February 8

Ocean Pearl

Episod - 1

☆Biz to'lqinlar tomonidan yozilgan fojiaga o'xshaymiz•°

Katta va zamonaviy yaxta o'rtacha tezlikda dengizda suzib ketmoqda. Kemani boshqarib ketayotgan kapitan hushtak chalgancha qaysidir qo'shiqni hirgoya qilib ketardi. Zamonaviy joylashgan palubada esa 3 ta erkak o'rtasida yaxshigina munozara boshlanib ulgurgandi.

Jimin: Bu shunchaki qurilish emasligini bilamiz. Ho'sh.. ish allaqachon boshlangan va

Taehyung: Va bu ishda xato qilish mumkin emas. Shuning uchun ham uchchalamiz birga ketyapmiz. Bu bir tomondan yaxshi biroz dam olib kelamiz. Nima deysizlar? - Taehyung divanga yaxshiroq suyanib oldi.

Jimin: Men ham shu fikrdaman.

Boyadan beri telefonidan bosh ko'tarmagan Jungkook ikki do'stiga jiddiy qarash qildi.

Jungkook: Esingizni yig'ing. Biz u yerga ishlash va nazorat qilish uchun ketyapmiz quyoshda toblanib dam olish uchun emas. - Biroz jahl bilan yangragan so'zlarga ikkisining ham reaksiyasi deyarli o'zgarmadi.

Jimin: Buni yaxshi bilamiz Jungkook o'sha yerni sotib olish uchun naqd 3 ta yirik kompaniyani mehnati va sarmoyasi ketdi.

Jungkook: Shuning uchun ham diqqatli va ma'sulyatli bo'lish kerak. Aynan o'sha yer dengizga qulay joylashgan, va xavfsiz. Uni ustiga u yer faqat bir marta auktsonga qo'yildi. Va biz bundan unumli foydalandik.

Kech tushib borar ekan kema ohista harakat qilardi. Kapitan o'z kabibasidan chiqib yigitlar o'tirgan joyga kelib joylashdi.

- Ho'sh janoblar yana nimadir ichasizlarmi? - erkak deyarli boshashga ulgurgan shishalarga bir qarab qo'yib so'radi.

Taehyung: hozircha hech narsa kerak emas. - qo'lidagi quvvati tugagan telefonini stolga qo'ygan holda ma'lum qildi. Va shishani ko'targan holda bir nechta qadahlarga quya boshladi. Qadahlar o'z egalari tomonidan ko'tarilib bo'lingach Jimin qorong'ulikda qo'rqinchli manzaraga aylangan dengiz tomonga qarab chuqur ho'rsindi.

- nimalarni o'ylayotganingizni bilaman - kapitan tomonidan aytilgan bu so'zlar Jiminni diqqatini tortdi.

Jimin: Nima demoqchisiz? - qo'lidagi ichimlikni shishali stol ustiga qo'ydi.

- dengizni nazarda tutdim. Sho'ng'ishni istaysizmi?

Jimin: nazarimda ha. Ertagayoq sinab ko'raman. Bu yerlar juda go'zal hatto tunda ham.

- ha dengiz juda maftunkor va juda xavfli - ichimligidan ho'plab qo'ydi erkak. Uning gaplari 3 yigitni ham diqqatini tortib ulgurgandi.

Taehyung: dengizni xavfli deyish sizdek kapitan uchun noo'rin deb o'ylayman.

- Dengiz mahluqlariga ishonasizmi? - erkakning so'zlari biroz quvnoqlik va sirli ohangda yangradi.

Jungkook: Safsata - Jungkook e'tiborsiz holda dedi. Ammo kapitan biroz jilmayib gapida davom etdi.

- Yoshlik chog'larimda otamni do'stlari bilan xavfli ko'llarga baliq tutgani borardik. Nafaqat baliq balki ilonlar va suvda yashovchi barcha ko'rimsiz mavjudodlar bor edi. Bir kuni juda g'alati holatga duch keldik. Otamning do'stlaridan biri oldimizga bir ko'zi yaralangan holda ko'ldan qaytib keldi. Undan so'raganimizda dumli suv maxluqiga duch kelganini va unga hujum qilganini aytib berdi. Uning bir ko'zi jarohat olib butunlay ko'r bo'lib qoldi. Biz kop martta ko'lga bordik lekin hech qayerdan dumli mahluqni topa olmadik. Otamning o'sha do'sti esa hech qancha vaqt o'tmay vafot etdi. - Erkak hikoyasini tamomlab boshini ko'tardi.

Jimin: Dumli mahluq!? - Jimin o'ylashga ulgurmay Taehyung uning gapini ilib ketdi.

Taehyung: balki suvparisidir. Ularda ham dum bo'ladi.

Jungkook: barchasi to'qima cho'pchak holos. Hech qanday dengiz mahluqi ham, dumli mavjudod ham hatto suvparisi ham mavjud emas. Hullas bunday narsalarga boshingizni qotirmang. Ertagacha yetib borishim kerak - so'ngi so'zlarini kapitanga qarab aytgach o'rnidan turib o'ziga tegishli honaga yo'l oldi.

Kun allaqachon yorishgan jazirama Quyosh hamma yerni qizidirib ulgurgandi. Jungkook yigitlar bilan qurilish joyiga allaqachon yetib kelishgan va Jungkookning yordamchisi qurilish haqida ma'lumot berardi.

- Janob kecha yana qurilish mollari kelgan. Hammasi siz aytgandek.

Jungkook: Juda soz - bu mehmonxona qurilishi deyarli ko'p joyda shov shuvga aylangandi. Unging o'zgacha dizayn va yuqori darajada katta va hashamtliligi nafaqat Koreyani balki boshqa davlatlardagi turistlarni o'ziga jalb qilmay qolmasdi.

Ular dengiz yaqinidagi vaqtinchalik qurilgan uylarga joylashishdi. Bu yer shaharniki kabi dabdabali bo'lmasa hamma narsa yetarli va hizmat ko'rsatish* ham shaharnikidan qolishmasdi. Olov atrofida o'tirgan uch yigit shu yerning aholidan bo'lgan bir qancha qizlarni mahalliy raqs tomoshasidan zavqlanishardi. Bu yer tinch, chiroyli orol hali kop odamni qabul qilmay turib Jungkook bu yerda kattagina qurilishni boshlab yuborgandi.