April 4, 2025

Yolvoraman, xiyonat qilma

Unutmaki, menga xiyonat qilgan oningda men nafas olishdan to'xtayman

Gulsum

Tong. Har doimgidek yangi kun bir xillikda boshlandi. To'g'risi uyda zerikdim. O'qishim qolib ketyapti. Kechagi ishdan keyin qanday ruxsat olaman endi. Hammamiz birga nonushta qildik. Iloji boricha yaxshi muomalada bo'lishga urinyapman.

--Haligi.. bir narsa so'ramoqchi edim..
Iymanibgina so'radim.

--Pul kerak bo'lsa so'rayver

--Yo'q.. men o'qishga borishim kerak.. shunga..

--Gulsum.. sen endi erli ayolsan.. 5 yoshli bolaning onasisan.. sen bilan haqiqiy oila bo'lolmasmiz.. har holda o'rtada nikoh bor.. o'qishinga kelsak u yerda qancha erkak ishlashini bilasanmi.. hullas meni ayolim ko'cha sang'ib yurmaydi.

--Axir markaz o'zingiznikiku..

--Baribir ham.. meni ikkinchi marta takrorlashga majbur qilma
Gulsum yosh bola kabi labini burishtirdi. Usmon uni qilig'iga kulib yubormaslik uchun o'zini bosdi.

--Nega axir..
Yig'lamsirab dedi Gulsum.

--O'rangan qizlar bunchalik injiq bo'ladi deb o'ylamagdim.
Gulsum birdan qoshlarini chimirdi.

--Qayerga yozib qo'yibdi a o'ranganlar faqat muloyim bo'lishi kerak deb.. siz meni hafa qilyapsiz..
Usmon yig'lashga tayyor turgan rafiqasini oldiga yaqinroq kelib o'tirdi.

--Gulimm.. hafa bo'lma.. bugun senga nima olib kelay..
Usmon unga muloyim gapirar ekan go'yo kechagi ish uchun uzr so'rayotgandek edi.

--Hohlagan narsamni?

--Hohlaganingni..
--Mevalar va shirinliklar olib keling..
Usmon uning istagini eshitib tabassum qildi.

--Hop.. olib kelaman.
Gulsum erini kuzatib qo'ydi. Ichkariga kirib qizi bilan o'ynadi. Uy ishlarini ham qildi. Oysha onasining ish qilishini kuzatgancha stulda oyoqlarini silkitib o'tirardi.

~

Katta yo'lsa ketayotgan mashina bor tezlikda harakatlanardi. Mashinadagi odam rulga ora orada qattiq urardi. Faqat bir so'z tilida takrorlanardi. "Nega"
--Nega.. nega Gulsum nega nega menga bunday qilding.. sevishimni bilarding.. senga bo'lgan muhabbatimni rad etib bolali insonga turmushga chiqdinga.. nega..
Anvar mashinani bir chetga to'xtatib rulni mushtlab faryod qilardi. Qancha bor urindi. Qancha sovchi qo'ydi. Barcha harakatlar besamar ketdi. Endichi? Ko'z ostida o'sgan gul endi boshqasiga tegishli.

~
Gulsum
Men shuni tushundimki bizni oila qilgan qizim ekan. Balki erimga imkon berarman. Balki hammasini ortda qoldirib oila bo'larmiz. Lekin u o'zgarishiga.. bilmadim. Negadir qo'rqyapman. U bilan birga bo'lgach yana Yulduzni gapirsa men buni ko'tara olmayman. Yo'q. Yana biroz sabr qilish kerak. Ha hali imkon berishga erta.

Gullarga suv quyar ekanman qizim menga qarab bolalarcha savolga tutardi.

--Oyijoon nega uzoq vaqt kelmadingiz.
--Kasal edim.. shunga kelolmadim.
--Endi ketmaysiza..
--Yo'q qizim endi ketmayman.
Qizim meni quchoqlab okdi. Shu payt eshik taqillashi eshitildi. Borib ochdimn. Erim kelibdi. Aytganlarimni hammasini olib kelibdi. Yaxshi kutib oldim qizim ham dadasini quchoqlab ko'rishdi.

Bir oila kabi birga ovqatlandik. Qizim bilan erim olib kelgan shirinlilarni mazza qilib yedik. Erim honasiga kirib ketdi. Qizimni honasiga olib kirib uxlatdim. O'zim ham honam tomon harakatlandim. Honani chirog'ini yoqmasdan yotoq tomon harakatlandim. Birdan butun tanam bo'ylab o'ralgan qo'llar sabab seskanib ketdim.

--Nima qiyapsiz..
--Jim.. meni eshit.. Gulsum.. seni sevaman.. sen bilan birga bo'lishni istayman..
Men birdan o'zimga kelib uning qo'llaridan chiqdim.

--Birga bo'lish? Nima ayol faqat tun uchun kerakmi.. siz.. qanaqa odamsiz
Usmon birdan Gulsumni devorga tiradi. Yuziga yaqin kelib chuqur ohangda gapirdi.

--Ha men shundayman.. men ayollarni shunday sevaman..
Usmon Gulsumni qo'yib yuborib undan uzolqshdi. Bildiki ayoli unga hali ham imkon berishni hohlamayapti. Balki boshqa yo'lini sinab ko'rar.

--Essiz.. sen Yulduzga o'xshamaysan..
Usmon gapida to'xtab Gulsumning qulog'iga pichirladi.
--Yulduz.. u sendan chiroyli edi.. latofatli.. mening Yulduzim..
Gulsum eriga shu qadar boshqacha boqdiki uning nigohlarida g'azab yoki sokinlik buni bilish mushkul edi. Gulsum birdan erining bo'ynidan qo'llarini o'tkazib oldi.

Usmon xotinidan buni kutmagani yuzidan yaqqol bilinib turardi. Gulsum erining yuziga shu qadar yaqin kelib gapira boshladi.

--Men.. shunday qilamanki.. mendan bir qadam ham ketolmay qolasiz..
Gulsum nozik barmoqlarini erining bo'ynidan mayin silab qo'ydi. Oyoq uchida turib erining qulog'iga yanada yaqin keldi. Deyarli lablari unga tegib turar edi.

--Lekin.. men buni istamayman.. hoh-la-may-man..
Gulsum oxirgi so'zlarini dona dona qilib aytib erining ko'zlariga tikildi.

Usmon
To'g'risi xotinimdan bu harakatlarni kutmagan edim. Agar u yana biroz shunday tursa men o'zimni boshqarolmayman
Gulsum birdan eridan uzoqlashdi. Ko'zgu oldiga kelib turdi va ro'molini ohista yecha boshladi. Tim qora va qalin sochlar Gulsumning beligacha yetib keldi. Ko'zguga qaraganda eri unga hamon tikilib turganini payqadi. Ko'zgudan qarab gapida davom etdi.

--To'g'ri.. (ohista va mayin ohangda)
--Men yulduz emasman.. hech qachon u bo'lmayman.. chunki men quyoshman.. quyoshga yaqin kelganlar yonib ketishadi... men esa yulduzlarni osmonga qarab olma tergandek sanay olaman.. quyoshga 3 soniya ham tik qarab tura olmaysiz.. shunday ekan meni yulduzlaringizga tenglashtirmang..

Usmon xotiniga nim tabassum qilib uning ortidan kelib quchdi. Nigohlar hamon o'z nazoratida. Usmon Gulsumning sochlariga yuzini ko'mgancha chuqur hidladi.

--Mayli.. quyoshim.. sen bilan birga bo'laman..
--Quyoshga yaqinlashgan saringiz yonib ketasiz.. siz esa.. mendagi qaynoqlikni ko'tara olmaysiz..

--Sen bilan birga bo'lish shu bo'lsa.. mayli.. men yonishni hohlayman..

~
Tun. Insonni o'ylari bilan yolg'iz qolish uchun eng qulay vaqtdir. Ba'zi xotiralarni eslash uchun ham.

~
Tong. Har doimgidanda o'zgacha boshlangan tong. Gulsum eriga nim tabassum qilib unga choy quyib uzatdi. Qizi ham uyg'onib ota onasining yoniga o'tirdi.

Gulsum erini ortidan chiqar ekan:

--To'xtab turing..
Usmon xotini tomon o'girildi. Gulsum erining kastyumini to'g'irlab qoqib qo'ydi.
--Endi bo'ldi.. borishingiz mumkin..
Gulsum eriga tabassum qilib turar ekan Usmon ham unga tabassum qildi. Usmon xotiniga yaqinlashib peshonasidan o'pdi. Ularning ko'zlarida baxtiyorlik va xalovat bor edi.
--Gulimm.. bugun ertaroq kelaman.. yaxshi o'tiringlar
Usmon mashinasiga o'tirib ishxonasi tomon ketdi.

Men ichkariga kirib qizim bilan birga vaqt o'tkazdik. Suv idishini stolga qo'yib aylantirdik bosh tomoni men tomonga tushdi.
--Hm.. men senga qanday shart bersam ekan..
Huddi o'ylanyotgandek o'zimni tutdim. Qizim meni oldimga kelib turdi.

--Haa.. men seni shu lo'ppi yuzlaringdan o'pishni istayman.
Qizimni quchib yuzlaridan o'pib oldim. Qizim qiqirlab kulardi. U birdan qo'limdan chiqib boshqa yoqqa yugura boshladi. Uni ortidan quvar ekanman eshikning ovozi meni to'xtatdi.
--Kelgunimcha yashirinib ol.
Eshikni ochar ekanman qarshimda tor shim va kaltagina fudbolkada bir ayol turardi.

--Sizga kim kerak..
Ayol qoshlarini chimirib meni boshdan oyoq kuzatdida bepisandlik bilan uy ichkarisiga kirdi.

--Hoy sizga gapiryapman.. kimsiz..
Ayol menga qaramasdan ortimdan chiqqan qizimga qaradi. Oysha ayolga bir qarab ortimga yashirindi.

--Kimni oldiga keldingiz.. kim kerak sizga..

--Erimni oldiga keldim.. men Yulduzman...

Davomi bor...

Author: Bloom