabiylikdan ko'zlarini chirt yumgan yigit chuqur nafas chiqardi.

--Ming la'nat* - Wohyong tishlari orasida vishshilagancha qizni ko'tarib honadan chiqa boshladi. Karidor bo'ylab lift tomon yurar ekan qarshisidan boya A-riga ish buyurgan boshliq turar edi.

Boshliq nima bo'lyotganini tushiniahga ulgurmay Wohyong unga o'shqirib ketdi.

--Qaysi kallang bilan giyohvand o'simlikni uni qo'liga berib qo'yding a..
uning baqirishi butun karidor bo'ylab yangrar ekan A-rini boshlig'i qo'rquvdan titrardi.

--Agar unga nimadir bo'lsa kallang bilan javob berasan.
Wohyong shoshgancha pastga tushib ketdi.

A-rini mashinaga o'tqizib o'zi ham rul o'rnashdi. Bir necha soniyaga qolmay mashina tezda u yerni tark etdi. Wohyong mashinani tez haydar ekan qizning endi kulgusi emas balki og'riqdan dalolat beruvchi ingroqlari eshitila boshladi. Wohyong A-rini shifoxonaga emas uyiga olib keldi. Yigit qizga nima bo'lyotganini yaxshi biladi. Bunday holatda shifoxonaga borish to'g'ri emas edi. Qizni qo'lida ko'tarib uy ichkarisiga olib kirib divanga yotqizdi. Zudlik bilan muzlatgichdan muz olib kelib uning qiziyotgan tanasiga bosdi. Muzlar erib Peshonasidan ohista bo'yin qismga oqib tusha boshladi. A-ri endi ho'ngrab yig'lab yubordi. Yumilgan ko'zlaridan yosh oqar ekan bo'g'iq ammo iltijoli ohangda yolvordi.

--W..Wohyong..yon..yonyapman..i..iltimos..yor.dam....ber.. - qizni ichidan o'tayotgan g'alati hissiyotlar og'riqni borgan sari kuchaytirardi. Wohyongning oq ko'ylagini old tugmalari yechilgan edi. O'zini anglay olmayotgan qiz ko'zlarini arang ochib qaddini tiklab yigitning qarshisiga yaqinroq kelib o'tirdi.

Qiz yigitning qarshisida ekan yelkasiga boshini tirab kaftini uning ochiq ko'ksiga bosdi. Yigit bu holatdan o'tkir nafas chiqardi. Qiz tinmay hansirab havo yetishmayotgandek o'zining ham oldini biroz ochdi.

--Mmenn..o'libb..qqolamann..yolvoramannn..meniii..sovutt!!.. - qiz yig'lagan ko'yi yigitni qattiq quchdi. Wohyong biladiki qiz hozir o'zida emas.

Qiz uni hali ham qo'yib yubormay o'tinch bilan pichirlardi. Wohyong qizni divanga ohista yotqizdi. Qiz uni yoqasidan qisib yigitni o'ziga tortdi. O'rtadagi qaynoqlik A-rini harakatlari tufayli ortsa ortdiki ammo pasaymadi. Yigit qizni ham ortiq qiynashni istamadi... tun kirib kelar ekan ikkisi uchun dunyo to'xtab qolgandek edi. Faqat ular va ularning muhabbatlari aks etgan tun avj urardi.

~

Tong. A-ri kechagi divanda emas balki o'zining yotog'ida edi. Qovqolari shu qadar og'irlik qilar ekan ko'zlarini ocholmay g'ingshir edi. Lekin yuvinish honasidan kelayotgan suv ovozlaridan A-ri ko'zlarini ochib gavdasini ko'tarishga utindi. Arang o'rnidan turgan qiz egnida deyarli hech narsa yo'qligini ko'rib hayron bo'ldi. Nimanidir tushunishga urinayotgan paytda yuvinish honasidan erkak kishi chiqib keldi. A-ri darrov ko'rpani oldiga tortdi. Wohyong qizni uyg'onganini bilib u tomon yaqinlasha boshladi. A-ri unga hayrat va qo'rquv bilan qarab turarkan o'zini ortga oldi.

--A-rii..yaxshimisan.. hech qayering og'rimayaptimi..

--Wohyong..siz bu yerda nima qilyapsiz kecha..kecha nima bo'ldi.

Wohyong qizning ko'zlariga bir muddat tikilib qoldi.

--Hech narsani eslay olmaysanmi..

--Kecha nima bo'ldi deyapman nega bu yerdasiz nega men bu ahvoldaman NEGA - qizning baland ovozi hona bo'ylab jarangladi.

-- A-rii baqirma.. nega jinniga o'xshab narkotik qabul qilding unda a
A-ri birdan jim bo'lib qoldi. Labaratoriyada qilingan birgina xato yotoqqacha yetaklab keldi. A-ri birdan yig'lab yubordi. Ustini yopib turgan ko'rpani qattiq g'ijimladi. Yuzini boshqa tomonga burdi. Wohyong unga yana yaqinlashaman deganda u bunga yo'l qo'ymadi.

--Keting yolg'iz qolmoqchiman..
Wohyong qizni tushungan holda jimgina honani tark etdi. A-ri piqillab yig'lar ekan kecha uning o'zi yigitni shu ishga boshlagani es hushi joyida bo'lman holida qilgan behayo* harakatlari ko'z o'ngidan o'tar ekan sevgan yigitining ko'z o'ngida yengiltak* qiz kabi bo'lib qolgani uchun o'zini la'natladi.

~~

Nora 2 kun ishga bormadi. Bu borada EunWoo ishga qattiq sho'ng'igandi orada Noradan ham habar olishni unutmadi.

--Rostdan shunday bo'ldimi - yana so'radi Nora.
--Ha dedimku Nora.. endi nima qilaman.. uni yuziga qanday qarayman endi.

--Eh A-ri A-rii.. nimalar qilib yuribsana.. ho'sh ishing nima bo'ldi..

--Bilmadim.. ishga borganim yo'q meni haydashsa kerak.. ahmoqligim tufayli.. endi nima qilaman. - A-ri yig'lamsirab boshini stolga qo'ydi.

--A-rii.. o'zi tunda nima bo'lgani esingdami.. - Nora dugonasidan past va sirli tarzda so'radi. A-ri boshini tezda ko'tarib qoshlarini chimirgancha dedi.

--Noraa.. men nima darddamanu sen so'rayotgan narsangni qara.. - A-ri boshini egdi.
--Rosti.. esimda yo'q.. so'ngi ko'rgan manzaram.. uning.. bo'yniga osilganim edi.. - A-ri labini tishlab ko'zini boshqa tomonga olib qochdi.

--A-riii.. mendan ko'zingni olib qochma.. yo'q agar u seni yoningda bo'lsa.. uyatdan o'lib qolar ekansanda.. - Nora hazil tariqasida dedi. - Rosti.. bunchalik gaz bo'lasan deb o'ylamagandim.. mendan ham o'tib tushding.

--Noraaa... narkotik o'simlikni deb shu ahvolga tushdim.. men.. shifokorga ko'rinishim kerak..

--Ha albatta.. sen bilan boraman..
--Yo'q o'zim amallayman.. sen ishdan qolma.. kech qolyapsan..

--O'zing uddalashinga ishonching komilmi..

--Ha boraver..

Qizlar kafedan chiqib o'z ishlari tomon ketishdi.

*

*

*

Stardusts✨ bu qism biroz kam bo'lib qoldi. Shu kunlarda aktiv bo'la olmayapman. O'qiganingizni bildirib reak❤️‍🔥 va fikr💗 qoldiring

~Author:•°•Eira Bloom°•°