.
@user-113762
4 posts

Yolvoraman, xiyonat qilma

Tong. Har doimgidek yangi kun bir xillikda boshlandi. To'g'risi uyda zerikdim. O'qishim qolib ketyapti. Kechagi ishdan keyin qanday ruxsat olaman endi. Hammamiz birga nonushta qildik. Iloji boricha yaxshi muomalada bo'lishga urinyapman.

Yolvoraman, xiyonat qilma

Uyimga mayda qadamlar bilan ketar ekanman bir necha soat avval bo'lgan voqea hayolimdan ketmasdi. Bechora qizga nimadir deyishimga yo'l qo'ymay dadasi kelib qo'limdan uni yulib oldi. Odam shunchalik qo'pol bo'ladimi tovba. Bechora qizaloq mo'ltiragacha qarab qoldi. Shu o'ylar bilan ketar ekanman yo'limga tanish mashina to'xtadi. Obbo shu yetmay turgandi o'zi. Dadamning do'stini og'li Anvar. Mana 17 kiribmanki ortimdan qolmaydi. Men uni birinchi ko'rganimdayoq yoqtirmaganman. O'shanda 14 yoshda edim. Hovlimizga darvozani taqillatmasdan kirib kelavergan. O'sha ishidan keyin uni yoqtirmayman. Nima emush bir ko'rishidayoq sevib qolgan emish o'rgildim. Anvar mashinadan tushib men tomon kela boshladi.