Yolvoraman, xiyonat qilma
Gulsum
Uyimga mayda qadamlar bilan ketar ekanman bir necha soat avval bo'lgan voqea hayolimdan ketmasdi. Bechora qizga nimadir deyishimga yo'l qo'ymay dadasi kelib qo'limdan uni yulib oldi. Odam shunchalik qo'pol bo'ladimi tovba. Bechora qizaloq mo'ltiragacha qarab qoldi. Shu o'ylar bilan ketar ekanman yo'limga tanish mashina to'xtadi. Obbo shu yetmay turgandi o'zi. Dadamning do'stini og'li Anvar. Mana 17 kiribmanki ortimdan qolmaydi. Men uni birinchi ko'rganimdayoq yoqtirmaganman. O'shanda 14 yoshda edim. Hovlimizga darvozani taqillatmasdan kirib kelavergan. O'sha ishidan keyin uni yoqtirmayman. Nima emush bir ko'rishidayoq sevib qolgan emish o'rgildim. Anvar mashinadan tushib men tomon kela boshladi.
Anvar
Men uni yo'liga to'xtadim. U har doimgidanda go'zal. Ayniqsa ro'mol o'rash unga juda yarashadi. Men uni bolaligidan beri taniyman. U juda qaysar shu bilan birga juda yoqimtoy ayniqsa jahli chiqqanda. U bilan har doim birga oila bo'lganimni tasavvur qilaman. U go'zal va betakror bir hilqat. Men uni sevaman. Lekin u mendan doim o'zini olib qochadi. Baribir unga talpinaveraman.
Gulsum
Anvar men tomon kela boshladi.
--Assalomu alaykum
Odob yuzasidan salom berib o'tib ketmoqchi edim
--Va alaykum assalom.. Gulsum yaxshimisan..
--Ha yaxshi..
--O'tir o'zim tashlab qo'yaman..
--Yo'q o'zim yetvolaman..
Anvar gapimni eshitmasdan mashina eshigini ochdi.
--Gulsum.. begona emasmiz.. uni ustiga kech tushib qoldi..
Rostdan ham kech kiryapti. Lekin kim yur desa yurib ketaveradigan emasman u hatto qarindoshim bo'lsa ham.
--Ha kech kiryapti.. tezroq yursam uyga yetvolaman.. xayr.
Shunday deb uni oldidan o'tib ketmoqchi bo'ldim lekin u qarshimga turib oldi. Men uni oldida kichikman u bo'lsa baland.
--Nega Gulsum.. nega.. nega menga imkon bermaysan.. nega doim qochasan..
Bir zum unga tikilib qoldim. Nima deyishni bilmayman. Uning ovozida muloyimlik va muhabbat ufurib turibdi.
--Men ketishim kerak.. qoching..
U sekin yo'limdan qochdi.
--Meni aka dema.. seni akang emasman..
Unga e'tibor bermay tez qadamlar bilan undan uzoqlashdim.
Usmon
Qizimni uyga olib keldim. Uyda onam bilan qo'shni ayol o'tirishgan ekan. Onam yana oldingi mavzuni ochdi.
--O'g'lim.. yoshing 30 qarab ketyapti.. qizingga ona kerak.. o'zingni o'ylamasang ham qizingni o'yla..
--Boshqa qarshiliklar o'tmaydi. Dadangni do'stini qizi bor. Sodda va muloyim. O'shanga uylanasan. Qizinga ham ona bo'ladi. Biz uni ota onasi bilan gaplashdik.
--Bilganingizni qiling ona.. lekin aytib qo'yay bir qizni baxtsiz qilganingiz qoladi.
Shunday deb uydan chiqib ketdim. Bunchalik oson emas. Onam bir tomondan haq. Markazda qizim begona qizga onam bo'lasizmi deganda tushundimki qizim mehrga muhtoj.
Gulsum
Uyga qaytdim. Opam kelgan ekan. Salomlashib qattiq quchoqladim. Opamni sog'inibman. Keyin bilsam gap boshqa yoqda ekan. Oyim oldiga o'tirg'izib sekin gap boshladi.
--Qizim.. senga sovchi kelyapti..
Odatda oyim sovchilarni menga aytib o'tirmasdan rad javobini berardi. Chunki endigina 17 yoshman.
--Oyi hazillashyapsizmi.. kelgan bo'lsa qaytarib yuboring..
--Qizim.. u dadangni do'sti ekan.. bilasan dadangni mazasi bo'lmaganda do'sti davolanishiga yordam bergan edi.
Ha o'shanda dadam yurak hurujidan aziyat chekkandi. Men ularning do'stini ko'rmaganman. Lekin bizga ancha yordami tekkanini bilaman. Biz boy oila emasdik.
--Dadang ularni oldida qarzdor bo'lib qolmasin.. u og'liga seni so'rayapti..
--O..oyiii..
Nafasim titrab ko'zimda yosh tomchiladi. Boshqa so'zni eshitmasdan honamga yugurdim. Yostig'imga yuzimni ko'mgancha ho'ng - ho'ng yig'ladim. Eng alam qiladigani o'zim tanimagan insonga meni berishyapti. Bu adolatdan emas. Lekin onam haq. Dadam ularni oldida qarzdor bo'lib qolmasligi darkor. Agar ko'nmasam dadamga yana nimadir bo'lib qolsachi. Baribir o'zimni yig'idan to'xtata olmayapman. Honamga opam kirib keldi. Nega kelganini bilaman. Oyim jo'natgan.
--Gulsum.. o'zimni gulim.. yig'lamagin.. bu kun hammani boshida bor. Bu taqdir.
Pochchamdan boshqasiga tegmayman, sevaman, o'laman deb turib olgan opam menga shunday deyaptimi. Battar yig'lab yubordim.
Opam meni yupata yupata honamdan chiqib ketdim. Hech bo'lmaganda 18ga to'lishimni kutishsa bo'lardi. Yig'lab yig'lab uxlab qolibman. Uyg'onib yuzimni sovuq suvda yuvib ancha o'zimga keldim. Men Allohga tavakkul qilaman. Boshqa ilojim yo'q. Lekin baribir alam qiladiki... men.. sevib turmush qurishni istagandim... Hatto sevishga ham ulgirmadim. Nahot kattalar aytishganidek haqiqiy sevgi to'ydan keyin bo'lsa. Bilmadim. Men pastga tushdim. Oilam bir dasturxon atrofida. Opam va jiyanlarim bilan birga. Men ularni rayini qaytara olmayman. Dadamni yuziga qarashga uyaldim.
Biz to'ydan avval ko'rishmadik. To'y ham ixcham va kichik o'tkazildi. Balog'atga yetmaganim uchun faqat nikoh o'qitildi. Domla kuyovdan rozilik olgach menga murojaat qildi. Parda ortida kelindan hech qanday sado chiqmagach yana qayta murojaat qilindi. Yana javob yo'q. Uning o'rniga yangalar javob berdi.
Men kelin kuyov uchun ajratilgan honada o'tirar ekanman negadir qo'llarim titrardi. Negadir uyga ketgim kelyapti. Onamni sog'indim. Yig'lab yubormaslik uchun harakat qilyapman. Ketgim kelyapti. Birdan honada turgan katta kiyim shkafiga ko'zim tushdi. Hayolimga kelgan o'ydan o'zim g'alati bo'ldim lekin baribir harakat qilib ko'rishim kerak.
Usmon
Negadir hozir honaga kirsam Yulduzga xiyonat qilayotganday bo'laman. Aslida u meni tashlab ketgan. Men honaga kirar ekanman hech kim yo'qligini ko'rdim. Bir zum hamma joyga ko'z yugurtirib chiqdim. Birdan ulkan shkaf eshigining tagidan chiqib turgan ko'ylak etagiga ko'zim tushdi. Nima u mendan qo'rqdimi.. o'zimga aytsa ham tushunar edim. O'lib turganim yo'q edi.
Shkaf eshigini ochib hayratda qoldim. Uni ichida o'tirgan qiz... ismi Gulsum edi. Markazda qizimni oldida ko'rganim.. nahot u bo'lsa...
--Gulsum.
U menga tushunarsiz qarab turar edi. Nahot tanimagan bo'lsa. Atrofimda ayollar bir qiyo boqishimga zor bu bo'lsa meni unutgan. Bir zum tanimadi.
--Har holda eringni ismini bilar ekansan..
--Shakfda uxlash noqulay emasmi...
U yana jim turib qoldi.
--Gulsum chiq gaplashib olamiz.. senga tegmayman..
U ikkilanibgina shkafdan chiqdi. Yosh bola. Qizimga qanday onalik qiladi a.
--Menga qara.. men oldin uylanganman..
U menga hayrat bilan qaradi. Demak unga aytishmagan.. qizim borligini biladiku.
--Senga faqat qizimga onalik qilishing uchun uylandim. Men Yulduzni hali ham yaxshi ko'raman.
Gulsum
Men hayratdaman. Boshqa ilojim yo'q. Birdan hayollarimni eshik ochilishi bo'lib yubordi.
--Dadajon...
Oysha honaga kirib kelar ekan Usmon qizini peshonasidan o'pib honadan chiqib ketdi. Oysha Gulsumni oldiga kelib to'xtadi. Gulsum har doim bu munchoq ko'zlarga yengilgan. Uni bo'yi barobar egildi.
--Men sizni birinchi ko'rganimdayoq oyim ekanizni bilgandim.. oyijon
Qizaloq Gulsumni bo'ynidan quchoqladi. Gulsum ham bir necha soniyadan so'ng uni ohista bag'riga bosdi. Uni oyijon degani ko'zlarini yoshlantirishga ulgurgandi.
Gulsum
Qaysi ona shu munchoq ko'zlarni tashlab keta oladi. Qaysi ona shunday qiladi. Uni birinchi ko'rganimdayoq yaxshi ko'rib qolganman. U juda chiroyli. U bilan gaplashib uxlab qolibmiz. Erim esa chiqib ketgandan beri honaga qaytib kirmadi. Bir tomondan yaxshi bo'ldi. Bomdod o'qib uxlayotgan qizimni peshonasidan o'pib honadan chiqdim. Kelinlik vazifamga ko'ra nonushta tayyorladim. Yangi oila a'zolarim ham chiqishdi. Nonushtada men unga qarashni ham hohlamadim. Qizim bilan kulishib honaga chiqdik. Men uni kiyintira boshladim. Qizim bog'chaga borishi kerak. Honaga erim kirib keldi. Qizim dadasini bo'ynidan quchoqlab oldi. Men ularni eshikkacha kuzatib qo'ydim.
--Oysha bog'chadan kelgach unga yaxshi qara.. bugun kech qaytaman.. meni kutma..
--Shundog'am kutmayman.
Men ham ters galirgani uchun shunday dedim. Kutma emush. Kutaman deb o'lganim yo'q.
Usmon indamay qo'ya qoldi. Qizini bog'chaga tashlagach ishiga yo'l oldi. Lekin hayolidan bir zum ham Gulsum ketmasdi. Ilk kechada shkafga berkinib olganini eslab kulgusi keldi. Oldin e'tibor bermaganmi bilmaydi. U rostdan ham chiroyli. Lekin Yulduz bo'lolmaydi.
Usmon Yulduzni o'ylab yana jiddiylashdi.
Gulsum
Uy katta hovli ekan. Oyim dadangni o'g'lini do'sti deganda Anvarmikan deb o'ylab qolgandim. Unday emas ekan. Uy ishlarimni tugatib honamga chiqdim. Ilk kechada yashirinib olgan shkafimni oldiga kelib uni ochdim. Shkafda ayollarni kalta ko'ylaklari va shimi bor edi. Men bunday narsalar kiymayman. Uni ustiga kiyilganni.
Ularni olib chiqib axlat xaltaga tashladim. Endi qizalog'im kelishi uchun ovqat qilishim kerak.
Usmon
Ishlarimni tugatib uyga qaytdim. Gulsum meni kutib oldi.
--Va alaykum assalom.. qizim keldimi..
--Ha Oysha bog'chadan keldi... ovqatlanasizmi..
Gulsum iymanibgina so'radi.
Usmon shunchaki:
Gulsum eri ovqatlanguncha yonida o'tirdi. Usmon Gulsumni ortidan honaga kirdi. Gulsum unga hayron qarab turardi.
--Nega honaga kirdingiz
--Bu meni uyim bilsang istasam kiraman.
Usmon Gulsumga boshqacha qarash bilan unga yaqinlashar ekan Gulsum o'zini ortga oldi. Usmon joyida to'xtadi. Honada uning ho'rsini eshitildi.
--Gulsum.. o'zingni ortga olaverma.. men seni eringman.. men hohlasam
--Nima hohlasangiz.. siz faqat menga qizingiz uchun uylangansiz..
Usmon hotiniga hafsalasiz qarab qo'ydi. Shkafni kiyim olish uchun ochar ekan qoshlari qaxrli chimirildi.
--Yulduzni kiyimlari qayerda?
Gulsum yana Yulduz ismini eshitib ko'zlarini qattiq yumib ochdi. Aslida unga baribir emasmi?
--Tashlab yubordim
Usmon Gulsumning odiga chaqmoqdek kelib qo'lidan qattiq qisdi. Gulsumni og'riqdan yuzi burishdi.
--Senga kim ruxsat berdi a KIM DEYAPMAN
Usmon birdan baqirib yubordi. Gulsumni ko'zlari yoshlana boshladi. Usmon uni qo'lidan ushlab o'ziga tortib silkitdi.
--Aslo eshityapsanmi aslo yaxshi gapirganimga ishonma.. o'ldiraman..
Eshik tagida yig'lamsirab turgan qizimni ko'rib yuragim ezildi. Ko'zyoshlarimni arang tiydim. Qizimni oldida yig'lamasligim kerak.
--Oysha honanga bor..
Erim qizimga jahldan baqirib yubordi. Nega bolaga baqiradi. Oysha rostdan ham yig'lab yubordi. Uni qo'lidan chiqib qizimni oldiga yugurdim. Unga egilib bag'rimga bosib tinchlantirishga urindim.
--Qizalog'im yig'lama men yaxshiman.. yoningdaman
Qizim bag'rimda ancha tinchlandi. Erimga ham qarab o'tirmasdan qizmni honasiga olib chiqib ketdim. Qizimni uxlatib o'zim ham yonida uxlab qolibman.